Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

III  bosqich. 
Makromodul  fanlari  o‘quv  dasturlarining  o‘zaro  bog‘liqligini 
ta’minlash.  O‘quv  materiallarini  berishda  takrorlanishlarning  oldini  olish 
maqsadida  makromdul  tarkibiga  kiruvchi  alohida  o‘quv  modul  (fan)lari,  ularning 
dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik ta’minlanadi.  
IV bosqich. 
Tegishli o‘quv moduli (fani) bo‘yicha modullarni shakllantirish.  
Bunda,  odatda,  mavzular  mohiyatini  o‘rganishga  xizmat  qiladigan  o‘quv 
materiallarining  mazmuni  va  hajmidan  kelib  chiqqan  holda  modullar 
shakllantiriladi. 
V  bosqich. 
Modul  bo‘yicha  didaktik  materiallarni  tayyorlash.  Modul 
ta’limiga  o‘tishning  birinchi  bosqichida  alohida  o‘quv  modul  (fan)lari  bo‘yicha 
quyidagi materiallar tayyorlanadi: 
-
 
ishchi o‘quv dasturi; 
-
 
ixchamlashtirilgan va kodlashtirilgan ma’ruza matnlari; 
-
 
o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati; 
-
 
atamalarning izohli lug‘ati; 
-
 
o‘quv-uslubiy tarqatma materiallar; 
-
 
individual ishlar uchun topshiriqlar; 
-
 
mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar; 
-
 
talabalar  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilish  uchun  testlar,  sinov 
topshiriqlari. 
 
Har bir modul test va sinov topshiriqlari bilan tugallanishi lozim. Bu talab, 
ayniqsa,  bakalavriat  yo‘nalishlari  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero,  test  va 
sinov  topshiriqlari  bakalavrlar  tomonidan  o‘rganilgan  muayyan  modul  uchun 
o‘rganilgan o‘quv materiali yuzasidan nazorat bo‘lsa, keyingi modul uchun kirish 
(boshlang‘ich) nazorati sanaladi. 
Odatda  har  qaysi  modul  uchun  tasviriy  shakllardagi  tarqatma  materiallar 
to‘plami  tayyorlanib,  ular  talabalarga  mashg‘ulotdan  avval  tarqatiladi.  Talabalar 
ko‘rgazmali  materiallar,  adabiyotlar  to‘plami  asosida  har  bir  o‘quv  materialini 
o‘zlashtirib  boradi  va  shu  tarzda  bir  modulni  o‘rganishdan  ikkinchi  modulni 
o‘rganishga o‘tadi. 
Xorijiy  mamlakatlar  tajribasiga  ko‘ra  iqtidorli  talabalar  o‘rgatuvchi  modul 
(muayyan modul mazmuni, talabaning o‘quv-bilishga doir harakatlarini boshqarish 
tizimi,  nazorat  (sinovlar)  tizimi,  metodik  ishlanmalar  mazmunidan  iborat  modul) 
yordamida pedagoglar tomonidan taqdim etiladigan barcha ishlanmalar bilan to‘liq 
tanishmay  turib  ham  test  sinovlarini  topshirish  imkoniyatiga  ega.  Bunda  pedagog 


208 
 
axborotchi-nazoratchi  emas,  balki  maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi  shaxs  sifatida 
namoyon bo‘ladi.  
O‘rgatuvchi  modullarni  ishlab  chiqish  murakkab  jarayon  bo‘lib,  u  ko‘p 
vaqtni  talab  qilsa-da,  biroq,  ularni  amaliyotda  qo‘llash  yuqori  darajada  ta’lim 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Ma’ruza  matnini  tayyorlashda  tizimlashtirish  metodiga  ko‘ra  materiallar 
blok-sxema, rasmlar bloki shaklida taqdim etiladi. 
VI bosqich. 
Bir vaqtda o‘rganiladigan modul (fan)lar sonidan kelib chiqqan 
holda  o‘quv  mashg‘ulotlari  jadvalini  tuzish.  Bunda  asosiy  e’tibor  bir  vaqtda 
o‘qitiladigan  modul  (fan)lar  sonini  inobatga  olish  asosida  ular  o‘rtasida  o‘zaro 
izchillik,  tizimlilik  va  uzviylikni  ta’minlashga  erishish  nazarda  tutiladi.  Modul 
(fan)larni o‘qitishda ular uchun ajratilgan soatlarning o‘zaro qorishtirib yuborilishi 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish