Abituriyent 25 ball maksimum (biologiya)


Ba’zi turlarning xromosomalar soni



Download 94,92 Kb.
bet4/21
Sana30.12.2021
Hajmi94,92 Kb.
#91847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
BALL MAKSIMUM

Ba’zi turlarning xromosomalar soni

Turlarning nomi

Xromosoma

Turlarning nomi

Xromosoma

Bezgak plazmodiyasi

2

Mushuk

38

Askarida

2

Tez (ildam) kaltakesak

38

Ot askaridasi

2, 4

Kalamush

38, 42

Oddiy chivin

6

Sichqon

40

Drozofila pashshasi

8

Yovvoyi to’ngiz

40

Bezgak chivini

8

Makaka maymuni

42

Mushuk askaridasi

8

Quyon

44

Uy pashshasi

12

Odam

46

Bosh biti

12

Shimpanze

48

Shaftoli biti

12

Molluska

48

Planariya

16

Suvarak

48

Asalari

16, 32

Qo’y

54

Cho’rtan baliq

18

Qoramol

60

Chigirtka

23

Echki

60

Triton

24

Ot

64

Ko’l baqasi

24

Eshak

66

Qurbaqa

26

Prijevalskiy oti

66

It kanasi

28

It

78

Karam kapalagi

30

Tovuq

80

Qunduz

30

O’rdak

80

Gidra

32

Kabutar

80

Yomg’ir chuvalchangi

36

Zog’ora baliq

104

Tulki

38

Daryo qisqichbaqasi

196













Skerda

3-7

Tamaki

24, 48, 72

Iloq

12-43

G’o’za Herbatseum

26

No’xat

14

Olcha

32

Bug’doy

14, 28, 42

Zig’ir

30

Tog’olcha

16

Tariq

36

Turp

18

Suli

42

Karam

18

Kartoshka

48

Xrizantema

18, 36, 90

Qalampir

48

Makkajo’xori

20

G’o’za xirzutum, barbadenze

52

Javdar, arpa

24

Olxo’ri

96

Bangidevona

24

Tut daraxti

308

GOLLANDRIK IRSIYLANISH (5-son)

Genlar faqat autosoma xromosomalarda emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashganligi sizga ma’lum. Jinsiy xromosomalarda, X yoki Y da joylashgan genlar ta’sirida yuzaga chiqadigan belgilarga jins bilan birikkan holda irsiylanish deyiladi. Jinsiy X - xromosomada joylashgan genlarga doir juda ko‘p masalalar beriladi. Ammo jinsiy Y-xromosomalarda joylashgan genlarning irsiylanishi to‘g‘risida ham masalalar uchrab turadi. Jinsiy Y-xromosomada joylashgan genlarning irsiylanishi – gollandrik irsiylanish deyiladi.

Eslatma: Autosomalarda joylashgan genlar ota-onadan qizlarga ham, o‘g‘il bolalarga ham o‘tadi X - xromosomada joylashgan genlar onadan o‘g‘il bolalarga ham qiz bolalarga ham o‘tadi , otadan esa faqat qiz bolalarga beriladi. Y- xromosomada joylashgan genlar faqat otadan o‘g‘il bolalarga o‘tadi.

Y -xromosoma orqali irsiylanadigan ko'p uchraydigan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) gipertrixoz – quloq suprasining chekka qismlarida tuklar olsib chiqishi bilan xaraktcrlanadi, faqat erkaklarda kuzatilib, kasallik belgilari 17 yoshdan keyin namoyon bo'ladi;

2) sindaktiliya – erkaklar oyog‘ining panjalari orasida parda bo‘ lishi ( yoki panjalarning tutashgan bo'lishi);

3) tepakallik.

Masala: Miopiya, ya’ni yaqindan ko'rish kasalligi dominant belgi bo’lib, autosoma xromosomada joylashgan, uning retsessiv alleli esa normal ko'rishni ta’minlaydi. Gemofiliya kasalligi jinsiy X-xromosomada, tepakallik geni esa Y- xromosomada joylashgan, ular retsessiv holda irsiylanadi. Barcha belgilari bo'yicha geterozigotali ayol, normal ko'ruvchi, gemofilik va tepakal erkakka turmushga chiqdi. Tug'ilajak farzandlarning necha foizi ota genotipiga (a), necha foizi ona genotipiga (b) o‘xshaydi hamda genotip (c) va fenotip (d) bo'yicha qanday nisbatda ajralish namoyon bo'ladi?

1) 6,25%; 2) 12,5%; 3) 25%; 4) 1:1:1:1:1:1:1:1; 5) 12:2:4:1:2:1:2:1; 6) 12:12:1:1

A) a-2; b-2; c-4; d-4

B) a-l; b-2; c-5; d-6

C) a-2; b-l; c-4; d-4

D) a-3; b-1; c-6; d-5

Ishlanishi: masala shartiga ko‘ra, berilgan belgilarning genotipini yozib olamiz. Miopiya – AA yoki Aa, normal ko'rish – aa; gemofiliya emas – XHXH yoki XHXh (ayollarda) va XHY (erkaklarda), gemofiliya - XhXh va XhY; tepakallik faqat Y xromosomada joylashgan - XYd kabilar bilan belgilanadi. Barcha genlari bo‘yicha geterozigota ayol genotipi Aa XHXh bo’ladi. Normal ko‘ruvchi, gemofilik

tepakal erkakning genotipi esa aa XhYd bo'ladi. Ularni o'zaro chatishtiramiz. Bu genotiplardan gametalar olib, ularni Pennet katakchasiga joylashtiramiz.

Aa XHXh x aa XhYd

F1

♂ ♀

AXH

A Xh

aXH

a Xh

a Xh

Aa XHXh

Aa XhXh

aa XHXh

aa XhXh

aYd

Aa XHYd

Aa XhYd

aa XHYd

aa XhYd

Olingan organizmlarning genotipi asosida fenotipini topib olamiz.

Aa XHXh – miopiya bilan kasallangan, gemofiliya bo‘yicha tashuvchi sog'lom ayol;

Aa XhXh – miopiya va gemofiliya bilan kasallangan ayol;

aa XHXh – normal ko'ruvchi, gemofiliya bo‘yicha tashuvchi sog‘lom ayol;

aa XhXh – normal ko’ruvchi, gemofiliya bilan kasallangan ayol;

Aa XHYd-miopiya bilan kasallangan, gemofiliya bo'yicha sog’lom, tepakal erkak;

Aa XhYd - miopiya va gemofiliya bilan kasallangan, tepakal erkak;

aaXHYd – normal ko‘ruvchi, gemofilik bo’lmagan, tepakal erkak;

aa XhYd -normal ko’ruvchi, gemofilik, tepakal erkak.

a) endi tug’ilajak farzandlarning necha foizi ota va ona genotipiga o‘xshashligini topamiz. Avlodda 8 ta farzand tug‘ilsa, ulardan faqat bittasining genotipi ota genotipiga o‘xshash bo‘ldi. Shunga ko‘ra 1/8x100=12,5% ota genotipiga o'xshar ekan;

b) ona genotipiga o‘xshash farzandlar soni ham bitta bo'lib, foizi 12,5 % ga teng bo'ladi;

c) avlodda genotip bo'yicha ajralish nisbatini topamiz: har bir genotipli organizmdan faqat bittadan hosil bo’lgan, shuning uchun nisbat 1:1:1:1:1:1:1:1 bo'ladi;

d) avlodda fenotip bo'yicha ajralish nisbati ham 1:1:1:1:1:1:1:1 ga teng bo'ladi. Chunki har bir belgi bo'yicha tug'iladigan farzandlar soni ham bittadan iborat.

Demak, masalamizning Avarianti to'g'ri javob ekan.

Mustaqil yechish uchun masala

Gipertrixoz retsessiv belgi bo'lib, Y-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi, polidaktiliya esa autosoma dominant belgi sifatida irsiylanadi. Otasi gipertrixoz, onasi esa polidaktiliya bilan kasallangan oilada ikkala belgi bo'yicha sog'lom qiz tug'ilgan. Ota-ona genotipini va bu oilada yana ikkala belgi bo'yicha sog'lom o'g’il tug'ilish ehtimolini toping.



Hayvonot va o’simliklar olamidagi yil fasllariga bog’liq holda kuzatiladigan jarayonlar (6-son)

Bahorda

- kalxatlar mart oyida qishlov joylari (Markaziy Afrika va Janubiy Osiyo) dan O'rta Osiyo hududlariga uchib keladi;

- K. D. Belyayev tomonidan xonakilashlirilgan tulkilar yil davomida ikki marta bolalaydi, shundan birinchi urchish mart-aprel oylarida ro‘y beradi;

- yovvoyi tulkilar yil davomida faqat bir marta, ya’ni aprel oyida urchishadi;

- go'ngqarg'alar o'lkamizdan shimoliy hududlarga mart oylarida uchib ketadi;

- baqalar urchiy boshlaydi, bu vaqtda erkak baqalar avj о lib sayraydi;

- yangi asalari oilasi may-iyun oylarida g'ujlanish, ya’ni ko'chibchiqish orqali paydo bo'ladi;

- qishlab qolgan tuxumlardan o'rgimchaklar chiqadi;

- qisqichbaqalar erta bahorda tuxum qo'yadi;

- sallagul va ko'pchilik piyozboshli gullar bahor oylarida ochiladi;

- boychechaklar martda unib chiqadi;

- qizil lola aprelning oxiri - mayning boshlarida, bosh piyoz, yovvoyi sabzi va tok may-iyunda, yerbag‘ir tugmachagul apreldan sentabrgacha, oddiy lavlagi may oyida, oddiy jag’-jag’- mart oyidan boshlab, mayning oxirigacha gullaydi;

- saksovul martning oxiri-aprelning boshlarida o‘sib, gullaydi;

- qarag'ayning va archaning changchili va urug'chili qubbalari hosil bo'ladi;

- dala qirqbo‘g‘imining spora bcruvchi boshog'i yetishadi;

- terakning urug'chi tuplaridagi mevasi pishib, bir tutam tuklari yordamida uchib yuradi (shuning uchun allergiya kasaliga duchor qiladi deyiladi);

- zang zamburug'i oraliq xo'jayini hisoblangan zirk o‘simligida rivojlanishni boshlaydi;

- ayiqtovon, yaltirbosh kabi о 'simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa bo'lib, erta bahorda o'sib, rivojlanib, urug berishga ulguradi;


Yozda

- dengiz mushuklari bolalaydi;

- qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi;

- chittaklar va ayrim boshqa qushlar ham yoz oylarida oziq g'amlaydi;

- O‘rta Osiyo toshbaqalari yozgi uyquga ketadi;

- kaltakesaklar 4-5 marta tullaydi;

- yoz mavsumida so’nalar, ayniqsa, ko'payib, uy hayvonlariga tinchlik bermaydi;

- qisqichbaqachalar yozda tuxumdan chiqadi;

- tog'turbid o’simligi issiq paytlarda o'zidan ko'plab efir moylari chiqaradi, agar u badanning ochiq, yumshoq joylariga tegib ketsa, teri kuyib pufakchalar hosil bo'ladi va xunuk dog’lar hosil qiladi;

- floks, zangora sachratqi hamda zira (iyunda), na’matak (ra’no) iyun-iyulda gullaydi;

- bosh piyoz, yovvoyi sabzi, zira mevasi iyulda pishadi

- shuvoqlarda “yozgi tinim” davri boshlanadi;

- chillaki (ertapishar) tok navlarining mevasi iyulda pishadi;

- ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi, mevalari avgustning oxirida qorayib pishadi;

- issiq kunlarda yantoqdan shakar ajraladi;

- zuxrasochning sporalari iyun-avgust oylarida hosil bo'ladi;

- qo'ziqorinlar ko'p yillik vegetativ tanasida yozda oziq moddalar to'playdi;

- shuvoq, boyalich kabi o'simliklar yozning eng issiq paytlarida barglarini to'kib, salqin tushishi bilan yana barg chiqaradi;

- zang zamburug'i butun yoz davomida bug'doyning poya va barglarini zararlaydi;

- yomg'ir chuvalchangi, ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar pillaga o‘ralib yozda uyquga ketadi;


Kuzda

- tulkilar oilasi tarqalib ketadi;

- ko'pgina qushlar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi. Masalan: o'rdak, g'oz va oqqushlar kech kuzda uchib ketadi;

- butli o'rgimchaklar urug'lanib, tuxum qo'yadi;

- gidra tanasining sirtida jinsiy hujayralar yetiladigan bo'rtmachalar paydo bo'ladi, ya’ni jinsiy yo'l bilan ko'payadi;

- xrizantema gullaydi;

- shuvoq mevalari oktabrning oxiri va noyabrning boshlarida pishadi;

- kechki tok navlarining mevasi oktabrda pishadi;

- lavlagi va saksovul mevalari sentabrda pishib yetiladi;

- suv qirqqulog'ining sporalari avgust-sentabr oylarida hosil bo'ladi;

- xlorella qalin qobiqqa o'ralib, spora hosil qiladi va shunday qishlaydi;

- qo'ziqorinlarning kо’p yillik vegetativ tanasida mevatanachalar hosil bo' ladi;

- mevali daraxtlardan о'rik, bodom, shaftoli kabilarning danagi qattiq bo'lgani uchun sekin unadi, shuning uchun ular danagi kuzda ekiladi;



Qishda

- Imperator pingvinlari 60-70 0C sovuqda tuxum qo'yib, bola ochadi;

- K. D. Belyayev tomonidan xonakilashtirilgan tulkilar yil davomida ikki marta bolalaydi, shundan ikkinchi urchish dekabr - yanvar oylarida ro‘y beradi;

- tulenlar bolalaydi;

- bo'rsiqlar va qo'ng'ir ayiqlar uyquga ketadi;

- tulkilar umuman iniga kirmaydi;

- O‘rta Osiyo toshbaqalari qishki uyquga ketadi;

- suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar karaxt bo’lib, qishki uyquga ketadi;

- chivinlar turar joylarning yerto‘lalarida ham rivojlanadi;

- o’rgimchaklar, gidralar nobud bo’ladi;

- o’simliklarda sovuqda hujayralarda qand miqdori ko’payib, huiavra shirasi konsentratsiyasi ortadi va suv kamayadi;




Download 94,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish