Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

 
 


 
218 
10.5.1. Neft uyumlarini ishlatish jarayonida mahsuldor qatlamni
 
suv bostirishini nazorat qilish 
 
Neft  uyumlarini  qazib  chiqarish  jarayonida  mahsuldor  
qatlamlarni suv bostirishini o’rganish ularni qazib   chiqarishni nazorat 
va  tahlil  qilishdagi  eng  muhim    vazifalaridandir.  Qatlamning 
to’laligicha suv bilan qamralishi, demak, undan olinadigan zapasning 
mukammalligi- 
qatlamga 
kiradigan 
suvning 
harakat 
qilish 
xususiyatlariga bog’liqdir. Qatlamdagi suvning harakati har omillarga 
bog’liq  bg’lib,  shulardan  eng  muhimlari  neftli  uyumning  tuzilishi,
 
qazib  chiqarish  sistemasi,  hamda  neftning  hamda  uning  siqib 
chiqaruvchi suvning xususiyatlariga bog’liqdir. 
Uyumlarning  turiga  va  unga  ta’sir  qilish  xususiyatiga  qarab 
qatlamga  suvning  kirishi  har  hil  omillarga  borlik  bo’lishi  mumkin, 
chunonchi dastlabki suv neft zonasidan suv neft chegarasining surilishi 
hisobiga,  ichki  suv  neft  chegarasining  surilishi  hisobiga,  bunda  neftli 
zona  torayib,  suv-neftli  zona  kengayadi  (bunday  hollar  juda  yotiq 
uyumlarda  sodir  bo’lishi  mumkin),  hamda  haydovchi  quduqlarga  suv
 
haydash natijasida sodir bo’ladi. 
YUqorida  keltirilganlardan  ikki  holatda  suvning  qatlamga 
kirishi  suv-neft  chegarasining  surilishi  natijasida  ro’y  beradi.  Bunday 
holat  yuz  berishiga  qatlamning  tabiiy  rejimi  sababchi  bo’lishi  yoki 
chegaradan  tashqari  yoki  chegara  yonidan  suv  haydash  usullari 
qo’llangan hollarda ro’y beradi. 
Tabiiy  sharoitlarning  turli-tumanligi  va
 
qatlamga  ta’sir 
kilishning turlari tufayli yuqorida keltirganimiz holatlar birgalikda o’zi 
alohida  namoyon  bo’lishi  mumkin.        Neftning  unga  haydaladigan 
suvning  xususiyatlariga  qarab      hamda  qatlamning  notekisligi  tufayli 
suv-neft  chizig’ining  holati  yoki  suv-neft  chegarasining  holati  har  xil 
shaklda namoyon bo’lishi mumkin. 
Suv-neft  yuzasining  joriy  shakli-suv  bilan  siqib        chiqarilishi 
jarayoni neft va suvlar o’rtasidagi  qovushqoqlik-ning farqiga, qatlam 
kollektorlik  xususiyatlarining  o’zgaruv-chanligiga  bog’liq  bo’lib,  har 
shaklga  va  holatga  ega  bo’lishlari  mumkin.
 
Aksariyat  ular  holatiga 
haydaladigan  suv  va  olinadigan  suyuqlik  nisbatlari  ham  ta’sir  qiladi. 
Tabiiyki,  monolit  kollektorlarda  suv  va  neftning  qovushqoqligi  bir-
biriga  yaqin  bo’lsa,  neft  suv  chizig’i  tekis  suriladi,  lekin  tabiatda 


 
219 
bunday  hodisa  juda  kam  uchraydi,  shuning  uchun  u  chiziq  -dastlabki 
holatidan ancha o’zgarishga uchrashi mumkin. 
Neft  va  suv  qovushqoqligi  birdan  kichik  bg’lgan  hollarda 
(

0
<  1)  tashqi  neft-suv  harakati  ichkarisinikiga  nisbatan tezroq  sodir 
buladi,  natijada  suv-neft  zonasining-  hajmi  kichrayadi,  hamda  dastlab 
gorizontal  bo’lgan  suv  neft  chegarasi  voronka  shaklida  kelib  qoladi. 
Xuddi  shunday  hol  Molgobek-Voznestskiy  konini  qazib  chiqarish 
jarayonida  amalda  kuzatilgan.  SHuni  qayd  etish  lozimki,  bunday 
vaqtlarda  neftning  qovushqoqligi  kamaygan  sari  suv-neft  chizig’ining 
holati tikkalashaveradi. 
Bunday hollarda uyumni ishlatish juda muvaffaqiyatli kechadi, 
quduqlar  uzoq  vaqt  suvsiz  ishlaydi,  suv  bilan  qamralganlik  darajasi 
juda  yuqori  bo’ladi.  Quduqlarga  ichki  chegara  yaqinlashib  kelgach, 
ularni tezlikda suv bosadi va mutlaqo suvga aylanadi. Bunday hollarda 
quduqning  suvsiz  ishlagan  muddati  suv  bilan  ishlagan  muddatidan 
ancha  ko’p
 
bo’ladi.  Qatlamning  notekisligi  suv-neft  chegarasining 
surilishiga  deyarlik  ta’sir  ko’rsatmaydi.  Bunday  holat  YArino-
Kamennolojskiy 
konining 
YAsnopolyanskiy 
uyumini 
qazib 
chiqarishni kuzatishda yaqqol namoyon bo’lgan. 
 Neft  va  suv  qovushqoqligi  ortgan  hollarda  (

0
=2-2,5) 
monolit  hamda  bir  tekis  tog’
 
jinslarida  suv-neft  chizig’ining  harakati 
deyarlik  yuqorida  bayon  qilingandek  bo’ladi.  Bunda      qo’shimcha 
quduqlar  qazilmagan  holda  mo’ljaldagi  neftning  olishga  muvaffaq 
bo’lingan.  Lekin  shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  bunday  hollarda 
qatlamning  notekisligi  o’z  ta’sirini  ko’rsatar
 
ekan,  aksariyat  agar 
qatlamlar  linza  ko’rinishida  bo’lsa  va  ular  orasida  o’tkazmaydigan 
qatlamlar mavjud bo’lsa, buning ta’siri sezilarli bg’lar ekan. YUqorida 
keltirgan  misolimizda  uyumning  shimoliy  qismida  mahsuldor  qatlam 
qatlamchalarga  bo’lingan  holat  kuzatiladi  va  bunda  suv-neft 
chizig’ining  surilish  ko’rinishi  g’zgarib,  u  past-baland  shaklni 
egallagan.  Bu  erda  ichki  chegara  chizig’i
 
tashqarisidan  kg’ra  tezroq 
surilganligi  kuzatiladi.  Albatta  bunday  hollarda  qatlamni  qamralish 
darajasi 
kamroq 
bo’ladi,  ma’lum  joylarda  o’tkazmaydigan 
qatlamchalar mavjudligi tufayli neftlar qolib ketadi. 
Neft  va  gaz  qovushqoqligi  nisbati  oshgan  sari  (

0
>3)  ichki 
chegara  chizig’ining  surilishi  tashqarisiga  nisbatan  tezroq  bulib,  suv-


 
220 
neftli  zonaning  maydoni  ortadi.  CHunonchi  buni  Muxanova  konidagi 
S-1  qatlam  misolida  ko’rishimiz  mumkin.  Qatlam  monolit  holatda 
bo’lib,  unda 

0
>3  hamda  u  tabiiy  suv,  siquvi  rejimida  ishlagan. 
Monolit  qatlamdagi  suv-neft  chegarasi  tg’nkarilgan  kosa  shaklini 
oladi. 
Qatlamda  o’tkazmaydigan  qatlamchalar  mavjudligida      emas, 
ularning ta’siri bilinib, chegara past-baland murakkab    shaklini oladi. 
Bunday  hollarda  neft-suv  chizig’ining  kg’tarilishi  qiyinlashadi  yoki 
butunlay to’xtaydi. 
SHunday  hollarda  neftning  siqib  chiqarilishi    darajasi 
kamayadi,  neft-suvli  zonalardan  uning  olinishi  kamayadi,  unday 
hollarda ma’lum joylarda ko’shimcha quduqlar qazilishi taqozo etiladi. 
Neft  va  suv  qovushqoqligi  nisbati  (

0
>5)  beshdan    ortiq 
bo’lgan  hollarda  suvning  harakati ancha  tezlashib, u  aksariyat  yaxshi 
o’tkazuvchan qatlamchalardan sodir bo’ladi. 
Bunday  holatlarda  suvning  siqib  chiqaruvchanlik  qobiliyati 
ancha  pasayadi,  qatlamda  quduqlar  suvsiz  ozgina  muddat  ishlaydilar, 
so’ngra  ular  suv  va  neft  bilan  ishlay  boshlaydilar.  Suvning 
suyuqlikdagi miqdori orta boradi, lekin bunday quduqlar o’nlab yillar 
davomida neft va suv bilan ishlayverishi mumkin. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish