O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«OLIY MATEMATIKA» KAFEDRASI
SamISI o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilib nashrga tavsiya etildi. O‘UK raisi dots.Bektemirov A. Bayonnoma № 2013 yil
«FIZIKA» FANIDAN O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Samarqand – 2013
Yusupov A.A., Nasriddinova M.F.
« Fizika» fanidan o’qitish texnologiyasi, o’quv uslubiy majmua: Samarqand: 2013. bet.
Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d. Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti,
f-m.f.n.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘quv uslubiy kengashining 2013 yil № sonli majlisida ko’rib chiqildi va nashr etishga tavsiya qilindi.
Institutning “Fizika” fanini o‘rganayotgan bakalavr talabalari uchun o‘quv uslubiy majmua sifatida tavsiya qilinadi.
©Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013 yil.
MUNDARIJA
1
|
O‘quv dastur
|
5
|
2
|
Ishchi o‘quv dastur
|
17
|
3
|
Ta’lim texnologiyasi
|
35
|
4
|
Masalalar va mashqlar to‘plami
|
247
|
5
|
Testlar
|
278
|
6
|
Nazorat uchun savollar
|
284
|
7
|
Umumiy savollar
|
291
|
8
|
Tarqatma materiallar
|
297
|
9
|
Glossariy
|
334
|
10
|
Referat mavzulari
|
338
|
11
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
339
|
12
|
Tayanch konspekti
|
361
|
13
|
Xorijiy manbalar
|
554
|
14
|
Annotatsiyalar
|
555
|
15
|
Muallif haqida ma’lumotlar
|
556
|
16
|
Foydali maslahatlar
|
557
|
17
|
Normativ hujjatlar
|
558
|
18
|
Baholash mezoni
|
559
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ro‘yxatga olindi:
№ 2011 yil « »
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil « » dagi
« »-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
FIZIKA
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 600 000 - Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi: 610 000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi: 561010
0
- Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)
Toshkent – 2011
Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv- uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2011 yil
« » dagi « »-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining dotsenti, f-m.f.n. Nasriddinova M.F. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi
Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d.
Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-
m.f.n.
Fanning o‘quv dasturi Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti o‘quv- uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2013 yil 29 avgustdagi 1- sonli bayonnoma)
KIRISH
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalardir.
Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat.
Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va tushunish uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berishi kerak. Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak.
Fizika fanini o‘rganish talaba falsafiy dunyoqarashini shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o‘zaro bog‘lanishini aks etishdan iborat.
XXI asr xilma-xil elektron, yarim o‘tkazgichli va elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o‘sishi yangi texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bunday
qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi dolzarb vazifa – talabalarning, o‘sib kelayotgan avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak.
Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika fani) rivojiga qo‘shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni to‘g‘ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o‘zlari ham fanlarning rivojlanishigia o‘z hissalarini qo‘shishga intilishlari kerak.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
fizika fanining asoslarini, qonunlarini; fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlarini; fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashini; fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak;
talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olish; yangi materiallar va mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash; masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
talaba fizikaviy jarayonlarni servis va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olish; texnikani rivojlantirish; milliy mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa kurslar bilan o‘zaro bog‘liqligi
«Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u 2-semestrda o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy, texnikaviy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, matematika, kimyo, biologiya, falsafa, elektrotexnika elektronika va elektruzatma, sifat ekspertizasi, nooziq-ovqat tovarlar ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik
jarayonlarni avtomatik boshqaruvi, servis xizmat ko‘rsatish texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
«Fizika» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va amaliy tafakkurni, fan-texnika yutuqlaridan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida foydalanish, ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘llash, ob’ektiv tabiiy qonun va hodisalarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi. Barcha amaliy texnikaviy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari to‘g‘risida bilim hosil qiladi. Yangi chiqindisiz texnologiyani yaratish va qo‘llashda ilmiy-texnikaviy bazani yaratib beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar, slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur»,
«Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi usullar asosida o‘qitiladi.
Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda o‘qiymiz» texnikasi, «O‘ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan foydalaniladi.
Asosiy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |