Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya ta’limida loyiha metodi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

8.5. Geografiya ta’limida loyiha metodi 
 
Loyiha  ko‘pincha  iqtisodiy-ijtimoiy  yo‘nalishda,  qurilish,  ilmiy  ishlarni 
amalga  oshirish  holatlarida  qo‘llanilgan.  Bu  atama  pedagogikaga  XX  asr 
boshlarida  kirib  kelgan.  Bunday  yo‘nalishdagi    o‘qitish  loyiha  asosida  istiqbolli 
o‘qitish metodi deb hisoblanadi. 
 
Loyihali  metod  asosida  o‘qitish  talabalarning  mustaqil  ishlashi,  fikr 
yuritishi, o‘zi o‘zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o‘quv mahsulini olishda 
samarali  bo‘lib,  talabalarning  o‘quv-biluv  faoliyatini  tashkil  etishda  keng  tavsiya 
etiladi.  Darsni  interfaol  loyiha  asosida  tashkil  etish  hozirgi  kunda  eng  dolzarb, 
yuqori samara beruvchi metod sifatida tan olinmoqda. Dars jarayonidagi loyihalar 
ustida ishlash aniq ijtimoiy masalalar yechimiga qaratiladi. 
 
Jumladan, ilmiy izlanishlarni , ijodkorlikni, axborotlarni, amaliy masalalarni 
yechish va hal etishda qulaylik tug‘diradi.   Loyihali  metod  asosida  tashkil  etilgan 
darslarda talabalar fikr almashadilar, izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. 
Loyihali  metod  asosidagi  darslarning  boshqa  metod  (usul)lardan  farqi  shundaki, 
talabalar  axborotlarni  izlab  topib,  qayta  ishlab,  umumlashtirib  o‘zlari  himoya 
qiladilar.  Dars  loyihalari  individual  va  guruhlarga  mo‘ljallab  tuziladi.Yakka 
shaxsga 
qaratilgan 
loyihalarning 
afzalligi 
shundaki, 
umumo‘quv-biluv 
ko‘nikmalarni  egallashda talabalarning o‘quv  mehnatiga shaxsiy  mas’uliyati  juda 
yuqori bo‘ladi. Chunki uning pirovard natijasi talaba shaxsining o‘zigagina bog‘liq 
bo‘ladi. Loyihali metod asosida guruhlarga bo‘linib darsni tashkil etishda talabalar 
orasida  o‘zaro  hamkorlik,  hamijodkorlik  holatlari  asosida  ish  yuritiladi  va  ishni 
bunday asosda tashkil etishda dars samaradorligi kafolatlaydi. 
Har  bir  talaba  o‘zining  bor  qobiliyatini  ishga  soladi.  Loyiha  yechimini 
topishga faol kirishadi. 
Dars loyihalari o‘zining davomiyligiga qarab: 
-kichik loyihalar (bir soatli); 
-qisqa muddatli loyihalar(4 soatga mo‘ljallangan); 
-xaftaga mo‘ljalangan loyihalar; 
-uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  loyihalar  (ko‘pincha  bunday  loyihalar 
darsdan  tashqari  qo‘shimcha  ta’limni  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi)  bo‘lishi 
mumkin. 
Loyihali  metod  asosida  tashkil  etiladigan  darslar  o‘qituvchidan  darsni 
tashkiliy  jihatdan  puxta  o‘ylangan,  sifatli,  ishchanlik  muhitida,  talabalarni 
jarayonga  qiziqtira  oladigan  tarzda  loyihalay  olishni  talab  etadi.O‘quv  jarayonini 
loyihali  metod  asosida  tashkil  etishda  o‘qituvchi  faollikda  ish  yurituvchi  emas, 
balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o‘tashi talab etiladi. 
O‘qituvchilar  loyiha  rahbari  sifatida  yuqori  madaniyatli,  ijodkor, 
izlanuvchan,  tashkilotchi  bo‘lmog‘i  kerak.  Loyiha  shunday  tuzilishi  kerakki,  u 
talaba  shaxsiga  qaratilib,  uning  shaxsiy  rivojlanishiga  xizmat  qilishi  kerak. 
Loyihali  metodlar  asosida  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishda  o‘qituvchi  fidoyilik 
ko‘rsatishi,  talabani  ruhlantirishi,  ularni  qiziqtirish  orqali  pirovard  maqsadga 
erishishi talab etiladi. 


212 
 
Loyihali  metod  asosida  tashkil  etiladigan  darslar  va  unga  sarf  etiladigan 
vaqt,  tashkiliy  ishlar,  beriladigan  va  to‘g‘ri  yo‘lga  soluvchi  savollar  oldindan  
rejalashtirilishi  kerak.  Bundan  tashqari  dars  jarayonidan  sodir  bo‘lishi  mumkin 
bo‘lgan  kamchilik,  xatolar,  ularning  oldini  olish,  jarayonning  tahliliy  tomonlari 
ham oldindan hisobga olinishi kerak. Loyihali metod asosida darslarni tashkil etish 
juda  murakkab  jarayon,  bunda  har  bir  talabaning  mustaqil  ishlashini  tashkil  etish 
muammosi  yotadi.Ya’ni  qaysi  vazifalarni  o‘qituvchi  bajarishi  kerak.  Qaysilarini 
talabalarning  o‘zlari  hal  etishlari  kerak  va  qaysilarini  o‘zaro  hamkorlikda  amalga 
oshirishni  oldindan  ko‘ra  bilish  kerak,  bularning  hammasi  loyihada  ko‘zda 
tutilmog‘i  talab  etiladi.  Talabalarning  mustaqil  ishlashi  ko‘pgina  omillarga 
jumladan:  yoshiga,  shaxsiy  xarakteriga,  moyilligiga,  istak-xohishlariga,  ilgari 
loyihali 
metod 
asosida 
ishlagan-ishlamaganligiga, 
loyiha 
mazmunining 
murakkabligiga, guruhlarda ishtirok etuvchilarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq 
bo‘ladi.  Loyihali  metod  asosida  dars  jarayonini  olib  borishda  talabalarning 
imkoniyati, qobiliyati, umumtayyorgarlik darajalari hisobga olinmog‘i lozim. 
Loyihali  metod  asosida  o‘qitish  faoliyati  mazmuni  talabalarning  o‘quv 
faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. 
Bunda: 
1.O‘qituvchi  tomonidan  taklif  etilgan  o‘quv  loyihalari,  kichik  loyihalarning 
talabalar tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi. 
2.O‘quv  loyihalari  oldindan  ishlab  chiqilgan  mezon  ko‘rsatkichlari  asosida 
baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko‘zda tutilsa, yakuniy baholar ham 
chiqarilishi mumkin. 
3.Loyihali  metod  asosida  faoliyat  tashkil  etilganda  o‘quv  mavzularda 
rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko‘zda tutiladi. 
4.Loyihali  metod  asosida  o‘quv  faoliyatini  tashkil  etishga  o‘qituvchi 
raxbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi. 
5.Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo‘ladi. 
6.Loyiha  topshiriqlari  aniq,  ravon  shakllantirilgan,  uning  maqsad  va 
vazifalari tushunarli aniqlangan, talabalar bilan uning ijro yo‘llari va mexanizmlari 
kelishilgan bo‘ladi. 
7.  Ayrim  hollarda  talabalarning  xohish  va  istaklariga  binoan  loyihalarni 
shakllantirish loyiha raxbari bilan amalga oshirilishi mumkin. 
8.O‘quv  yili  davomida  o‘rnatilgan  tartibda  tuzilgan  loyihalar  taqdimotini 
ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda o‘tkazish, 
himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o‘tkazish mumkin. 
Dars jarayonini loyihali metod asosida tashkil etish bosqichlari quyidagicha: 
1.O‘quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash. 
2.Darsning o‘quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish. 
3.Darsning  o‘quv  mazmunini  ishlab  chiqish,  beriladigan  nazariy  va  amaliy 
bilimlarni belgilash. 
4.Talabalar  tomonidan  o‘zlashtirilishi  lozim  bo‘lgan  tushuncha,  bilim, 
ko‘nikma, malakalarni ifoda etish. 
5.Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash. 


213 
 
6.Tushuncha,  bilim,  ko‘nikma,  malakalarni  o‘zlashtirish  uchun  ta’lim 
oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish. 
7.Har  bir  bosqich  natijalarini  olish  uchun  mashq  va  misollar  tizimini 
yaratish. 
8.Nazariy jihatdan olib borish, testlar va intelektual trening savollarini ishlab 
chiqish. 
9.Loyihali metodni dars jarayoniga tatbiq etish. 
10.Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish. 
Loyihali metod asosida tashkil etilgan dars jarayonida  talabalarning: 
-ehtiyoji; 
-qiziqishi; 
-xohishi; 
-maqsadi; 
-faoliyati; 
-qobiliyati; 
-intellekti 
hisobga  olinishi  talab  etiladi.  Dars  jarayonida  talabani  individual  xususiyati  va 
imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. 
Navbatdagi darsni loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi oldida doim bir savol 
ko‘ndalang  turadi,  ya’ni  darsning  maqsadi,  vazifasi,  ketma-ketligi,  izchilligi, 
yaxshilash holatlarini qanday tashkil qilish kerak? 
Dars maqsadini belgilash va uni amalga oshirishda quyidagicha ish yuritish 
maqsadga muvofiq: 
-o‘quv materialini tanlash; 
-uni didaktik talablar asosida tashkil etish; 
-foydalaniladigan metod va jarayonni jihozlash; 
-o‘z faoliyatini funksional tashkil eta olish; 
-talaba shaxsi va guruhlarda ish faoliyatini tashkil etish. 
Loyihali  metod  asosida  darslarni  amalga  oshirishda  guruh  raxbarining 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.Biror  muammoli  vaziyatni,  mavzuni  tanlash  va  shakllantirish,  g‘oyani 
oldinga surish, loyiha ssenariysini tuzish, vazifalarni belgilash, tizimga tushirish va 
yechimini hal etish. 
2.Loyihani  shakllantirish  bo‘yicha  ixchamlashgan  annotatsiya  tuzish, 
so‘nggi erishiladigan mahsulni va uning zaruriyatini aniqlash. 
3.To‘plangan  mavzuni  aniqlashtirish,  loyiha  materiali,  strukturasini 
belgilash,  loyiha  hajmini  aniqlash,  loyiha  yechimida  har  bir  ishtirokchining 
izlanish olib borishdagi roli, o‘rnini belgilash. 
4.Loyiha  ishtirokchilari  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ish  jarayonini  olib 
borish va muddatlarini doimiy nazoratga olish. 
5.Loyihani shakllantirishda, uning mazmunini bayon qilishda kamchiliklarni 
aniqlash va hujjatlashtirishda doimiy maslahatlar berib borish. 
Xulosa  qilib  aytganda,  o‘quv  faoliyati  puxta  o‘ylangan  loyihali  metod 
asosida  tashkil  etilsa,  har  bir  talaba  uning  yechimida  faol  ishtirok  eta  olsa,  o‘quv 


214 
 
jarayoni  samarali  kechadi.  O‘quv  jarayonini  dars  jarayonidayoq  ongli  ravishda 
to‘liq o‘zlashtirish kafolatlanadi. 
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish