Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Jami 
68 
 
Nazorat savollari 
1.
 
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘qitish metodikasi. 
2.
 
O‘rta Osiyo geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
3.
 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
4.
 
.
 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifasi.
 
5.
 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining ikkinchi bobining mazmuni.
 
6.
 
O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi kursining uchinchi bobining mazmuni
 
 
 
 


275 
 
XIII-BOB. O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY VA IJTIMOIY 
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘RGANISH METODIKASI 
 
13.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun 
va mohiyati
 
O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  kursining  vazifasi  – 
o‘quvchilarga  O‘zbekistonning  aholisi,  xalq  xo‘jaligi,  uning  rivojlanishi  va 
joylashishi  haqida  tushuncha  va  bilimlar    tizimini  yaratishdan  iborat.  Egallangan 
aniq ma’lumotlar asosida o‘quvchlarda O‘zbekistonning iqtisodiy geografik o‘rni, 
mamlakatimizda  ishlab  chiqarishning  joylashishi,  iqtisodiy  rayonlar,  hududiy 
ishlab-chiqarish  kompleksi  va  shaharlar  haqida  umumiy  iqtisodiy  geografik 
tushunchalar shakllanadi. 
O‘quvchilar  iqtisodiy  kartalar  bilan  ishlashni  o‘rganadilar,  bu  esa  ularda 
iqtisodiy  kartalardagi  shartli  belgilarni  tushunib  yetish,  obyektlarning  kartada 
joylanishini  aniqlash,  tabiiy  va  iqtisodiy  kartalarni  qiyoslash,  turli  mazmundagi 
kartalar  asosida  muayyan  hududga  iqtisodiy  geografik  xarakteristika  berish 
imkoniyatini vujudga keltiradi. 
O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  o‘rganilar  ekan,  o‘quvchilar  
o‘z  o‘lkasi  boyliklari,  xalqi  hayoti  haqida  kengroq  bilim  oladilar,  bu  esa 
o‘quvchilarning ona Vatanga bo‘lgan muhabbat hissiyotini yanada rivojlantiradi. 
O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasining  o‘quvchilarga  iqtisodiy 
bilim  berishdagi  roli  ham  katta.  Ularda  xalq  xo‘jaligi,  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlari, 
mehnat  resurslari,  ishlab  chiqarish  samaradorligi,  milliy  daromad,  tannarx  va 
mehnat  samaradorligi  kabi  bir  qancha  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tushunchalar  tarkib 
topadi.O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  kursi  materiallari 
o‘quvchilarning kasb tanlashida ham katta ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston  xalq  xo‘jaligi  bir-biriga  uzviy  bog‘langan  xo‘jalik  tarmoqlari 
kompleksi  va  ayni  vaqtda,  bir-biriga  bog‘langan  iqtisodiy  rayonlar  kompleksidan 
iborat.  O‘quvchilar  O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  materiallarini 
o‘rganish  jarayonida  O‘zbekiston  aholisi,  O‘zbekistonning  iqtisodiy-ijtimoiy 
rayonlarining muhim xususiyatlari haqida ham bilim oladilar. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi asosan ikki bo‘limdan iborat: 
1. O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik obzori. 
2. O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy geografik rayonlari 
O‘zbekistonning  umumiy  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografik  obzori  bo‘limi 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligiga xarakteristika berishdan boshlanadi. O‘zbekistonning 
tabiiy  sharoiti  va  tabiiy  boyliklari,  aholisi  va  mehnat  resurslari  haqida  bilim 
beriladi. 


276 
 
Maktab  iqtisodiy-ijtimoiy  geografiya  kursi  xalq  xo‘jaligining  asosiy 
tarmoqlari: O‘zbekiston sanoati, qishloq xo‘jaligi va transportini o‘rganadi. Bunda 
xo‘jalikning  asosiy  tarmoqlari  O‘zbekiston  hududlari  bo‘yicha  qanday 
taqsimlanganligi (joylashganligi) va nima uchun shunday joylashganligini tushunib 
yetishlari lozim. 
O‘zbekiston  sanoat  geografiyasining  quyidagi  tarmoqlari:  energetika 
(yoqilg‘i  sanoati  –  gaz,  neft’,  ko‘mir  sanoati;  elektro  energetika  –  issiqlik  elektr 
stansiyalari,  gidroelektr  stansiyalari),  metallurgiya  (qora  metallurgiya,  rangdor 
metallurgiya),  mashinasozlik  (energetika,  elektrotexnika,  avtomobili,  temiryo‘l, 
aviatsiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari), kimyo, yengil va oziq-ovqat 
sanoati va h.k.o‘rganiladi. 
Sanoat  tarmoqlari  o‘rganib  bo‘lingach,  mahalliy  korxonalardan  biriga 
ekskursiya uyushtiriladi. 
O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligi  geografiyasi  mavzusida,  qishloq  xo‘jalik 
ishlab  chiqarishning  xususiyatlari,  intensiv  va  ekstensiv  xo‘jalik  tushunchalari, 
dehqonchilik  (fermer  xo‘jaligi)  va  uning  tarmoqlari,  chorvachilik  va  uning 
tarmoqlari,  qishloq  xo‘jaligini  zonalar  (klaster)  bo‘yicha  ixtisoslanishi  haqida 
o‘quvchilarga bilim beriladi. 
O‘zbekiston  transporti  geografiyasi  mavzusida  transportning  xalq 
xo‘jaligidagi  ahamiyati,  transport  turlari  –  temir  yo‘l,  avtomabil,  aviatsiya, 
shuningdek, quvur va elektron transportlari haqida ma’lumot beriladi. 
O‘zbekiston iqtisodiy  va ijtimoiy  geografiyasi  kursining  ikkinchi bo‘limi  – 
O‘zbekiston  iqtisodiy-ijtimoiy  geografik  rayonga  quyidagi  tartibda  iqtisodiy 
geografik xarakteristika beriladi: 
1) Iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) va tabiiy resurslari. 
2) Aholisi va mehnat resurslari. 
3) Xo‘jaligi (sanoati, qishloq xo‘jaligi va transporti). 
4) Shaharlar. 
Iqtisodiy-ijtimoiy rayon xarakteristikasida hudud xo‘jaligini o‘rganish asosiy 
o‘rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligining ixtisosi ta’kidlanadi va asoslanadi, 
hududiy  ishlab  chiqarish  kompleksi  va  rayon  rivojlanishining  asosiy  istiqbollari 
aniqlanadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish