QURUQ PLEVRIT
1. Klinik ko‘rinishi.
Kasallik to‘satdan boshlanadi.
a. Shikoyati.
(1) Asosiy belgisi og‘riq.
Ko‘krak qafasining shikastlangan tarafining oldingi va yon bosh
sohalarida joylashadi. Ko‘pincha bo‘yinga va yelkaga qarab tarqaladi. Chuqur nafas
olganda kuchayadi, jarohatlangan tomonga yon boshni bosib yotganda kamayadi.
(2) Yo‘tal
quruq yoki juda kam miqdorda balg‘am ajralishi bilan kuzatiladi.
(3)
Yana et junjikishi, tana haroratining ko‘tarilishi, behollik,lohaslik, ishtaxa pasayishi
bezovta qiladi.
b.
Ko‘zdan kechirganda
teri qoplamlari bo‘zarganligi, lab ko‘karishi, nafas olishning
tezlashganligi, yuzakiligi, ko‘krak qafasining nafas harakatidan orqada qolishi qayd qilinadi.
v. Paypaslaganda
zararlangan tomonda mushaklar og‘rishi va tarangligi aniqlanadi.
g. Perkussiyada
o‘pka to‘qimasida infiltratsiya bo‘lmasa o‘zgarish kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |