3. Etiologoyasi.
Plevritlar yuqumli va yuqumsiz (aseptik) bo‘ladilar.
a. Yuqumli plevritlar spetsifik (sil mikobakteriyalari, zahm spiroxetalari) va nospetsifik
qo‘zg‘atuvchilar (pnevmokokklar, staflokokklar, ochak tayoqchalari, viruslar, zamburug‘lar va
boshqa mikroblar) ta‘sirida vujudga keladi.
b. Aseptik plevritlar ko‘krak qavatining yopiq shikastlanishida, plevra varaqalari orasiga qon
quyilganda, o‘pka infarktida, me‘da osti bezi fermentlarining ta‘sirida (pankreatit), plevraning
xavfli o‘smasi bilan jarohatlanishi (kartsinomatozida), biriktiruvchi to‘qimasining sistemali
kasalliklarida (revmatizm, kollagenozlarda), buyrak va jigar xastaliklarida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |