Jami
34
Nazorat savollari
1.
Maktablarda tabiiy geografiya boshlang’ich kursining o’qitilish
metodikasi.
2.
Maktab tabiiy geografiya kurslari nechanchi sinflarni o’z ichiga oladi?
3.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining mazmun va mohiyati.
4.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida qanday tushunchalar asosiy
o‘rinni egallaydi.
262
XI BOB. MAKTABDA MATERIK VA OKEANLAR TABIIY
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘QITISH METODIKASI
11.1 Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining mazmun va
mohiyati
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida o‘quvchilar Tabiiy
geografiya boshlang‘ich kursida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu kursda
o‘quvchilarga geografik xaritalar, geografik qobiq va uning rivojlanish
qonuniyatlari, tuzilishi, xususiyatlari, tarkibiy qismlari (litosfera, gidrosfera,
atmosfera), har bir materik va okean tabiatiga oid bilimlar beriladi. Jumladan,
kursda geografik qobiq va uning chegaralari, rivojlanish bosqichlari, umumiy
qonuniyatlari, litosfera va yer relifining tuzilishi kabi tushunchalar berib boriladi.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi so‘zboshi va sakkiz bobdan iborat.
So‘zboshida kursda nimalar o‘rganilishi va geografik xaritalar, ularning turlari,
globus va atlaslar haqida ma’lumotlar berilgan.
Geografik qobiq bobi 8 ta mavzudan iborat bo‘lib, ular quydagilar.
1.
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari.
2.
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlari
3.
Litosfera va Yer relyef
4.
Materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
5.
Gidrosfera, uning tarkibiy qismlari
6.
Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari
7.
Tabiat komplekslari, ularning almashinishi va zonalligi
8.
Yer yuzi aholisi, irqlar
Kursning ikkinchi bobi “Okeanlar tabiati” deb nomlangan. Bu bob 5 ta
mavzudan iborat. Ular quyidagilar.
1.
Dunyo okeani va uning qismlari.
2.
Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyef
3.
Okean suvining xususiyatlari.
4.
Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri.
5.
Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
Kursning uchinchi bobida Afrika materigi, Atlantika va Hind okeanlari
haqida ma’lumotlar berilgan. Bu bob 11 ta mavzuni o‘z ichiga oladi.
1.
Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi.
2.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyef.
3.
Materik iqlimining xususiyatlari.
4.
Iqlim mintaqalari.
5.
Ichki suvlari.
6.
Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar.
7.
Tropik cho‘llar va subtropiklar.
8.
Tabiiy geografik o‘lkalari.
263
9.
Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri.
10.
Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri.
11.
Atlantika okeani.
12.
Hind okeani.
Kursning to‘rtinchi bobida Avstraliya va Okeaniyaning tabiiy geografik
o‘rni, kashf etilishi, tekshirilishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, relyefi,
foydali qazilmalari, iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari hamda Tinch okeani
haqida ma’lumotlar berilgan. Bob 6 ta mavzu va
takrorlashdan iborat.
1.
Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari. Relyefi.
2.
Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari.
3.
Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri.
4.
Takrorlash.
5.
Okeaniya.
6.
Okeaniya iqlimi, tabiat zonalari va aholisi.
Kursning beshinchi bobida
Antarktida materigiga oid ma’lumotlar berilgan
bo‘lib, 2 ta mavzuni o‘z ichiga oladi.
1.
Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari.
Relyefi.
2.
Iqlimi va tabiat komplekslari.
Kursning oltinchi bobida
Janubiy Amerika materigining tabiati,
tabiiy
geografik xususiyatlari, tekshirilish tarixi va boshqa ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Bob 5 ta mavzuni o‘z ichiga oladi.
1.
Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari.
Relyef.
2.
Iqlimi va ichki suvlari.
3.
Janubiy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari.
4.
Tabiiy geografik o‘lkalari
5.
Janubiy Amerika aholisi
Kursning yettinchi bobi “
Shimoliy Amerika materigi” deb nomlanib,
Shimoliy Amerika materigi va Shimoliy muz okeani haqida ma’lumotlar
berilgan. Bob 6 ta mavzudan iborat.
1.
Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari.
Relyef.
2.
Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari.
3.
Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari.
4.
Shimoliy Amerikaning tabiiy geografik o‘lkalari.
5.
Shimoliy Amerika aholisi.
6.
Shimoliy Muz okeani.
Kursning sakkizinchi bobida Yevrosiyo materigi va hududining tabiiy
geografik o‘lkalari haqida ma’lumotlar berilgan. Bob 19 ta mavzu,
umumlashtiruvchi takrorlash va ilovalardan iborat
1.
Yevrosiyoning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi.
2.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyef.
264
3.
Yevrosiyo iqlimi.
4.
Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalari.
5.
Issiq iqlim mintaqalari.
6.
Ichki suvlari.
7.
Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari.
8.
Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari.
9.
Balandlik mintaqalari.
10.
Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi.
11.
Antropogen tabiat komplekslari.
12.
Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi.
13.
O’rta Yevropa.
14.
Sharqiy Yevropa.
15.
G’arbiy va Sharqiy Sibir.
16.
Markaziy Osiyo.
17.
Sharqiy Osiyo.
18.
Janubiy Osiyo.
19.
Old Osiyo.
20.
Umumlashtiruvchi takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |