26
Yuqori toshkoʻmir davri ikkita gorizont bilan xarakterlanadi:
kasimov qatlami (karbonatli) va Moskva qatlami (terrigen va karbonat,
yuqorisi gips, tuz, dolomitlar). Gʻarbda – kamquvvatli karbonat
choʻkindilari. Yuqori gorizontda koʻmir qatlami choʻkindilari yotadi.
Gorkov koʻtarilishida turney yarusi yoʻqdir, vize choʻkindilarining
terrigenlari bor, namyur va kasimov gorizontlari,
vizey yarusi ustiga
moskva davrida qoʻshilmagan terrigen-karbonat qalinligi choʻkkan.
Sharqiy va gʻarbiy - sharq tomonida quvvati 2200 m. boʻlgan
ohaktoshning toshkoʻmir davrining toʻliq kesimi koʻrsatilgan.
Asosiy oʻrinni Donbass toshkoʻmir davring kesimi egallaydi. quyi
toshkoʻmir davri terrigen-karbonatli, pastda ohaktosh, yuqorida terrigen
choʻkindilar (ularning quvvati 350 dan to 2700 m.gacha boʻladi).
Oʻrta toshkoʻmir davri asosan terrigenli, har bir tebranishi oʻzida
quvvati 20-30 m.gacha boʻlgan majburiy ohaktosh qatlamchalarini koʻmir
qatlami yoki qatlamchalari (qumlar, loylar, argillitlar, toshli koʻmir)ni
saqlaydi. Yuvilish va yigʻilish boʻyicha koʻrib
chiqilgan, quvvati 0,5 dan
1,5 m.gacha boʻlgan koʻmir qatlami 1-1,2 metrli qatlamdan ustundir.
Qatlamlarning soni 300ga yetadi. Bularning yarmi sanoatniki (oʻrta
toshkoʻmir davrining quvvati 2800-5600 m.gacha). Kam ahamiyatli 2 dan
10 tagacha boʻlgan qatlamlar yuqori toshkoʻmir davrining quyisida,
choʻkindilar ostida saqlanadi.
Lvov qoʻltigʻida, yuqorida koʻrsatilganidek, quyi toshkoʻmir va oʻrta
toshkoʻmir davrida boshqir qatlami rivojlangan, sanoat koʻmir
qatlamlarining terrigen choʻkindilari bundan mustasno.
Yuqori toshkoʻmir davri (2300 m.gacha) osti terrigen, oʻrtasi va
yuqori qismi – karbonat choʻkindilari bilan xarakterlanadi.
Toshkoʻmir davri boshlanishida iqlim oʻzgarib, u nam va issiq boʻla
boshlaydi, bu esa quriqlikda oʻsimliklarni gurkirab ketishi uchun omil
boʻlgan. Tebranish harakatlarining turli belgilari choʻkindilar fasiyasini
birdaniga oʻzgarishiga va dengiz havzalarida yoki koʻrfazlarda kontenental
koʻmir qatlamlari paydo boʻlishiga olib kelgan.
Rus platformasining sharqida Moskva sineklizasi Ural geosinklinali
boʻylab Gorkov koʻtarilishi, Pechora, Volgo-Kamsk, Kaspiyoldi
27
qoʻltigʻlari, oʻzining intensivligi va katta tebranish harakatlari bilan ajralib
turadi.
Turney davrida dengiz havzasi Gorkov koʻtarilishini aylanib,
Moskva sineklizasiga kirib keladi. Quruqlikning koʻtarilgan
yerlari
nivelirlanib va katta qismlari dengiz havzasiga tushmagan qoʻpol terrigen
materiallarini manbasi boʻlmagan. Turney davrining Moskva sineklizasi
dengiz havzasidan qutulib, dengiz tanazzulida vaqtinchalik daryolar
erroziya relyefini shu qoʻltigʻ doirasida sinekliza oʻzanini yuvib ketgan.
Daryolarni shimoliy-sharqiy tomondan tambalanishi hisobiga (Timan
qoʻltigʻi) turney davrining yuqori qismida koʻmir toʻplovchi dengiz
havzasi paydo boʻlgan. Past sifatli qoʻngʻir koʻmir, qatlamlar yuvilish va
yiqilish sinovidan oʻta olmagan. Qatlamlar soni 10 gacha oʻzgaradi,
quvvati bir necha 10 santimetrdan 8-9 metrgacha tebranadi (limitda
kelib
chikkan koʻmirlar). Vizey davridan boshlab sezilarli amplitudada ogʻishlar
Moskva sineklizasini va xattoki Gorkov koʻtarilishini suv bilan yuvilishiga
olib keldi. Vizey oxiriga kelib (namyur va kasimov davrida) sezilarsiz
koʻtarilishlash Goʻrkov koʻtarilishi va Moskva sinekliza maydonlarini
oʻrta toshkoʻmir davridagi dengiz havzalaridan boʻshatilishiga olib keldi.
Shuning uchun ushbu regionlarda Moskva davrlarida choʻkindilar terrigen
jinslaridan, baʻzi bir regionlarda esa xattoki bazalt gorizontida qoʻpol
yanchilgan jinslardan boshlangan.
Yuqori toshkoʻmir davridan to oxirigacha Rus platformasining
sharqidan butun maydon boʻylab chuqur dengiz havzasi saqlanib qolgan.
(6-rasm).
28
6-rasm
. Yuqori va quyi toshkoʻmir davrida Rus platformasi sharqiy maydonida
dengiz havzasi
Donbassda toshkoʻmir davri quruqlik oqimi sharqdan qisqa fursatga
dengiz tanazzuliga kirib kelgan. Relyef asosan deyarli tekkis boʻlib, shu
sababli qisman choʻkish tez fursatda Donbassning butun maydonini yuvib
ketishga, qisman koʻtarilish esa teskarisi - butun maydonning dengiz
havzasini tanazzulidan qutulishiga va oʻsimliklarning
Ukrain kristall
mavzesida tarqalishiga olib kelib, Poles va Voronej qoʻltigʻida oʻrmon
mavzelari paydo boʻlgan.
Toshkoʻmir davrilarda (asosan oʻrtasida) ushbu tebranishlar 300 ga
etgan. Shuning uchun biz 300 koʻmir qatlamlari va shuningdek 300 gacha
qatlamchalarini koʻramiz.
Yuqori toshkoʻmir davri chuqur dengiz havzalari borligi munosabati
bilan tebranish harakatlari deyarli sezilmaydi va ular choʻkindilar
fatsiyasida kuzatilmaydi.
Toshkoʻmir davri choʻkindilarida koʻmir (Moskva sinekliza,
Donbass), tuz, gips (Moskva sinekliza, toshkoʻmir davri oxiri), boksitlar
29
(Tixvin sh.) mavjud. Toshkoʻmir davri kesimi Donbassda 10000 m.dan
ortiqroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: