Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 
8.8.
 
Geografiya ta’limida evristik metod 
Talabalarning  mustaqil,  faol,  ijodiy  faoliyatini  tashkil  etishda  evristik 
metodlar  asosidagi  ta’lim  alohida  o‘rin  tutadi.  ”Evristika”  -grekcha  so‘z 
bo‘lib,“heurist”  so‘zni,  “izlayman”,”topaman”,  “ochdim”  degan  ma’nolarini 
beradi.  Umuman  evristik  ta’lim  metodi  juda  uzoq  antik  zamonlardan  beri 
qo‘llanilib  kelinadi.  Birinchi  bora  ta’lim  jarayonida  qo‘llanilganda  –  evristik 
suxbatlar  yo‘naltirilgan,  ketma-ket  berilgan  savollarga  javob  berish  jarayonida 
shakllangan,  savollarga  javob  berishda  javoblar  o‘quvchilar-talabalar  tomonidan 
muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan.  
Pedagogikada 
o‘quvchi-talabalar  fikrini  rivojlantiruvchi,  maqsadli 
sermaxsul,  izlanishlar  asosida  qo‘llana  boshlagan.  Ko‘proq  bu  usulni 
birinchilardan  bo‘lib  matematik  olimlar,  o‘qituvchilar  iste’molga  kiritganlar. 
Ko‘pincha  uni  “matematik  yechish  san’ati”  metodlari  shaklida  qo‘llash  ma’qul 
ko‘rilgan.   Keyinchalik uni boshqa o‘quv  predmetlarni o‘qitish jarayonida ilg‘or 
universal  metodlar  sifatida  ham  qo‘llashga  harakatlar,  o‘rganishlar  bo‘lgan.  Bu 
muammo  bilan  o‘z  davrida  filosof  va  grek  matematigi  Papp  Aleksandrskiy, 
keyinchalik fransuz filosof va matematigi R.Dexretlar shug‘ullanib, evristik ta’lim 
universal metoddir, degan fikrga kelganlar. 
 
Ilg‘or  metod  sifatida  uni  Yan  Amos  Kamenskiy  ta’lim  tizimiga  kiritish 
zarurligini  uqtirgan.  U  evristik  metoddan  ta’lim  jarayonida  foydalanishda 
shaxsning  o‘ylashi,  “ijodiy  fikr  yuritishi  zamirida  turli  yangiliklarni  yaratuvchi 
shaxs tarbiyalanadi”, deb ta’rif beradi. 
 
Rus  pedagogi  P.K.Kopterev  xalq  maktablarida  evristik  ta’lim  metodlarini 
keng  qo‘llash  ijodiy  fikrni  yurituvchi  shaxsning  shakllanishiga  zamin  yaratadi 
degan  fikr  bildiradi.  Evristik  ta’lim  metodi  pedagogika  nazariyasiga  XX  asrning 
ikkinchi  yarmidan  kirib kela boshladi.  Ayniqsa,  o‘quv  jarayoniga  kibernetikaning 
kirib  kelishi,  ilmiy  izlanuvchanlik,  ijodkorlik,  yangiliklar  yaratishga    ehtiyojning 
oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida keng qo‘llanishni taqozo eta boshladi. 
 
Hozir  fanda  evristika  yo‘nalishi  mustaqil  rivojlanmoqda.Biror  yangilikni 
yaratish  g‘oyasi  ilgari  surilgandan  keyin  yangi  ixtiyoriy  harakat  dasturi  tuziladi, 
shu  vaziatdan  chiqish  yoki  jadallashtirish  uchun  yangicha  ijodiy  ,  nostandart 
fikrlash orqali yangilik yaratiladi. Fikrlash jarayoni (analiz, sintez, umumlashtirish) 
orqali ayrim operatsiyalar ketma-ketlikda yangicha yondashuv orqali yechiladi, hal 
etiladi. 
Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat: 


222 
 
-xosila  beruvchi  jarayonlarni  o‘rganish.  Unda  kechadigan  o‘ziga  xos  psixologik 
kechinmalarni  o‘rganish  va  bilish.  Insonning  evristik  faoliyati  yoki  elementlari 
orqali real vaziyatni ajrata olish va uni xotirada saqlash; 
-evristik  faoliyatni  yuritish  uchun  (model)  sharoitini  yaratish  prinsiplarini 
o‘rganish; 
-evristik faoliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni modellashtirish; 
-evristik  faoliyatni  yuritish  uchun  maqsadga  yo‘nalgan  evristik  tizimni, 
qonuniyatlarni shakllantirish va yaratish; 
-evristik faoliyatni joriy etish qonuniyatlarini amalga oshirish uchun texnik jihozlar 
konstruksiyasini yaratish. 
 
Evristika  fani  sifatida  o‘z  kotegoriyasi,  evristik  faoliyat,  evristik  elementlar 
apparati,  evristik  tizim,  evristik  strategiya,  evristik  metod,  evristik  qoida,  evristik 
yo‘l kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Evristik metodlar va ulardan foydalanish yo‘nalishlari: 
-ma’lum qonuniyat va prinsiplarga suyanadi. 
-g‘oyani  muammoligi  va  optimalligi  (masalaning  yechimidagi  bosh,  optimal 
g‘oya); 
-axborotni bo‘lim, bloklarga taqsimlash (maqsad, vazifalar yechimidagi ketma-ket 
kichik yo‘nalishlarni yechishga yo‘naltirilganlik). 
Bunday  metodlarda  tashkil  etilgan  mashg‘ulotlar  shu  bilan  ajralib  turadiki,  u 
istalgan muammoni yechishda shaxsni ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib 
keladi. Lekin bu metod har doim ham g‘oyalar yechimida absolyut yutuqlarni olib 
kelavermaydi. 
Evristik metodlarning turlari quyidagilar: 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish