Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Fizika fani va uning vazifasi. Fizikaviy tekshirish usullari. Fizika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi bog‘lanish. Predmetlararo bog‘lanish. Hozirgi zamon fizikasi va kompyuterlar texnologiyasi.
Mexanika
Mexanika predmeti. Moddiy nuqta kinematiksi. Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Nuqtaning aylana bo‘ylab harakati. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Nyuton qonunlari. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni. Mexanikadagi kuchlar. Kuchlarning bajargan ishi. Quvvat. Kinetik energiya. Konservativ va nokonservativ kuchlar. Potensial energiya. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Energiyani saqlanishi to‘g‘risida Sharq olimi Beruniyning fikrlari.
Galiley-Nyuton mexanikasida nisbiylik qoidasi. Maxsus nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi tushuncha.
Mutlaqo qattiq jism mexnikasi. Qattiq jism kinematikasi: ilgarilanma va aylanma harakat. Aylanish o‘qiga nisbatan kuch momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. Inersiya momenti. Jism impulsi momentining saqlanish qonuni. Aylanayotgan qattiq jismni kinetik energiyasi. Ishlash prinsiplari, qattiq jismni harakatlariga asoslangan kundalik mashina va jihozlarga misollar.
Suyuqlik harakatiga mexanika qonunlarini qo‘llash. Ideal suyuqlikda statsionar oqim. Bernuliy tenglamasi.
Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Suyuqlikning laminar va turbulent oqimi.
Mexanik tebranishlar. Tebranma harakat. Tebranuvchi sistemalar to‘g‘risida tushuncha. Garmonik harakat kinematikasi, energiyasi. Erkin tebranishlar. So‘nuvchi tebranishlar. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Rezonansning amaliy ahamiyati.
Mexanik to‘lqinlar. Akustika. Tebranishlarning bir jinsli muhitda tarqalishi. Yuguruvchi yassi to‘lqin tenglamasi. To‘lqinlarning superpozitsiya prinsipi. To‘lqinlar difraksiyasi.
Tovush tabiati. Tovush to‘lqinlarning tezligi. Tovush tavsifnomalari. Akustik rezonans va uning qo‘llanilishi. Infratovush, ultratovushlarning texnologik jarayonlarda qo‘llanilishi. Fizika fanini rivojlanishida Abu Nasr al-Forobiy va Beruniyning qo‘shgan hissalari.
Molekulyar fizika
Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari. Makroskopik holat. Makroskopik parametrlar. Holat tenglamasi. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Temperaturaning molekulyar-kinetik ma’nosi. Ehtimollik va fluktuatsiya. Maksvell taqsimoti. Erkinlik darajalari bo‘yicha energiyaning tekis taqsimot qonuni. Ko‘chish hodisalari. Hozirgi zamon texnikasi, texnologik jarayonlarda ko‘chish hodisasidan foydalanilishi.
Termodinamika asoslari. Sistemaning to‘la va ichki energiyasi. Issiqlik miqdori va ish. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon. Puasson tenglamasi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno sikli. Entropiya haqida tushuncha.
Qattiq jismlar. Kristallarning tuzilishi. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi. Amorf jismlar va polimerlar.
Suyuq kristallar va ularning turlari. Suyuq kristallarning xossalari. Turmushda suyuq kristallarning qo‘llanilishi.
Suyuqliklar. Suyuqliklarda molekulalarning harakati. Yaqin tartib. Sirt va kapillyarlik hodisasi. Fazoviy muvozanat va aylanishlar.
Elektr va magnetizm
Elektr zaryadi. Zaryadlarning saqlanish qonuni. Elektr maydoni va uning tavsifnomalari. Kulon qonuni. Elektr maydonlar superpozitsiya prinsipi. Elektr maydon induksiya oqimi vektori. Ostrogradskiy-Gauss teoremasi. Elektrostatik maydonda bajarilgan ish.
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. Qutblanish vektori. Dielektrik singdiruvchanlik, elektr qabul qiluvchanlik va atom qutblanuvchanligi orasidagi bog‘lanish. Elektr siljish vektori. Dielektriklar uchun Gauss teoremasi.
O‘tkazgich va kondensatorlar sig‘imi. Kondensatorlarnig ulash. Elektr maydon energiyasi. Elektrotexnika, radiotexnika, elektronikada kondensatorlarni qo‘llanilishi.
O‘zgarmas elektr toki. Asosiy tushunchalar va aniqliklar. O‘zgarmas tok qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof qoidalari.
Vakuumda elektr toki. Termoelektron emissiya. Elektron lampalar va ularni qo‘llanilishi. Hozirgi zamon elektrotexnikasi, radiotexnikasi va radioelektronika asboblarida termoelektron emissiya hodisasini ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar.
Gazlarda elektr tok. Plazma to‘g‘risida tushuncha. Plazma va uning asosiy tavsifnomalari. Plazmaning kelajagi to‘g‘risida tushuncha.
Kontakt potensiallar farqi. Termoelektr toki. Termoelektr hodisalar va ularning qo‘llanilishi.
Magnit maydoni. Magnit induksiya vektori. Toklarning bo‘shliqdagi magnit maydoni. Tok elementlarining o‘zaro ta’siri. Amper qonuni. Magnit maydon kuchlanganligi. Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper kuchi. Lorens kuchi. Zaryadlangan zarrachaning elektr va magnit maydonlardagi harakati. Amper va Lorens kuchlarini texnikada qo‘llanilishi. Magnit momenti. Magnetiklarni klassifikatsiyasi: dia-, para-, ferromagnetiklar. Ferromagnetizm nazariyasi.
Magnit maydon oqimi. Elektromagnit induksiya hodisasi. Elektromagnit induksiya hodisasini asosiy qonuni. O‘zinduksiya hodisasi. Magnit maydon energiyasi.
Elektr va magnit maydonlarning o‘zaro aylanishi. Uyurmaviy induksion tok. Fuko toklari. Siljish toki. Maksvell tenglamalari sistemasi. O‘zgaruvchan tok generatori. O‘zgaruvchan tok zanjirlari. O‘zgaruvchan tok quvvati. Quvvat koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati.
Tebranish konturi. Erkin elektromagnit tebranishlar. Majburiy elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturining sahiyligi.
Optika
Elektromagnit to‘lqinlar va ularning asosiy tavsifnomalari. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi. Yorug‘likni tabiati to‘g‘risidagi tasavvurlar evolyutsiyasi. Yorug‘likni tavsiflovchi kattaliklar va ularning birliklari.
Yorug‘lik interferensiyasi. Kogerent to‘lqinlar. Yupqa plyonka va plastinkalarda interferensiya. Yorug‘lik interferensiyasining amalda qo‘llanilishi. Yorug‘lik difraksiyasi. Gyuygens-Frenel qoidasi. Frenelning zonalar usuli. Fraungofer difraksiyasi. Difraksion panjara va uning spektral tavsifnomasi.
Yorug‘likning qutblanishi. Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Yorug‘likning qaytish va sinishda qutblanishi. Optik aktiv moddalar. Qutblanish tekisligining aylanishi. Polyarimetriya usuli. Yorug‘lik qutblanishi hodisasining qo‘llanilishi.
Yorug‘likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. Yorug‘lik dispersiyasining klassik nazariyasi. Dispersion spektrlar.
Issiqlik nurlanishi va uning tavsifnomalari. Kirxgof qonuni. Mutlaqo qora jism. Stefan-Bolsman va Vin qonunlari. Issiqlik nurlanishining kvant harakteri. Plank formulasi.
Kvant optika. Fotoeffekt. Tashqi fotoeffekt qonunlari. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi. Ichki fotoeffekt. Fotoeffekt hodisasining texnikada qo‘llanilishi.
Fotonlar. Yorug‘lik kvantlarining energiyasi va impulsi.
Yorug‘likning to‘lqin-korpuskulyar dualizmi.
Atom va yadro fizikasining elementlari
Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari. De-Broyl gipotezasi. Mikrozarralar to‘lqin xususiyatlarining amliy isboti. Noaniqlik qoidasi.
Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gers tajribasi. Atom spektri. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma’nosi. Spin to‘g‘risida tushuncha.
Ko‘p elektronli atomlar. Murakkab atomlarda elektron holatlar strukturasi. Uyg‘ongan atomlarning nurlanishi. Pauli prinsipi. D.I.Mendeleevning elementar davriy sistemasi. Kvant generatori. Lazerlar va ularning qo‘llanilishi.
Molekulyar spektrlar turlari. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi spektri.
Tabiiy radioaktivlik. Radioaktiv nurlanish turlari. Radioaktiv yemirilishning asosiy qonuni. Atom yadrosi. Yadroning tarkibi va tavsifnomasi. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri. Yadro kuchlari. Massa defekti, bog‘lanish energiyasi va atom yadrolarining mustahkamligi. Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari turlari. Sun’iy radioaktivlik. Og‘ir yadrolarning bo‘linishi. Zanjir yadro reaksiyalari. Termoyadro reaksiyalarini boshqarish muammolari. Kosmik nurlanishlar. Elementlar zarrachalar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar masalalar yechish ko‘rinishida tashkil etilib, unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Kinematika, dinamikaning asoslari. Ish va energiya.
Mutlaqo qattiq jismning mexanikasi. Tutash muhit mexanikasining elementlari.
Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar.
Molekulyar fizika.
Termodinamikaning asoslari.
Elektrostatika.
O‘zgarmas toki.
Elektromagnetizm.
O‘zgaruvchan tok.
Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar.
Geometrik optikasi.
To‘lqin optikasi.
Yorug‘likning kvant optikaviy xususiyatlari.
Atom fizikasi elementlari.
Yadro fizikasi elementlari
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘quv dasturidagi bo‘limlarga tegishli laboratoriya ishlarini bajarish, asboblar bilan tanishish, natijalar olish, tajriba natijalarini hisoblash, tegishli xulosalar chiqarish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash orqali amalga oshirilib, har bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
Triflyar osma yordamida jismlarning inersiya momentini aniqlash.
Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
Tovushning havodagi tezligini interferensiya usuli bilan aniqlash.
Suyuqliklarni sirt taranglik koeffitsiyentini tomchi uzilish usuli bilan aniqlash.
Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imlarini aniqlash.
Metallarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash.
Psixrometr yordamida havoning namligini aniqlash.
Elektr tokining issiqlik ekvivalentini aniqlash.
Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
Termoparani darajalash va termoEYUKni aniqlash.
Bir fazali transformator ishini o‘rganish.
O‘zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish.
O‘zgaruvchan tok quvvatini va tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash.
Difraksion panjara yordamida yorug‘likni to‘lqin uzunligini aniqlash.
O‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash.
Linzaning fokus masofasi va yorug‘lik kuchini aniqlash.
Mikroskop yordamida shisha plastinkaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash.
Refraktometr yordamida suyuqliklarning sindirish ko‘rsatkichini va eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini nazarga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fanning o‘quv turlari bo‘yicha talabalarga adabiyotlardan foydalanib mustaqil o‘zlashtirish uchun quyidagi vazifalar berib boriladi:
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
amaliy mashg‘ulotlardan masalalar yechish, hisob-grafik ishlarini bajarish;
laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
laboratoriya ishlarini natijalarini, tajriba xatoliklarni hisoblash va xulosalar
qilish;
laboratoriya ishlarini himoyasiga tayyorlash;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘rganish, masalalarni
yechish;
ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlash;
ilmiy maqolalarni va tezislarni chop etish. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Fizika va fan-texnika inqilobi.
Olamning yagona fizika manzarasi.
Impulsli texnika.
Yarim o‘tkazgichli asboblar va ularning qo‘llanilishi.
Rele. Relening turlari va ulardan servis sohasida foydalanilishi.
Integral sxema va uning turli sohalarda qo‘llanilishi.
Ventilli fotoelement va uning qo‘llanilishi.
Shamol energetikasi va undan xalq xo‘jaligida foydalanish.
Suyuq dielektriklar.
Suyuq o‘tkazgichlar va ularning servis sohasida qo‘llanilishi.
O‘lchash qurilmalari.
Kvant elektronikasi.
Magnitomexanik hodisalar.
Magnitooptika.
Qattiq jismlar plazmasi.
Elektr energiyaning plazma manbai va uning kelajagi
Fotoemissiya hodisasi.
Yadro energetikasi.
Lazer texnologiyasining rivojlanishi.
Servis sohasida qo‘llaniladigan isitgich asboblari.
Lyuminissensiya hodisasi. Lyuminissensiyadan servis sohasida foydalanishi.
Yangi chiqindisiz texnologiyalar.
Informatsion sistemalar va texnologiyalarning hozirgi holati va rivojlanishi.
Hozirgi zamon fizikasining bashoratlari.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan:
amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan;
o‘tkaziladigan tajriba mashg‘ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi» Toshkent, O‘zbekiston, 2000.
Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 2002.
Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 2003.
Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent,
«O‘zbekiston», 2003.
Volkenshteyn V.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami». Toshkent, «O‘qituvchi», 1989.
Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand, 2007.
Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. Fizikadan laboratoriya praktikumi. Samarqand, 2007.
Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. «Fizika» fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2009.
Abdusalomova M.N. «Fizika» leksiyalar kursi. Samarqand, 2009.
Abdusalomova M.N. «Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand, SamISI, 2011 y. - 186 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va molekulyar fizikadan amaliy mashg‘ulotlar». Toshkent,
«O‘zbekiston», 2001.
Abdusalomova M.N. «Fizikadan laboratoriya praktikumi». – Samarqand, 2007.
Sovremennaya fizika. M., 2005.
Ilin V.N. Termodinamika i sotsiologiya. Fizicheskiye osnovi sotsialnix protsessov i yavleniy. M., 2005.
Jurnallar
Informatika va energetika muammolari. O‘zbekiston jurnali.
Ekonomika i jizn.
Fanlar Akademiyasi axborotlari. Fizika.
Infokom.Uz.
KompyuterPress.
Internet saytlari:
www.iofbe.ru. Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe.
www.buybook.ru. Magazin knigi: Copyright s 2004.
www.colibri.ru. Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006)
www.book.sdd.ru. Knijniy internet.
www.nmsi.uz/ebook.htm. Navoiy Davlat Konchilik instituti.
http://www.iite.ru/iire/russion/ Institut Yunesko po informatsionnim texnologiyam v obrazovanii.
http://www.scool.ua/Htm/Technologie.htm Informatsionniye texnologii v uchebnom protsesse.
http://www.uzbekistan.uz. O'zbekistan, ustremlenniy v budushee.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Do'stlaringiz bilan baham: |