5.1-rasm. Shtangali chuqurlik nasosini qurilmasini ishlatish sxemasi:
1-chuqurlik nasosning plunjeri; 2-plunjer nasosi; 3-shtanga; 4-NKQ; 5-uchtalik; 6-salnik; 7-shtok dastgohining muvozanatlagichi; 8-kalpak; 9-shatun; 10-krivoship; 11-elektrdvigatel; 12-reduktor
5.2.Nasoslarning yer usti jihozlari tasnifi
Quduqning usti jihozi quvurlar oralig‘idagi fazoni germetiklash, NKQning ichki bо‘shlig‘ini, quduqning mahsulotini chiqarib yuborish, NKQni osib qо‘yish hamda texnologik operatsiyalarni, ta’mirlash ishlarini va quduqda tadqiqot ishlarini olib borishga mо‘ljallangan.
Quduq usti jihoziga NKQning tizmasi konstruksiyasiga bog‘liq holda quvurchadagi planshaybaga yoki osma quvurning korpusiga osib qо‘yiladi.
Quduq usti shtokini zichlashda SUS1 yoki SUS2 turidagi quduq usti sal’niki qо‘llaniladi (5.2-rasm).
5.2.-rasm. SUS1 turidagi quduq usti sal’niki:
1-nippel; 2-kiydiriladigan gayka; 3-vtulka; 4-sharli qopqoq; 5-boshchaning qopqog‘i; 6-yuqoridagi vtulka; 7-qisuvchi halqa; 8,10-manjetlar; 9-sharli boshcha; 11-tayanch halqa; 12-pastki vtulka; 13-halqa; 14-gayka; 15-uchlik; 16-qaytarib qо‘yiladigan bolt; 17-barmoq.
AUSH-65/50-14 turidagi quduq usti armaturasi namuna olgich bilan quduq usti quvurchasi, burchakli jо‘mrak, qayta ishga qо‘shish klapani, quduq usti salniki va osma quvurlardan tuzilgan (5.3-rasm).
AUSH-65/50x14 quduq usti armaturasining texnik tavsifi
SUS quduq usti salnikidagi ishchi bosim,MPa:
Tebratma-dastgoh ishlayotganda......................................................4
Tebratma-dastgoh tо‘xtab turganda.................................................14
Shartli о‘tish teshigi,mm:
Stvolniki..........................................................................................65 Bog‘lanmasiniki..............................................................................50
Nasos- kompressor quvurning osmasi............................konussimon
Osma quvurning diametri...............................................................73
Biriktiruvchi rez’balar..................................................NKQ rez’basi
Quduq ustidagi qisqa quvur,mm..................................................146
Gabarit о‘lchamlar,mm............................................3452x770x1220
Massasi,kg....................................................................................160
Quvurli osmada ikkita zichlovchi halqa mavjud bо‘ladi, pastki uchida chuqurlik nasosi va yuqorisida sal’nikli qurilmali NKQlar uchun asosiy ishonchli zveno hisoblanadi. Quvur boshchasining korpusida tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun teshik о‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |