Mavzu mazmuni
1.Ta‘rifi.
Plevrit – plevra varaqalarining yallig‘lanishi bo‘lib,plevra sathida fibrinsimon nalet sodir
bo‘ladi yoki uning bo‘shlig‘ida ekssudat yig‘iladi. U odatda ikkilamchi kasallik – o‘pkadagi
ko‘pgina patologik jarayonlarning yoki kam hollarda plevra bo‘shlig‘iga yaqin turuvchi boshqa
organ va to‘qimalar (ko‘krak qafasi,ko‘ks oralig‘i,diafragma, diafragma osti maydoni)
kasalliklarning sindromi yoki asorati hisoblanadi. Birlamchi plevrit juda kam uchraydi va
shikastlanish yoki plevra mezoteliomasi oqibati hisoblanadi. Quruq (fibrinsimon) va ekssudatli
(nam) plevritlar farqlanadi.
2. Tarqalishi.
Plevritlar umum o‘pka kasalliklarni 3,8 – 6,5 foizini tashkil qiladi, shundan 1,2-3,0
foizi pnevmotik va metapnevmonikli plevritlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |