O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich Kirish
(10 minut)
|
1.1. Amaliy mashg‘ulot mavzusi, maqsadi, muhokama uchun savollar, ko‘zlanayotgan natijalarini aytadi. Mashg‘ulotni olib borish xususiyatlarini ma’lum qiladi. Ta’lim jarayoni kichik guruhlarda ishlash orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi (1-ilova).
|
Tinglashadilar
|
|
1.2. Talabalar bilimini jonlantirish uchun jalb qiluvchi savollar beradi:
O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka nisbatan afzalligi nimada?
O‘zgaruvchan tokni sanoat chastotasi nima va undan amaliyotda qaysi maqsadda foydalanish mumkin?
Kuchlanishlar rezonansi nima?
O‘zgaruvchan tok zanjirini to‘la qarshiligi nimaga teng?
O‘zgaruvchan tok quvvati qanday bo‘ladi?
|
Savollarga javob beradilar
|
2-bosqich Asosiy (60 minut)
|
«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalanilgan holda mashg‘ulotni tashkil etish hamda mazkur texnikasidan foydalanish qoidalari bilan tanishtiradi (2-ilova);
Talabalarni kichik guruhlarga bo‘ladi. O‘quv topshirig‘ini tarqatadi (3-ilova);
Guruhlarga topshiriqlarni bajarishi uchun yordam beradi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi.
Guruh ishini nazorat qiladi. Xulosalarni umumlashtiradi
|
Tanishib chiqadilar
Ixtiyoriy ravishda guruhlarga bo‘linadi Topshiriqlar ustida ishlaydilar
|
3-bosqich Yakuniy (10-minut)
|
Ish yakunlarini chiqaradi. Faol talabalarni baholash mezoni asosida rag‘batlantiradi (4- ilova).
Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi.
|
Tinglaydilar
Yozib oladilar
|
1-ilova
«Birgalikda o‘qiymiz» birgalikda o‘qish texnikasining qoidasi
Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va boshqalarga o‘rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi, barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishdan iborat.
«Birgalikda o‘qiymiz» birgalikda o‘qish texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonini tuzilishi
Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi
Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi – umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi
Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi
Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi
Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalarini tinglaydi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savolar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi
Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi
Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish uchun individual ballarni o‘z ichiga oladi
Matnni o‘qishda asoslanish zarur bo‘ladigan savollardan iborat varaq. Savollar o‘quv materiali ustidan olib boriladigan mustaqil faoliyatga yo‘naltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |