Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

Gidrokimyoviy usullar-
 neft bilan birga chiqadigan   yuldosh 
suv kimyoviy tarkibni nazorat qilishga asoslangan. 
Bu  ishlar  mahsulot  tarkibidagi  suv  miqdorini  nazorat  qilish 
bilan  birga  olib  boriladi.  Bunda  asosan  suvda  erigan  tuzlar,  suvning 
zichligi,  e’tiborga  loyiq  tarkibda  o’zgarishlar,  agar  haydovchi  suvga 
belgili  mahsulot  (indikator)  qo’shilgan  bo’lsa  shuning  mavjudligi 
aniqlaniladi. 
SHuni  e’tibordan  qochirmaslik  lozimki,  quduqda  paydo 
bo’lgan  suv  texnik  sabablar  tufayli  ham  sodir  bo’lishi        mumkin 
(kolonnaning  germetik  bo’lmaganligi  tufayli  va
 
shu  kabi  boshqa 
sabablar  bilan).  Bunday  hollarda  quduqdagi  suvning  siqib  chiqarish 
jarayoniga aloqasi bo’lmaydi. 
Undan tashqari quduqning joylashgan joyi va shunga o’xshash 
sabablarga  binoan  bo’ladigan  quduqdagi  suvning  ham  haydash 
jarayoniga (siqib chiqarish)
 
aloqasi
 
yo’q bo’ladi va ular ham inobatga 
olinmaydi.  Texnik  suvlarning  oqish  joyini    quduqlarda  radiometrik, 
akustik va termometrik usullar bilan aniqlanadi va suvlarni to’xtashish 
chorasi  ko’riladi.  Kolonna  orqasidagi  tsirkulyatsiyani  aniqlash 
radioaktiv 
usullar 
bilan 
(masalan: 
tsirkoniy–95 
qo’llash) 
muvaffaqiyatli  olib  boriladi.  Bunday  misollar  amalda  Boshqiriston, 
Tataristonnig neft konlarida ko’p uchragan. 
Suvni  kirib  borishini  nazorat  qilish  bir  qatlamli  ob’ektlarda 
muvaffaqiyatli  natijalar  beradi.  Buni  kuyidagicha  izohlash  mumkin: 
neft-suvli  zonada  joylashgan  quduqlar  ma’lumki,  faqat  neftli  oraliqda 
otiladi.  Demak,  unday  quduqning  suv  bosishi  suv-neft  chegarasining 
ko’tarilishi  bilan  bog’langan  bo’ladi.  Undan  tashqari  yuqori 
o’tkazuvchanlik
 
xususiyatlariga  ega
 
bo’lgan  hollarda  (aksariyat 
vertikal  va  gorizontal  o’tkazuvchanlik  keng  bo’lgan  hollarda)  quduq 
tubida  anchagina  bosim  farqi  mavjud  bo’lgaligi  suv  konusi  hosil 
bo’lishi  mumkin.
 
Bunday  holda  paydo  bo’lgan  suvni  siqib  chiqarish 
jarayoniga aloqasi yo’q. 
Quduqda qatlam suvining ichki chegara ichidagi quduq tubida 
paydo  bo’lishi  ichki  chegaraning  surilishidan  dalolat.    Aksariyat 
quduqlar  95-98%  suv  bosganda  to’xtatiladigan  hisoblanadi,  shuning 
uchun bunday hisoblarni taxminan chamalasa bo’ladi. 
Haydalayotgan suvning oluvchi quduqlarda paydo bo’lishi suv 
chizig’ining  dastlabki  holatini  ifodalash  mumkin,  lekin  bunday 


 
224 
qatlamning  butun  qalinligi  bo’yicha  shunday  holat  sodir  bo’layapti, 
deb o’ylash mumkin emas. 
Qatlamdagi  suv  haroratini  nazorat  qilsh  bir  qatlamni 
ob’ektlarda yaxshi natijalar beradi, ko’p qatlamli ob’ektlarda ularning 
samaradorligi  kamroq.  Ko’p  qatlamli  ob’ektlarda  bunday  kuzatuvlar 
ma’lum  bir  qatlam  buyicha  olib  borilsa,  biror  natijaga  erishish 
mumkin. 
Bunday  nazoratning  samaradorligi  qatlam  neft  va  suv 
qovushqoqligi nisbati darajasiga ham bog’liq. Agar bu nisbat 1,5-2 dan 
ortadigan bo’lsa, quduqlar juda yuqori darajada suv  berayotgan bo’lsa 
ham, ba’zi joylarda qolib ketgan neft bo’lishi muqarrar. 
Qatlamni suv bostirishni nazorat qilishning geofizik usullarini 
asosan  ikkiga  bo’lish  mumkin:  ochiq  quduqlarda  o’tkaziladigan 
elektrometriya  va  boshqa  tadqiqot  usullari  (yangi  quduqlarni  qazish 
jarayonida),  kolonna  tushirilgan  holatlarda  qilinadigan  radiometrik 
tadqiqotlar. 
Ochiq quduqlar bunday uyumlarda aksariyat keng     qazishga 
mo’ljallangan  quduqlar  bo’lib,  ular  qo’shimcha  va  baholovchi 
quduqlar  bo’lishi  mumkin  hamda  ulardan  juda      muhim  ma’lumotlar 
olsa  bo’ladi.  Ularda  standart  karotajning  bir  qancha  usullaridan 
foydalanilgan  holda  suv-neft  chegarasining  hozirgi  holatini  aniqlash 
mumkin  bo’ladi.  Agar      tadqiq  qilinayotgan    quduqlardan  qatlamga 
xaydalgan  suv  o’tgan        bo’lsa,  undagi  dastlabki  neftga  shimilgan 
oraliqlarni aniqlash murakkablashadi. 
Neft-suv  chegarasinn  aniqlash  va  nazorat  qilishning      asosiy 
usuli  neytron  usulidir.  Bu  tadqiqotlarning  kolonna  tushirilgan 
quduqlarda  olib  borsa  bo’ladi  va
 
ular  yordamida    qatlam  haydalgan 
chuchuk  suv  bilan  shimilganini  yoki  qatlamning  uzidagi  yuqori 
mineralizatsiyali  sho’r  suv  bilan  shimilganli-gini  aniqlash  imkonini 
beradi.  Ba’zan  neytron  usullar  majmuasini  ko’llash  taqozo  etiladi. 
Bunday  usullarni  nasos  kompressor  quvurlari  orqali  favvorali 
quduqlarda ham bajarish mumkin. 
Bu  usul  bilan  otilmagan  qatlamlarning  holatini  anchagina 
aniqlik bilan bilish mumkin. Neytron gamma karotaj usuli bilan ishlab 
turgan  quduqlarning  suv  bosish  jarayonini  nazorat  qilib  bo’lmaydi, 
chunki ulardagi suvda mavjud xlor miqdori tez o’zgarib turishi tufayli 
xaqiqiy ahvolni aks ettirmasligi mumkin. 


 
225 
Xullas, suv xaydalayotgan qatlamdan suvning siljishi va uning 
oluvchi  quduqlarga  kelganligini  bilish,  ularning  miqdorini  aniqlash, 
umuman  shu  jarayonni  kuzatishning  usullari  ko’pgina,  lekin  har  bir 
usulda  ham  o’ziga
 
yarasha      kamchiliklar  mavjud  bo’lgan  taqdirda 
ham  usullar  majmuasidan      foydalanish  maqsadga  muvofiq 
xisoblanadi. 
Bu  ishlarni  o’rganish  va  ma’lumotlarni  umumlashtirish-dan 
asosiy  maqsad  qatlamda  qolayotgan  neft  miqdorini  aniqlashga 
qaratilgan  bo’ladi.  Buning  suv  bosish  holatini  ko’rsatuvchi  suv-neft 
chegarasining  holatini  ko’rsatuvchi,  qoldiq  neftga  shimilganlik 
darajasini  ko’rsatuvchi  va  boshqa  yana  maxsus  xaritalar  tuzish  lozim 
bo’ladi. 
Bunday  xaritalarning  har  birini  aloxida  va  ba’zan  bir-birini 
to’ldirish imkoni bo’lganda birining ustiga ikkinchisini tushirgan holda 
tuzish  ham  mumkin.  Albatta  har  bir  quduqda  har  xil  usullar  bilan 
olingan  ma’lumotlar  o’z  aksini  topishi  lozim.  Natijada  komleks 
ma’lumotlar  ma’lum  bir xulosalar chiqarish imkoni  bo’ladi.  Tuzilgan 
har  xil  xaritalarga  suyangan  holda  qatlamning  qazib  chiqarish   
xaritasiga  uning  suv  bilan  qamralganligini  ko’rsatuvchi  xarita  (xarita 
oxvata)  tuziladi.  Bunda  hozirgi  ahvoldagi  neft-suv  chegaralari  aks 
ettirilgan  bo’ladi  hamda  shunga  qarab    qatlamning  mezo  notekisligi 
belgilanadi,  xaritada  har  bir      quduq  yonida  o’tkazilgan  tadqiqotlar 
majmuasi  aks  ettiriladi.  Undan  tashqari  oluvchi  quduqlarning  debiti, 
undan  olingan  neftning  umumiy  miqdori,  quduqning  suvlanganlik 
darajasi  ko’rsatiladi.  Agar  xaydovchi  quduq  to’g’risida  gap  ketsa, 
o’sha haydalgan suvning umumiy miqdori ko’rsatiladi. Undan tashqari 
qatlamga  haydalgan  suvning  egallashi  mumkin  bo’lgan  maydoni  (5) 
ham ko’rsatiladi. Bu ko’rsatkich kuyidagicha aniqlanadi: 
 
S=V/(h.m/k
n
.*

m
), 
 
bu erda:  V-quduqqa xaydalgan suv xajmi; 
           h-qatlamning shu quduqdagi o’rtacha kalinligi; 
           m -qatlamning g’ovakligi; 
           K
n
-qatlamning 
suv 
bosgan 
qismidagi 
neftga 
shimilganlik; 


 
226 
          

m
-suv haydalgan qismdagi mo’ljallangan taxminiy neft 
beruvchanlik. 
Suv  haydash  natijalarini  tadqiq  qilish  qatlamning  qazib 
chiqarish  holati  bilan  bog’lanadi  va  barcha  ma’lumotlar  qatlamda 
qanday  joylar  suv  ta’sirida  xoli  qoladi,  unda  qancha  neft  mavjud,  bu 
erlardan neftni chiqarish uchun qanday tadbirlar taqozo etiladi, buning 
uchun  qancha  va  qaerlarga  qo’shimcha  quduqlar  qaziladi  va
 
shu 
kabilar tavsiya etiladi. 
O’rganilayotgai  ob’ekt  ko’p  qatlamli  bo’lsa,  yuqorida  tavsiya 
etilgan  xaritalar  har  bir  qatlam  uchun  alohida  tuzilishi  maqsadga 
muvofiqdir. 
Qatlamning  tuzilishiga,  unga  qabul  qilingan  qazib  chikarish 
tartibiga,  neft  suv  bilan  siqib  chiqarishning  xususiyatlariga  va 
yig’ilgan  ma’lumotlarning  soni  hamda  sifatiga  qarab  suv  bostirish 
xaritasi har xil mufassallik darajasida tuzilishi mumkin. Masalan, neft 
qatlamdan tabiiy suvlar hamda unga haydalgan suvlar yordamida siqib 
chiqarilgan.  Suv-neft  chegarasining  ko’tarilishi  natijasida  mahsulot 
olingan,  shuning  uchun  bu  holatda  ko’prok  har  xil  zonalar  mavjud. 
Ba’zi quduqlarda qoldiq neftga shimilganlik darajasi ham ko’rsatilgan. 
Suv bosganlik xaritasi qazib chiqarish jarayonini boshqarishda,
 
quduqlarning  suv  bosishini  oldindan  chamalash  uchun  hamda  neft 
beruvchanlikning  suv  bosgan  zonadagi  ko’rsatkichning  chamalash 
vaqtlarida  juda  asqotadi.  Bunday  xaritalar  neft  qazib  chiqarishning 
oxirgi bosqichida katta   ahamiyat kasb etadi va qaysi joylarda qoldiq 
neft zonalari borligini ko’rsatib berishga yordam beradi. 
 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish