Abdullaeva I uzbek adabiyotida fantastika janri



Download 238,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana29.12.2021
Hajmi238,62 Kb.
#76937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ozbek adabiyotida fantastika janri

Har ishki qilmish odamiyzod, 

Tafakkur birla bilmish odamiyzod.      

Zero, inson aql-zakovati, bilimi oldida har qanday tilsim, sehr-jodu ojizdir. 

«Sa’ban  sayyor»  ishqiy  sarguzasht  dostondir.  U  o‘z  kompozitsiyasi 

bilan  «Xamsa»ning  boshqa  dostonlaridan  tubdan  farq  qiladi.  Bu  doston 

«hikoya  ichida  hikoya»  usulida  yaratilgan.  Doston  Bahrom  va  Diloram 

haqidagi  qoliplovchi  hikoya  va  shu  hikoyaning  kompozitsion  silsilasiga 

bog‘langan  etti  mustaqil  hikoyadan  iborat.  Dostondagi  etti  sayyoh  tilidan 

aytilgan Navoiy hikoyalari tamomila yangi hikoyalar bo‘lib, ular xalq og‘zaki 

ijodi  asosida  yaratilgan.  Ular  sevgi  va  vafo,  do‘stlik  va  sadoqat,  himmat  va 

sahovat,  mardlik  va  qahramonlik,  donishmandlik  va  ijodkorlik  kabi 

xislatlarga  bag‘ishlangan.  Ularda  real  hayot  lavhalaridan  tortib  fantastik 

manzaralarga qadar, oddiy turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi 

hayotiy sarguzashtlar ham bor. 

Dostondagi  uchinchi    hikoyada  fantastika  ustivorlik  qiladi.  Sa’d 

hikoyasi syujeti va kompozitsiyasi bilan ham obrazlari va g‘oyaviy motivlari 

bilan ham boshqa hikoyatlardan farq qiladi. 

Sa’d  og‘ir  shartlarni,  dahshatli  to‘siqlarni  engib,  sinovdan  o‘tib, 

sevgilisining  visoliga  erishgan  jasoratli  botir  yigitdir.  U  hayotning  va  inson 

toleinning  ashadiy  dushmoni  bo‘lgan  ko‘chlarni  mavh  etadi,  tilsimlarni 

ochadi,  danishmandning  mushkul  savollariga  aql  va  farosat  bilan  javob 

beradi.  SHu  bilan  birga,  u  SHahrisabz  shohining  begunoh  kishilar  qonini 

to‘kilishga  chek  qo‘yadi.  Qahramonlik  va  jur’at  dahshat  va  razolatni,  tadbir 

va tafakkur hiyla va jaholatni engadi. 



 

16 


Hikoyadagi  dev  Qatron  va  jodugar  Zol  yomonlikning  majoziy 

obrazidir,  mo‘ysafid  (Palyakus  hakim)  esa,  fikr-qarashlaridagi  ayrim 

elementlarga qaramay, aql va tafakkurning tajassumidir. 

«Sab’ai  sayyor»  dostonining  yakunidagi  Bahromning  butun  arkoni 

davlati bilan er qa’riga tortib ketishi tasvirida fantastik ifoda yotsa ham biroq, 

unda  hayotiy  ma’no  mohiyat  bor.  Zero  Navoiy  aytmoqchiki,  inson  tabiatga 

ozor etkazsa, tabiat undan uch oladi. 

«Saddi Iskandariy» dostoni jahon adabiyotida birinchi ijtimoiy va ilmiy 

fantastik  asar  desak  yangilishmaymiz.  Bu  dostonda  fantastika  yordamchi 

element sifatida ishtirok etsa ham, biroq asarning g‘oyaviy mavzu tuzilishida 

g‘oyat katta rol o‘ynaydi. 

Navoiy Iskandar obrazini ideal shoh timsoli sifatida yaratar ekan, uning 

harbiy yurishlarini tasvirlashni bosh maqsad qilmaydi. Balki Iskandarii olam 

yaratilishining  sir  asarlarini  bilishga  intiluvchi,  markazlashgan  ideal  davlat 

tuzush yo‘lida turli-tuman ijtimoiy va ilmiy muammolarni echishga intiluvchi 

hukmron sifatida tasviirlaydi. 

«Saddi  Iskandariy»  dostoni  ilmiy-fantastik  xarakteridagi  epizodlar 

bilan  to‘lib-toshgan.  Xususan,  Iskandarning  suv  osti  olamini  bilishga, 

o‘rganishga  bo‘lgan  intilishi  buning  yorqin  dalilidir.  Sukrot  boshchiligidagi 

suv  osti  olamiga  sayohatda  Iskandar  daryolarning  uzunligini  o‘lchashni 

hamda  suv  osti  olami  to‘g‘risida  qaydlar  yozib  borishni  buyuradi.  Iskandar 

suv  osti  olamini  ko‘rish  uchun  oynadan  yasalgan  shar  shaklidagi  maxsus 

asbobni yasashga Suqrotni jalb etadi. U tayyor bo‘lgandan keyin 100 kun suv 

osti olamini tomosha qiladi. Navoiy zamonasida bunday episod tasvirini faqat 

xayolot oxami tasviri bilan berish mumkin edi. 

SHuningdek,  dostonda  Navoiy  xayoloti  bilan  yaratilgan  «suzuvchi 

orol» epizodi ham bor. Iskandar eng zo‘r kema yasovchilarni yig‘ib, 3 mingta 

kema  yasashni  va  shu  bilan  «suzuvchi»  shahar  barno  qilishni  buyuradi. 




 

17 


To‘g‘ri,  bizning  zamonomiz  odamlarini  bunday  hodisa  bilan  hayratga  solib 

bo‘lmaydi.  Biroq,  Navoiyning  asarlaridagi  fantiztik  epizodlar,  voqealar, 

uydirmalar o‘zining real zaminiga ega edi. 

«Sa’ddi  Iskandariy»  keskin  konflikt  kurash  va  to‘qnashuvlar  asosiga 

qurilgan dostondir. Dostonning deyarli har bir bobi o‘ziga xos konfliktga ega. 

Biroq,  dostonning  deyarli  barcha  konfliktlarini  jamlovchi  umumiy  konflikti 

ham  bor.  Bu  adolat  bilan  zulm,  yaxshilik  bilan  yomonlik  o‘rtasidagi 

kurashdir. Qirvon o‘lkasida ya’muj va ma’jutlarga qarshi kurash-konfliktning 

cho‘qqisidir. 

Bu 


konflikt 

turli 



o‘lka 

farzandlarining 

Iskandar 

boshchiligidagi  sa’d  -  devor  qurishi  bilan  echiladi,  insoniyat  zulmat  va 

dahshat hamlasidan abadiy najot topadi. 

Navoiy  «Sa’ddi  Iskandariy»da  real  hayot  lavhalarini,  tabiat 

manzaralarini  qanchalik  mohirlik  bilan  tasvirlasi,  fantastik  manzaralarni, 

afsonaviy mahluqlarni, g‘aroyib voqealarni ham shunchalik san’atkorlik bilan 

chizadi.  Mag‘rib  va  Qirvon  tasviri,  u  erdagi  voqealar,  dengiz  safari  va 

ajoyibotlari shular jumlasidandir. «Sa’diy Iskandariy»da realistik tasvir bilan 

badiiy  fantaziya  ko‘pincha  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘lanib  boradi,  shoir 

romantik,  fantastik  tasvirdan  realistik  xulosa  chiqaradi.  Masalan,  ya’muj  va 

ma’jmunlarga qarshi kurash romantik tasvir bilan berilgan, lekin shoir bundai 

realistik  xulosa  chiqarib,  agar  kishilar  ahil-ittifoq  bo‘lsa,  zulm  va  zulmat 

yo‘llarini o‘tib bo‘lmas g‘ov bilan to‘sishi mumkin degan fikrga keladi. YOki 

dengiz  tasvirini  olaylik.  Bu  tasvir  qanchalik  fantastik  bo‘lmasin,  uning 

mohiyatida  insonning  aql-zakovati  tabiat  sirlarini  kashf  qilishga  qodirdir, 

degan real maqsad va ishonch bor. 

Ma’lumki,  xalq  og‘zaki  ijodi,  Navoiy  asarlari  keyiingi  davr  o‘zbek 

adabiyotining  takomilga  kelishida  katta  zamin  o‘ynadi.  To‘g‘rirog‘i,  uning 

ta’mal toshlarini qo‘ydi. 



 

18 


Jadid adabiyoti va milliy uyg‘onish davri adabiyotida fantastika o‘ziga 

xos  bir  tarzda  rivojlandiki,  uning  asosini  yozuvchilar  asflaridagi  «narigi» 

dunyo-jin  va  ajinalar  ifodasida  berish  va  shu  yo‘sinda  jamiyatdagi  samiy 

holat-hodisalarga  munosabat  bildirish  yotdi.  Aniqrog‘i,  adiblar  shu  uslub 

bilan jamiyatga o‘zlarining mulosabatlarini bildirdilar. 

Xususan,  bu  hodisa  Abdulla  Qodiriyning  1921  yilda  yaratgan  «Jinlar 

bazmi»  hikoyasi  diqqatga  sazovardir.  A.Qodiriyning  bu  hikoyasi  milliy 

uyg‘onish  davri  o‘zbek  adabiyotida  birinchi  bo‘lib,  fantastik  obrazlar, 

epizodlar  tasvirlangan  asardir.  Asarning  bosh  qahramoni  O‘sar  aka  doim 

jinlar bilan uchrashganligini gapirib yuradi. Bir kuni u boqqa borib noklarni 

qirqadi.  Kechqurin  ishini  tugatib  uyiga  qaytadi.  Qorong‘i  tushgan.  YOnida 

birga  ishlagan  qo‘shnilari  shaharga  qaytish  uchun  ertaroq  ketishgan.  O‘sar 

akaning  yo‘li  esa  kimsasiz  dala  va  butazorlar  orqali  o‘tardi.  «Qorang‘u  va 

dahshatli»  dala  orqali  ketar  ekan,  hikoya  qahramoni  uzoqda  yorug‘likni 

ko‘radi.  Uning  qulog‘iga  ko‘pgina  yig‘ilgan  odamlarning  tovushi,  kulgusi, 

nog‘ara,  dutor,  g‘ijjak  va  tanbur  tovushlari  chalinadi.  Kimsasiz  daladagi  bu 

hodisa  qahramonni  tajjubga  soladi.  U  erga  yaqinlashganida  O‘sar  aka  bazm 

qilayotgan  yuzlab  yoshlarni  va  qariyalarni  ko‘radi.  SHunda  bazm 

qurayotganlarning ichidan bittasi chiqib, O‘sar akani davrga taklif etadi. Hol 

ahvol  so‘raydi.  Bu  holat  qahramonni  yanada  qattiq  ajablantiradi.  Kimdir 

dasturxon yozishni taklif qiladi. Boshqasi esa unga e’tiroz bildiradi va dastlab 

o‘ynab-kulib  olishni  taklif  etadi.  SHunda  notanish  musaqa  yangraydi.  O‘sar 

aka o‘zi bilmagan holda musiqa - kuyga mast bo‘lib raqsga tusha boshlaydi. 

Bir  vaqt  oyog‘i  qattiq  bir  narsaga  tegib  yiqilib  tushadi.  Ertalab  uyg‘onsa 

ariqda yotgan bo‘ladi. 

Asarning keyingi voqealari real hayotga ko‘chadi. O‘sar akaning o‘g‘li 

otasining  boshidan  o‘tgan  voqeani  o‘qituvchisiga  aytib  beradi  hamda  nima 

uchun  bunday  voqealar  bo‘lishni  so‘raydi.  O‘qituvchi  unga  bu  qo‘rquv  va 




 

19 


uning  oqibatidagi  tasavvur  ekanligini  aytadi.  O‘sar  akaning  o‘g‘li  gumonga 

tushadi.  «Qirquv  bo‘lsa,  nima  uchun  u  real  bo‘lgandek  sodir  bo‘ladi». 

O‘qituvchi  kelasi  juma  kuni  bu  haqda  sinf  o‘quvchilari  orasida  suhbat 

o‘tkazmoqchi ekanligini aytadi. Asar shu bilan tugaydi. 

Hikoyada  ramziy  ma’no  bor.  Qodiriy  uni  asar  syujeti  va  echimining 

tagida  beradi.  YA’ni  buyuk  adib  sifatida  Qodiriy  o‘sha  davrdagi  jamiyatga 

munosabatini  bildirgan,  guyo  qurilayotgan  jamiyat  faqat  sarobdan  iborat 

ekanligiga ishorat qiladi. 20-yillar adabiyotida bunday tasvir va holatni 1923 

yil  yaratilgan  Fitratning  «Qiyomat»  hikoyasida  ham  ko‘rishmiz  mumkin. 

Asar  qahramon  Ro‘ziqul  bo‘lib,  u  boy  eshigida  og‘ir  mehnatdan  ezilgan, 

xo‘rlangan. SHu boisdan u bu dunyoda ko‘rmagan farog‘otni narigi dunyoda 

ko‘rsatishni orzu etadi. Qish kunlarining birida Ro‘ziqul boy uyining tomini 

qordan  tozalayotib  yiqilib  tushadi  va  oyog‘ini  sindiradi.  U  endi  ishga 

yaramay qoladi. Ishga yaramaydigan odam boyga ham kerakmas. U ko‘chaga 

haydaladi. 

SHunday qilib, ko‘chada qolgan Ro‘ziqul ko‘knorchilarga qo‘shiladi va 

«Pochamir»  laqabini  oladi.  Ro‘ziqul  ko‘knori  kayfiyaga  berilib,  «narigi» 

dunyoga  tushib  qoladi.  Endi  Fitrat  fantastik  tasvirga  o‘tadi,  biroq  kezi 

kelganda real hayot bilan qahramon psixologik holatini tasvirlab tipik hayotiy 

kartinalar yaratadi. 

Ko‘rinadiki,  20-yillar  o‘zbek  adabiyotida  fantastika  «narigi»  dunyo, 

inson ruhiyati, diniy mistik holat va hodisalar fonida tasvirlanadi. Buni yana 

biz  G‘ayratiyning  1938  yil  yaratgan  «Dovdirash»,  Fitratning  «SHaytonning 

tangriga  isyoni»  asarlarida  tush  ko‘rish  voqealari  bilan  bog‘lik  fantastik 

tasvirlarni,  M.SHermuhammedovning  «Befarzand  Ochildiboy»,    Fitratning 

«Zayid va Zaynab» singari asarlarida ko‘ramiz. 

To‘g‘risini  aytish  kerakki,  20-yillardan  60-yillargacha  bo‘lgan 

adabiyotimizda haqiqiy ma’nodagi ilmiy fantastik asarlar yaratilmadi. Biroq, 




 

20 


ularda  tasvirlangan  fantastik  epizodlar,  voqealar,  fantastik  elementlar  ilmiy 

fantastik adabiyotining shakllanishiga zamin hozirladi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  birinchi  o‘zbek  ilmiy  fantastik  asari 

yaratilgunga qadar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi. 




Download 238,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish