IV. Translyatsiya jarayoni.
1) i-RNKdagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar ko'rinishida namoyon bo'lishiga translyatsiya deyiladi;
2) translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi;
3) i-RNK dagi nukleotidlar ketma-ketligi asosida polipeptid zanjirda aminokislotalar qanday izchillikda joylashishi genetik kod yordamida aniqlanadi;
4) i-RNK dagi har 3 ta nukleotid bitta aminokislotani kodlaydi. Masalan, i-RNK da 300 ta nukleotid bo'lsa, u polipeptid zanjirda 100 ta aminokislotani birikishini belgilab beradi;
5) 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo'lgani bu triplet kod deyiladi. Bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi;
6) aminokislota bilan tripletli kodning mos kelishini t-RNK belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |