Jami
68
Nazorat savollari
1.
Maktablarda Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o‘qitish
metodikasi.
2.
Maktab tabiiy geografiya kurslari nechanchi sinflarni o’z ichiga oladi.
3.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati.
4.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida qanday tushunchalar asosiy
o‘rinni egallaydi.
5.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining ikkinchi bobining
mazmuni
.
6.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining uchinchi bobining
mazmuni
267
XII BOB. O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEKISTON TABIIY
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘QITISH METODIKASI
12.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun va
mohiyati
7-sinf Geografiya kursi ikki qisimdan iborat. Kursning birinchi qismida O‘rta
Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi haqida tushuncha, tabiiy geografik o‘lka sifatida
o‘ziga xos xususiyatlari, O‘rta Osiyo tabiatining o‘rganilish tarixi, geografik
xaritalar, xarita andozalari (proeksiyalar), shartli belgilari, topografik xaritalar va
topografik xaritalar bilan ishlash kabi mavzular bilan tanishadilar. Bundan tashqari,
birinchi qismda O‘rta Osiyoning relyef, geologik tuzilishi, iqlimi, suv resurslari,
yerusti va yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kursning ikkinchi qismida O‘zbekistonning
yer
yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, yer yuzasining taraqqiyoti,
O‘zbekiston iqlimi, yil fasllari va iqlim resurslari
hamda
O‘zbekistonning tabiiy
geografik okruglari haqida ma’lumot oladi. O‘zbekistonning har bir tabiiy
geografik okrugi
va ularning iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot
dunyosi haqida batafsil ma’lumotlar to‘plangan. 7-sinf Geografiya kursi kirish,
ikkita bo‘lim va 66 ta mavzu hamda umumlashtiruvchi takrorlashlardan iborat.
Birinchi bo‘lim 33 ta mavzu va takrorlashdan tashkil topgan. Ikkinchi bo‘lim ham
33 mavzu va umumlashtiruvchi takrorlashdan iborat.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifasi – O‘zbekiston va uning
yirik hududlari, o‘z respublikasi tabiiy sharoiti haqida, tabiat boyliklarining
xususiyatlari va ularga tasnif va tushunchalar berish, shuningdek, O‘zbekistonning
tabiiy sharoiti haqida o‘quvchilarga zarur bilimlar tizimini shakllantirishdan
iboratdir.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganar ekanlar, o‘quvchilar O‘zbekiston
hududlaridagi geografik qobiqning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini bilib
oladilar. Bu qonuniyatlarning o‘zlashtirilishi o‘quvchilar bilimini yanada
kengayishiga, ularda geografik muhitdagi tabiat obyektlari va hodisalarning
o‘zgarishi, rivojlanishiga dialektik nuqtayi nazardan qarashning shakllanishiga
imkon beradi.
O‘quvchilar mazkur kursda o‘z respublikasi – O‘zbekiston tabiiy
geografiyasini o‘rganadilar, uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini yaxshiroq
bilib oladilar. Bu esa o‘quvchilarda Vatanni sevish hissiyotlarini uyg‘otadi va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini yaratadi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganish, O‘zbekiston
tabiati haqidagi tushunchalar tizimini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning 5–
268
6 sinflarda olgan tabiiy geografik tushunchalarini rivojlantiradi, ayni vaqtda, yangi
umumiy tushunchalar ham hosil qilinadi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘rganishda tabiatshunoslik kurslari,
tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, materiklar va okeanlar geografiyasidan,
shuningdek botanika, zoologiya, fizika fanlaridan olingan tushuncha va bilimlarga
tayaniladi. Ayni vaqtda, keyingi geografiya kursi – O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyasi kursini o‘rganishga zamin tayyorlaydi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish bilan o‘quvchilarda Vatanimiz
turli-tuman tabiiy boyliklarga boy ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Vatanimizda
demokratik jamiyat qurish sharoitida tabiat boyliklaridan foydalanishning oqilona
yo‘llarini belgilash, boyliklardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish
o‘quvchilarda tabiatga muhabbat va uni muhofaza qilish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
7–sinfda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan tushunchalar tizimi tabiat
komponentlarini tarkib topishi va geografik qobiqdagi murakkab tabiiy bog‘lanish
qonuniyatlarini ochib berishga imkon beradi.
O‘quvchilarning kartagrafik tayyorgarligi yanada kengayadi. Ular kartagrafik
proeksiyalar, kartadagi xatolar, kartagrafik generalizatsiya, turli tabiiy geografik
hodisalar va obyektlarni geologik, tektonik, sinoptik kartalarda tasvirlash usullari
haqidagi tushunchalarni yanada kengroq egallaydilar.
O‘quvchilar umumiy va tematik tabiiy kartalardan foydalanib hudud va
obyektlarga namunaviy reja bo‘yicha kompleks tabiiy geografik xarakteristika
berishni takomillashtiradilar, kartalar asosida hudud va obyektlarni qiyoslashni
o‘rganadilar.
O‘zbekiston tabiiy geografik kursi «Kirish» darsidan boshlanadi. Kirish
darsida O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifalari, amaliy ahamiyati,
O‘zbekistonning hududi, aholisi va tabiiy boyliklariga ko‘ra dunyoda tutgan o‘rni
haqida ma’lumot beriladi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi (7-sinf) darsligi bilan
tanishtiriladi.
So‘ngra «O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari» mavzusini
o‘rganishga kirishiladi.
«Kartalar va ular bilan ishlash» mavzusi, kartagrafik proeksiyalar haqidagi
tushunchalarni, obyekt va hodisalarning kartalarda tasvirlanishi, topografik kartalar
va karta bilan ishlash usullari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur
mavzuda olingan kartagrafik bilim va ko‘nikmalar keyingi barcha mavzularni
o‘rganishda foydalaniladi.
«O‘zbekistonning geografik o‘rni, relyefi, geologik tuzilishi va foydali
qazilmalari» mavzusida O‘zbekiston hududlarining relyef xususiyatlari va ularning
tarkib topishi haqida bilim beriladi. O‘zbekiston hududlaridagi foydali
qazilmalarning hosil bo‘lishi va joylanishi o‘rganiladi.
269
So‘ngra «O‘zbekistonning iqlim sharoiti» mavzusini o‘rganishga kirishiladi.
Mazkur mavzuda o‘quvchilar O‘zbekiston iqlimiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Quyosh radiatsiyasi, havo massalari, siklon va antisiklon kabi tushunchalar bilan
birga O‘zbekiston hududidagi iqlim tiplari haqida ma’lumot oladilar.
«O‘zbekistonning ichki suvlari» mavzusida daryolar xususiyatiga tabiiy
geografik sharoitlarning ta’siri, daryolarning to‘yinishiga ko‘ra guruhlanishi,
O‘zbekistonning asosiy daryo va ko‘llari, ichki suvlardan foydalanish va ularni
muhofaza qilish haqida o‘quvchilar bilim oladilar.
«Tuproqlar» mavzusida tuproq haqidagi tushunchalar kengaytiriladi,
O‘zbekistondagi asosiy tuproq xillari va ularni muhofazasiga e’tibor beriladi.
«O‘zbekistonning tabiat zonalari» mavzusida O‘zbekiston hududlarida tabiat
zonalarining joylanish qonuniyatlari haqida, har bir tabiat zonasining o‘ziga xos
xususiyatlari haqida bilim berish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining tabiati haqidagi geografik materiallar boshqa
yirik hududlarning tabiiy sharoitini tushuntirish va taqqoslab o‘rganish uchun
o‘ziga xos namuna (andoza) bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |