Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov


 Qazib chiqarishni tartibga solishning negizlari



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

11.1 Qazib chiqarishni tartibga solishning negizlari 
 
Uyumni  qazib  chiqarshni  tartibga  solishning  asosi  qatlamdagi 
suyuqliklarni  quduqlar  tartibi  bilan  tg’laroq  ishga  tushirish  va 
quduqlarga  oqib  kelishini  ta’minlashga  qaratilgandir.  Har  xil 
holatlarda buning g’z negizlari bor. 
Neft  konlarida  agar    ob’ekt    bitta  qatlamdan  iborat  bg’lsa 
hamda  uning  kollektorlik  hususiyatlari  yaxshigina  bg’lib,  neftning 


 
229 
qovushqoqligi uncha katta bg’lmasa, qatlam tabiiy suv siquvi rejimida 
ishlasa yoki unga suv haydash bilan ishga tushirilayotgan bg’lsa, qazib 
chiqarishni  tartibga  solish  asosan    markaziy  qatorga  neft-suv 
chizig’ining  bir  tekis  etib  kelishini  ta’minlashga  qaratilmog’i  lozim 
bg’ladi.
 
Bunday holatga amalda haydovchi quduqlarning deyarli bir xil 
qabul qiluvchi xususiyati  va oluvchi  quduqlarning  deyarli   bir   xil 
mahsuldorligi  ta’min  qilingan  sharoitda  erishish  mumkin.  Bunday 
holatda chegaraning bir tekis surilishi neftning kam  yg’qotilishiga olib 
keladi, aksincha notekis qatlamlarda va boshqa murakkabliklar mavjud 
bg’lganda neftning qolib ketishi anchani tashkil qilishi mumkin. 
        Bir  qatlamli  kam  qovushqoq  neftli  qatlamning      kollektorlik 
xususiyati  g’zgaruvchan  bg’lgan  holatda  bir  tekis  sg’rilish 
(drenirovaniya)ga  erishib  bg’lmaydi,  chunki  haydovchi  quduqlarning 
qabul  qiluvchanligi  va  oluvchi  quduqlardan  olinadigan  neft  miqdori 
har xil bg’lishi turgan gap. Bularni tartibga solish, ya’ni quduqlarning 
mahsuldorligini  tenglash-tirishga  erishish  mumkin  emas,  chunki  kam 
mahsuldor 
quduqlar 
mahsuldorligini 
orttirish 
amri 
mahol, 
mahsuldorlarning  quvvatini  kamaytirish  maqsadga  muvofiq  emas,  bu 
butun
 
ob’ekt bg’yicha olish miqdorini kamaytirib yuboradi. 
SHunday  geologik  sharoitlarda  asosiy  maqsad  mahsuldor 
maydonlardan iloji boricha kg’proq neft chiqarishga erishishga harakat 
qilishdir.  Bunday  holatlarda  haydaladigan  suv  birinchi  galda 
mahsuldor  maydonlardagi  neftni  siqib  chiqaradi  va  g’sha  joylarni 
egallaydi. Bunda qatlamni haydovchi quduqlar bilan kesish va boshqa 
usullar bilan suv haydash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lum  vaqtdan  sg’ng  suvga  aylangan  oluvchi  quduqlarni 
haydovchiga  aylantirish  ham  qatlamdan  olinadigan  suyuqlikni 
jadallashtirishga yordam beradi. 
Kg’p qatlamli ob’ektlarda asosiy maqsad hamma qatlamchalar 
orqali  suv  bilan  neft  chegarasini  bir  tekis  harakatini  -  surilishini 
ta’minlashga erishishdir. Lekin amalda bunga erishish deyarli mumkin 
emas, chunki hamma qatlamlarning kollektorlik xususiyatlari 
 
ularning 
kattaligi  bir  xil  bg’lishi  mumkin  emas.  SHuning  uchun  bunday 
ob’ektlarni  qazib  chiqarishni  tartibga  solish  ularning  litologik 
xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  olib  boriladi.  Bunday  ahvollarda 
agar  qatlamlarning  g’tkazuvchanligi  pastdan  yuqoriga  qarab  orta 
borsa,  pastki  qatlamlarni  chiqarishni  yuqoridagisiga  nisbatan 


 
230 
tezlashtirish  usuli  bilan  olib  borilishi  maqsadga  muvofiq.  Bunda  eng
 
pastki  qatlamdan  jadallik  bilan  mahsulot  olinadi  va  shu  tariqa 
yuqoridagilarga  galma  -  galdan  g’ta  boriladi.  Bunda  tepadagi 
qatlamlardan past sur’at bilan mahsulot olinsada, natijada keyinchalik 
etishib  ketadi,  chunki  pastki  qatlamdan  quduqlar  yuqorisiga 
qaytariladi.  SHunday  usulda  Minniboy  konining  D-I  qatlami,  Janubiy 
Romashkino  va  Romashkino  konining  ba’zi  maydonla-rida  kg’p 
qatlamli ob’ektlar amalda qazib chiqarilgan. 
Kg’p  qatlamli  ob’ektlarda  qazib  chiqarishni  tartibga  solish 
kg’proq  zahirasi  mavjud  bg’lgan  mahsuldor  qatlamlarni  ishga 
tushirishni  jadallashtirishga  qaratilishi  lozim  degan  tushuncha  ham 
mavjud.  Bunda  qatlam  qaerda  joylashganligiga  qaramasdan  uni  ishga 
tushirish 
tezlashtiriladi. 
Albatta 
bunda 
g’sha 
jarayonni 
jadallashtirishning 
barcha 
imkoniyatlari 
qg’llanishi  maqsadga 
muvofiqdir. Bunday usulni
 
Romashkino konining SHarqiy-Suleevskiy 
maydonidagi  D-I  qatlamini  qazib  chiqarishga  muvaffaqiyatli 
qg’llangan.  Bunda  eng  yaxshi  qatlam  yuqorida  joylashgan  bg’lib, 
zahiralarning  45%
 
ni  g’zida  jamlagan  edi.  Pastki  qatlamlarda  zahira 
ham  ancha  kam  va  ularning  g’tkazuvchanligi  ancha  past  edi.  Pastki 
qatlamlardan  olishni  oshirishga  harakat  qilingan  holda  yuqoridagi 
qatlamdan olishni jadallashtirgan holda ishlatish davom ettirilgan. 
Qatlamlarning  notekisligi  keskin  farqlangan  holat-larda  qazib 
chiqarishni  tartibga  solish  ulardan  olinishi  mumkin
 
bg’lgan  sharoitni 
iloji boricha bir - biriga yaqinlashtirgan holatga erishishdan iboratdir. 
Katta  qalinlikka  ega  bg’lgan  massivli  uyumlardagi  holatda 
suv-neft  chegarasini  iloji  boricha  bir  tekis  kg’tarilishga  erishishni 
ta’minlash  taqozo  etiladi.  Bunda  oluvchi  quduqlarning  otilgan 
oralig’ini  damba-dam  g’zgartirib  turish  zarur  bo’ladi.  Gaz-neft 
uyumlarini  qazib  chiqarishni  tartibga  solishda  shuni  e’tibordan  xoli 
qilmaslik  lozimki,  neftni  suv  bilan  siqib  chiqarilganda,  uni  gaz  bilan 
siqib  chiqarilgandagidan  kg’proq  natijaga  erishiladi.  SHuning  uchun 
suv  siquvi  va  gaz  rejimida  ishlatilayotgan  uyumlarda,  agar  suvning 
harakati  aktiv  holatda  bg’lsa,  gaz  –  neft  chegarasining  holatini 
g’zgartirmay ishlatish maqsadga muvofiqdir. Buni ma’lum bir vaqtda 
gazni  ham  olishni    tashkil  qilib  boshqarish,  tartibga  solish  mumkin. 
Bunday  holatda  gazning  kg’proq  olinishi  neftning  gaz  zonasnga 
surilishiga olib kelishi va anchagina neftning qatlamda qolib ketishiga 


 
231 
sababchi  bg’lishi  mumkin,  shuning  uchun  bunday  holatga  yg’l 
qg’ymaslik lozim. 
      Gaz  neft  uyumlarini  gaz  bosimi  rejimida  ishlatilganda  qazib 
chiqarishni  tartibga  solish  g’sha  gaz  quvvatini  oqilona  sarflashga 
qaratilmog’i  lozim.  Bunda  quduqlarning  ishlash  oralig’i,  ulardan 
olinadigan  gaz  miqdori  va  suyuqlikni  tartibga  solish  ahamiyatga 
molikdir. 
Gaz  rejimida  ishlovchi  gaz  konlarini  qazib  chiqarishdagi 
tartibga  solish  asosan  uyum  bg’yicha  bosimning  (demak,  olinayotgan 
gazning)  bir  tekis  bg’lishini  ta’minlashga  qaratilmog’i  lozim.  Bunda 
xar  qanday  qg’shimcha  bosim  kamayish  holatlariga  barham  berishga 
erishish kerak bg’ladi. 
Suv  siquvi  rejimida  ishlovchi  gaz  konlarini  ishlatish-dagi 
asosiy  maqsad  gaz-suv  chegarasini  bir  tekis  surilishini  ta’minlashga 
erishishdir. 
Buni  tartibga  solmasa  ba’zi  yuqori  g’tkazuvchan  qatlamlar 
barvaqt suv bosib, kg’pgina gaz suv bilan qamralib qolishi mumkin. 
 
 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish