5.6-rasm. Nasos shtangasi
Shtangalar 16, 19, 22, 25 mm.li diametrlarda, uzunligi 7,5 m.dan 10 m.gacha. Shtanganing uchiga qalinlashtirilgan kallak о‘tkaziladi, ya’ni rez’basi mavjud va shtangali kalitga mos kvadrat kesimlidir.
Zavodda uzunligi 1,0; 1,5; 2,0; 2.5 va 3,0 m. bо‘lgan kalta shtangalar ishlab chiqariladi. Bunday turdagi shtangalar shtanga birikmasi uzunligiga nasosni osib qо‘yish chuqurligiga bog‘liq holda rostlashda qо‘llaniladi.
Bunda nasosni tushirish tugallangandan keyin, nasos silindridagi plunjerning va quduqda yer osti ta’mirlashdagi shtangani holati boshqariladi.
Shtangalar 40x30 XMA markali pо‘latdan tayyorlanadi, yuqori chastotali tok bilan sirt yuzasi mustahkamlanadi va pitratli oqim bilan ishlanadi.
Shtanga doimiy о‘zgaruvchan belgili-yuklanmada, murakkab sharoitda ishlaydi: tarkibida oltingugurtli yemiruvchi suyuqliklar bо‘lgan suyuqlik ustuni ta’sirida sinaladi, shtanga tizmaning bо‘ylama tebranishini oralig‘ida ishlaydi. Shtangalar о‘rtacha 5,5-6 yil va 1 yilda 5 mln. sikl ish bajaradi. Shtanga rezbalarini tashish va saqlashda mumkin bо‘lgan shikastlanishdan himoyalash uchun, shtangalarning uchiga zavod sharoitida oldindan himoyalovchi qopqoq buraladi, muftaning ochiq uchiga esa oldindan himoyalovchi tiqin buraladi.
Nasoslarning shtangalari gidravlik jо‘mrak va tirkama bilan jihozlangan shtanga tashuvchi maxsus mashinalarda tashiladi.
Shtangalarni saqlashda va tashishda 1 m. uzunlik oralig‘idagi bо‘ylama egilish kattaligining qiymati 3 mm.dan katta bо‘lmasligi kerak.
Shtangalar paketlarda 500 kg.gacha, ba’zida 1500 kg.gacha saqlanadi.
5.4. Tebratma dastgoh
Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 5.7-rasmda kо‘rsatilgan. Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan) reduktor ikkita krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar mahkamlanadi.
Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida reduktor (10) yetakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq bо‘ladi, diametrlari 63 mm.dan 450 mm.gacha bо‘ladi.
Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta bо‘lmaganda, 315 mm.dan 1250 mm.gacha о‘zgaradi.
Ponasimon remenli uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5 gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar ochiladi.
Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini krivoshipning teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin
5.7-rasm.Tebratma- dastgoh:
1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatgich qurilma; 3-muvozanatlagich tayanch podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10-reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-ponasimon tasma; 16-poydevor
Do'stlaringiz bilan baham: |