Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti regional geologiya, geomorfologiya



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/59
Sana03.06.2022
Hajmi2,79 Mb.
#632951
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Regionalgeologiyageomorfologiyavageotektonika

Perm davri 
Perm davri Rus platformasini rivojlanishi gersin tektonik davrning 
tugallanishi hisoblanadi. Tektono-magmatik sikllar koʻrib chiqilayotgan 
chegaradagi harakatlari tugallanadi, ammo ularning jimligi trias davrida 
ham davom etgan. 
Perm davridagi chuqur va keng boʻlmagan, suv havzasi Rus 
platformasining sharqiy qismida joylashgan boʻlib, shu sababli Rus 
platformasining asta sekin koʻtarilishiga yordam qilib, yuqori paleozoyda 
Ural geosinklinal zonasining tektono-magmatik siklining tugallanishiga 
olib kelgan. 
Asosan ikki suv havzasi paydo boʻlgan – biri Moskva atrofida tor 
Kanin yarim oroli tomonga ochiq, Poles vali ogʻishgan sharq tomonga 
chegaralangan, Voronej qoʻltigʻining janubiy-sharqiy tomondan va oʻrta 
oqimning Oksko-Sninsk valining sharqi tomonidan Pechyora daryosining 
oʻrta oqimidagi Vichegod vali shimolda davomi hisoblanadi. Ushbu 
dengiz havzasi ochiq xarakterlidir. Quyi perm davri bu ohaktoshlar, qozon 
qatlamiga tegishli boʻlgan kesimning yuqori qismi, dolomitlar, gipslar, 
angidritlar, qumlar qatlamlari, faunali loylarda koʻrsatilgan. Yuqoriroqda 
tatar qatlami quvvati 50-110 m.gacha boʻlgan qumlar, qum zarralari, 
alevrolitlar, baʻzi joylarda gipslar, mergellarning choʻkindilari keladi. 
Sharq tomonda boshqa suv havzasida quvvat koʻpayadi, pastda 
karbonat choʻkindilari, yuqorida karbonat-sulʻfit yoki sulʻfat-galogen 
choʻkindilari. Yuqori Perm – turli rangli, angidridli terrigen, qumli, 
dolomitli, mergelli, argillitli, gipsli boʻlib, quvvati 80 m.dan 450 mg.gacha 
oʻzgaruvchandir. Sharqiy tuman maydonlarida choʻkindilarning quvvati 
oshadi va ular faqatgina terrigen jinslarga aylanadi. Rus platformasi 
qatlamlarining quvvati 750 m.gacha yyetadi. 
Ural togʻ tizmasi boʻyicha sharqda perm choʻkindilarining quvvati
1000 metrgacha yyetadi. Sakmaro-Artinsk choʻkindilari faqat terrigen, 
togʻ jinslari qoʻpol maydalangan moddalar (konglomeratlar, qum zarralari, 
quvvati 2-3 ming metrli alevrolitlar). Kungur qatlami gidroangidrit 


30 
galogen choʻkindilari shaklida berilgan, Ural togʻining etagida tuzlarning 
quvvati 750 m.dan to 1000 m.gacha yyetadi, qozon qatlami dengiz boʻlib, 
choʻkindilar transgressiv ravishda perm pastida ixtilof bilan joylashadi, 
Ohaktosh, dolomitlar, ohaktoshli loy, argillitlarni tuzlarni yorib chiqadi, 
tuzlidir. Paleoural yaqinida, Uraloldi egilishida qozon qatlami katta 
diametrli toshli konglomeratlar kesib oʻtib, gohida 1,5-2 metrli yumaloq 
katta tosh Belebeyev dumi) shaklida boʻladi. Ularning ustiga diametri 
kichraytirilgan, maydalangan toshlar, tatar yarusi pastki qatlamda qum 
zarralari va tepa qismida turli rangdagi qum zarralarining terrigen 
choʻkindilari, loylar tushadi. Yuqori Perm quvati 5-6 km.ga yetadi. 
Paleoural yoqasida bu quvvat turli chegaralarda oʻzgarib turadi. Masalan: 
Artin choʻkindilari shimol tarafda 1200 m.ga yetadi, Kama daryosida 1000 
m., Beloy daryosining oʻrta oqimida 1800 m.gacha va hokazo. 
Rus 
platformasining 
janubida, 
Donbassda 
Perm 
terrigen 
choʻkindilarining qizil rangli kontinental qalinligi kabi xarakterlanib, 
umumiy quvvati 3000 m.gacha boʻlgan qum, qum zarralari, gips 
gorizontlari, angidrit va tuzlarda ifodalanadi. Asosan kesimning yuqori 
qismida tuzlar boʻladi, bu Donbass qoʻltigʻining Rus platformasidan sharq 
qismi perm davrining yakkaligini koʻrsatadi. 
Perm paleogeografiyasi issiq, quruq iqlim va shimol tarafdan 
Pechora daryosi, boshqa tarafdan esa Shimoliy muz okeanining boshqa 
dengiz havzalari bilan bogʻlangan yopiq suv havzasining paydo boʻlishida 
xarakterlanadi. Suv kirib kelishi doimo boʻlmagan. Uncha chuqur 
boʻlmagan dengiz havzasining keng oynasi Kungur davrida katta 
maydonlardagi suv havzalarining intensiv bugʻlanishi va tuz 
toʻplanishiga olib kelgan. Tuzlar bir tarafi Ural togʻ tizmasining 
etagigacha tarqalgan boʻlib, ikkinchi tarafi esa janubiy Kaspiy qoʻltigʻidan 
to Oq dengiz janubigacha tarqalgandir. 
Sakmaro-Artik hamda Qozon va Tatar davrlaridagi Paleoural 
uzunasiga tarqalgan togʻ jinslarining toshlari va uning boʻlaklari 
koʻtarilayotgan Uralning vayron boʻlishidan darak beradi. qoʻyi va yuqori 
permning qoʻpol maydalangan materiallarini hisobga olgan holda vayron 
boʻlayotgan Paleouralning quyi permda boʻyini 5-6 ming metr, yuqorisida 
esa 7-8 ming metr hamda Kungur va Tatar davrida Paleouralni 


31 
nivelirgacha butunlay vayron boʻlgan deb taxmin qilish mumkin. Yaʻni 
Paleoural doirasida Gersin buklanishidan soʻng (oʻrta toshkoʻmir davri-
sharqiy qiyalik, yuqori toshkoʻmir davri-gʻarbiy qiyalik)da ikki martadan 
togʻ hosil boʻlish jarayonini va ikki martadan togʻlarni negizigacha vayron 
boʻlganini kuzatamiz. 
Foydali qazilmalar: tuz, gips, angidrit, neft, sharqda terrigen 
choʻkindilari-sochiq kon, Ural tub konlarining vayron boʻlishi hisobiga – 
tilla, mis rudasi, titan, kobalt (pentlantid) xrom, temir (magnetit) va boshqa 
elementlar. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish