d. Auskultatsiyada
xastalikning asosiy belgisi - plevraning ishqalanish shovqini aniqlanadi.
Vezikulyar nafas yallig‘lanish sohasida susaygan.
e. Rentgent
tekshirishida diafragmaning yuqori turishi va nafasdagi harakatining
chegaralanganligi aniqlanadi.
j. Qon sinamasida
odatda o‘zgarishlar kuzatilmaydi, kam hollarda neytrofilli leykotsitoz,
ECHT ortadi.
2. Kechishi.
Quruq plevrit yoshlarda yengil kechadi, odatda 1-3 haftada sog‘ayish bilan tugaydi.
Gohida o‘pkada sil jarayonining faolligini tasdiqlovchi retsidivlar kuzatilishi mumkin. Plevra
bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilsa, quruq plevrit ekssudatli turiga o‘tadi.
3. Tashxisi.
Ko‘krak qafasida chuqur nafas olganda va yo‘talganda kuchayadigan og‘riqqa,
plevraning ishqalanish shovqiniga asoslanib qo‘yiladi.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |