Abdullaeva I uzbek adabiyotida fantastika janri


Ish  tuzilishi  va  tarkibi



Download 238,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana29.12.2021
Hajmi238,62 Kb.
#76937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
ozbek adabiyotida fantastika janri

Ish  tuzilishi  va  tarkibi:  Ish  kirish,  ikki  bob,  xulosa  va  adabiyotlar 

ro‘yxatidan iborat.  



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

10 


I-BOB 

O‘ZBEK FANTASTIKASINING SHAKLLANISH ILDIZLARI VA 

YO‘LLARI 

Ma’lumki,  «fantastika»  so‘zi  «fantazion»-yunongadan  kelib  chiqqan 

bo‘lib,  fantaziya,  xayolot,  uydirma,  bo‘lmagan  narsa,  haqiqatdan  uzoq, 

tafakkur  va  mushohadaning  cheksizligi  singari  ma’nolarni  anglaydi. 

Fantaziya tufayli buyuk ixtirolar, kashfiyotlar qilinadi, badiiy adabiyotda esa 

buyuk  asarlar  yaratiladi.  Demakki,  so‘z  belmaqsad,  bema’no  orzu  haqida 

emas, balki, hayotiy asosga ega bo‘lgan orzu, xayolotqhaqida bormoqda. Bu 

esa o‘z navbatida inson mehnati, insoniyatning butun yaratuvchanlik faoliyati 

bilan bog‘liqdir. 

Inson fantaziyasi uning tarixi singari qadimiydir. Biroq, fantaziya qilish 

qobiliyati inson bilan birga tug‘iladi, deb  qarash noto‘g‘ri. CHunki, tafakkur 

singari u turli sabablar: ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar, imkoniyatlar va 

ehtiyojlar,  lekin  eng  asosiysi  ijtimoiy-kommunikativ  sabablar  ta’siri  ostida 

paydo  bo‘lgan.  Jamiyatning  ibtidoiy  rivojlanish  davrida  inson  fantaziyasi 

sodda  va  oddiy  bo‘lgan.  U  darajada  boy  ham  bo‘lmagan.  Ijtimoiy  ong 

evolyusiyasi,  bir  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyaning  boshqasi  bilan  almashuvi 

inson  dunyoqarashini  o‘zgartirdi,  fikrlashini  kengaytirdi  va  chuqurlashtirdi. 

Natijada  inson  hayoloti  murakkab  va  boy,  «konstruktiv»  bo‘la  boshlagan. 

SHu  boisdan,  qadimda  samarasiz,  ba’zan  amalga  oshmaydigan  orzulari 

bugungi haqiqatga aylandi. 

O‘z  xalq  og‘zaki  ijodlarida  uchar  gilamlar,  qanotli  otlar,  ochil 

dasturxonlar,  tiriklik  suvi  va  boshqalar  to‘g‘risida  orzu  qilgan  xalqlar, 

qa’tiytli  mehnat,  iste’do  va  aqlning  tirishqoqligi  natijasida  insoniyatga 

vafodorlik  bilan  xizmat  qilayotgan  fan  va  texnika  yutuqlarini:  samolyot, 

raketa,  tibbiy  kashfiyotlarni  yaratdi.  Sivilizatsiyaning  keyingi  rivojlanish 



 

11 


jarayonlari 

kelajakda 

insoniyat 

fantaziyasining 

yaratuvchilik 

imkoniyatlarining beqiyosligi va cheksizligidan dalolat bermoqda. 

Haqiqiy  ma’nodagi  ilmiy  fantastika  paydo  bo‘lgunga,  qadimiy  turkiy 

xalqlar  og‘zaki  va  yozma  adabiyotlarida  fantastika  elementlari,  ilohiy  kuch-

qudratga  ega  bo‘lgan  fantastik  obrazlar  yaratilgan.  Bizning  eramizgacha  VI 

asrlarda yaratilgan, markaziy Osiyo va Eron xalqlarining qadimiy yodgorligi 

bo‘lgan  «Avesto»da  tabiat  va  jamiyat  hodisalari  mifologik  syujetlar  hamda 

obrazlar  yordamida  tasvirlanadi.  «Avesto»da  tasvirlanishicha  butun  borliq 

ikkita  kuch-yorug‘lik  va  zulmatning  doimiy  kurashdan  iborat  bo‘lib, 

yorug‘lik-yaxshilikni,  zulmat  esa  yomonlik,  zulmini  ifodalaydi.  Zulmat 

kuchlari  er  ostida,  yaxshilik  kuchlari  esa  osmonu  falakda  yashaydilar.  Er 

yuzasi esa bu ikki kuchning jang maydoni. YAxshilik va yorug‘lik kuchlariga 

-  Axuramazda,  yomonlik  va  zulmat  kuchlariga  -  Axriman  boshchilik  qiladi. 

Ularning xizmatida esa tabiatning u yoki bu hodisasini ifoda etuvchi quyosh 

xudosi - Mitra, er, suv va hosildorlik ma’budasi-Anaxita, yarim odam-yarim 

ho‘kis - Qayurmas singari mifologik obrazlar turadi. 

Xudolar  va  ma’budlar  ma’lum  ma’noda  obstrakt  tushunchani  emas, 

balki  insonning  real  borlig‘i,  uning  mehnat  va  ruhiy  faoliyati  bilan  bog‘liq 

fantastik  yo‘sindagi  hayot  tasvirlanadi.  Agar  Axuramazdaning  oltita  eng 

yaqin  yordamchilari:  Voxu  -  Monax  (yaxshi  niyat,  orzu)  podolarni,  Asha 

Vaxishta  (haqiqat)  -  olovni,  Xarvatot  (sog‘liq)  -  suvni  boshqarsa, 

Axrimanning  yaqin  yordamchilari  Div  aka  -  yomon  niyatni,  o‘limni, 

Ayshma-urushni ifoda etadi va bu kuchlarga homiylik qiladilar. 

Ko‘rinayaptiki,  «Avesto»da  fantastika  obrazlar  va  tasvirlar  insonning 

olamni,  borliqni  tushunishga,  bilishga  intilishlari  natijasidir.  Zero,  inson 

paydo  bo‘ldiki,  kim  ekanligini,  qaerdan  kelib,  qaerga  borayotganligini 

bilishga intiladi. 



 

12 


Har  bir  tarixiy  davr  o‘zining  fantastik  obrazlarini  va  syujetlarini 

yaratgan.  O‘z  shakliy  tuzilishi  va  mazmuniga  ega  bo‘lgan  bu  obrazlar 

xarakteriga  ko‘ra  bevosita  hayot,  tabiat  sirlari  to‘g‘risidagi  tasavvurlar 

xarakteri bilan bog‘liq, bo‘lib, bu «tasavvurlar» mexanizmini aks ettiror edi. 

Ertak, afsona va mifologik obrazlarning va badiiy elementlarning ayrim 

o‘xshashliklari YAqin va o‘rta «SHarq xalqlari adabiyotining shakillanishida 

muhim  rol  o‘ynadi.  Xususon,  arab  xalq  ertaklaridan  «Ming  bir  kecha», 

«Kamila va Dimna», «Qobusnoma» singari asarlarda yaqqol ko‘rinadi. 

Qadimgi  mifologiya  va  folklorda  fantastika  elementlari  animistik, 

totemistik  motivlar  va  personajlar  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Xususan,  bu  juda 

ko‘plab  o‘zbek  xalq  ertaklarida,  masalan,  «Ayiq  polvon»,  «Ilon  pari», 

«CHo‘loq  bo‘ri»,  «SHerzod  va  Gulshod»,  «O‘pinchi  boy»,  «Er  Kenja», 

«Qirop  og‘a»,  «Qilich  botir»  singari  sehr-jodu  bilan  bog‘liq  ertaklarda 

namoyon  bo‘ladi.  Jumladan,  «YOril  tosh»,  «Ochil-ochil  qamishlar»  singari 

ertaklarda  sehr-modu  tufayli  tabiatdagi  jonsizpredmet-narsalarga  jon  ado 

etiladi, ular qilga kirib inson bilan muloqatga kirishadi. YOki qahramonning 

joni  qilichda,  uzukda  bo‘lib,  biror  joyga  yashirilgan  bo‘ladi.  SHu  tufayli 

qahramon  hech  qachon  o‘lmaydi.  («Qiron  og‘a»,  «Qilich  botir»  singari 

ertaklarda). Ko‘rinadiki, ertaklardagi animistik, totemistik motivlar, obrazlar 

sehr  -  jodu  bilan  bog‘lik.  SHu  boisdan  ham  ertaklar  fantastika 

elementlarining tutgan o‘rniga qarab tasnif etiladi. 

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida shunday ertaklar ham borki, ular-da sehrli 

narsalar  ham  tasvirlanadi.  Qahramon  sehrli  narsaga  erishish  uchun  biror  bir 

yaxshilik  qilishi  kerak.  Bu  o‘rinda  xalqimizning  «YAxshilikka  yaxshilik» 

aqidasi  namoyon  bo‘lgan.  Masalan,  «Qorajanboy»,  «Ur  to‘qmoq»,  «Ochil 

dasturxon»,  «Oltin  tarvuz»  singari  ertaklar  shular  jumlasidandir.  Agar 

miflarda  yaxshilik  bilan  yomonlik  o‘rtasidagi  kurash  xudolar,  ma’budlar  va 

ularning  yordamidagilar  yarim  odam,  yarim  hayvon  siymolarida  tasvirlansa, 




 

13 


ertaklarda  qahramon  endi  o‘z  kuch-qudratiga  ishongan  holda  zulmga  qarshi 

kurashdi.  Sehrlangan  tilsimli  narsalar  esa  faqat  unga  yordam  beradi. 

Ko‘rinadiki, 

fantastika 

asta-sekinlik 

bilan 


ertak, 

afsona, 


rivoyat, 

dostonlardagi  tasvirlarda  real  inson  hayotiga,  iurmushiga  yaqinlashib  kela 

boshlagan. 

O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodidan  fantastik  elementlarning  ta’siri  ostida 

o‘zbek mumtoz adabiyotida fantastik tasvir maydonga kelgan. 

O‘zbek  mumtoz  adabiyotida  fantastik  tasvirni  dnyarli  ko‘pchilik 

ijodkorlar  asarlarida  uchratishimiz  va  tahmilga  jalb  etishimiz  mumkin. 

Jumladan, 

Rabg‘uziyning 

«Qissasi 

Rabg‘uziy» 

Xorazmiyning 

«Muhabbatnoma»,  Navoiy  «Xamsa»sida,  Majlisiyning  «Qissa  Sayfulmulik» 

singari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Biroq, malakaviy ishimizning hajmini 

inobatga  olgan  holda  faqat  Navoiy  «Xamsa»si  tarkibidagi  «Farhod  va 

SHirin»  «Sa’ban  sayyor»  va  «Saddi  Iskandariy»  dostonlaridagi  fantastik 

tasvirlarni tahlil etishga jazm etdik. 

Navoiy  dostonlarida  fantastik  tasvirlar  tasodif  emas,  chunki 

birinchidan,  ular  judayam  ko‘p,  ikkinchidan,  ular  ma’lum  ma’noda  e’tiqod 

tasavvurlarini  aks  ettiruvchi  fantastika  emas,  balki  shoir  g‘oyalarini 

ifodalovchi badiiy uslub sifatida ko‘zga tashlanadi. 

 

Navoiy  asarlaridagi  fantastika  elementlarini  tahlili  ularning  turli-



tumanligini  ko‘rsatdi  va  uni  biz  nisboton  uchta  guruhga  ajratishni  ma’qul 

ko‘rdik.  Birinchisi,  sof  fantastik  elementlar:  ikkinchisi  –ilmiy  fantastik; 

uchinchisi  noilmiy  fantastik  elementlari.  Bu  tasnifni  biz  R.Ibrohimova  fikr-

mulohazalariga tayangan holda berayapmiz.

7

 

Ma’lumki,  Navoiyning  «Farhod  va  SHirin»  dostoni  qahramonlik 



mavzusidagi  asardir.  Biroq,  uning  asosiy  motivi  sevgi-muhabbatdir.  Farhod 

va SHirin muhabbati, sevgisi Navoiyning dostondagi ko‘zlagan bosh maqsadi 

                                                           

7

 Ибрагимова Р. Жанр научной фантастики в узбекской советской литературе. Ташкент «Фан», 1987, стр 22. 




 

14 


va  g‘oyasini  ochishga  qaratilgan  asarning  tamal  toshidir.  SHoir  sevgi-

muhabbat  motivini yoritish uchun realistik, romantik va fantastik usullardan 

va  obrazlardan  foydalanadi.  Doston  tuzilishida  biz  uchta  asosiy  fantastik 

epizodlarni ko‘ramiz: 

1)  Farxodning  birinchi  qahramonligi.  Uning  g‘orga  kirib  ajdoho  va 

devlar  bilan  olishuvi  va  g‘orda  Aflotun  xazinasini  topishi,  Sulaymonning 

sehrli qilichi va qalqoniga ega bo‘lishi. 

2) Farhodning ikkinchi qahramonligi. Uning zulmat ruhi Axriman bilan 

olishuvi va Sulaymonning sehrli uzukiga ega bo‘lishi. 

3) Farhodning uchinchi qahramonligi. Iskandar tilsimini echishi, Suqrot 

oldiga toqqa chiqishi va u erda «Oynai jahon» tilsimini echishi. 

Dostondagi  bu  tasvirlar,  epizodlar  tuzilishi  va  mazmun  e’tibori  bilan 

ertaklar motivini eslatadi. Biroq, ko‘z o‘ngimizda  masnaviyda berilgan ko‘p 

motivli  erkak  yoki  ishqiy-romantik  dostonlarga  yaqin  bo‘lgan  folklor  janri 

gavdalanmaydi. Aksincha, ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan yo‘g‘irilgan, shoir 

g‘oyasini  iste’foda  etuvchi,  real  obrazlar,  qahramonlar  xatti-harakatini 

dalillaydigan  ruhiy  holatlar,  qahramon  ruhiy  olamini  ko‘rsatuvchi  epizodlar 

sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarni biz folklorda ko‘rmaymiz. SHu 

jihati bilan ham badiiy epos folklordan farq qiladi. 

Doston boshida  Farhod  qo‘lga  kiritgan  Sulaymonning  sehrli  qilichi  va 

qalqonini,  uzukini  asar  syujetini  rivojlanishining  boshqa  biror-bir  o‘rinda 

ishlatmaydi.  Zero,  bunga  zaruriyat  ham  yo‘q.  SHoirning  muddoasi  ham  bu 

emas.  CHunki,  Farhod  har  tomonlama,  jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan 

kamolatga  erishgan,  deyarli  barcha  ilm-hunarlarni  o‘rganib,  ularni 

amaliyotda  qo‘llay  oladigan,  Navoiy  orzu  qilgan  komil  inson  bo‘lib 

etishgandi.  Demak,  doston  boshidagi  fantastik  epizodlarni  berishdan 

gumanist  shoir  Navoiyning  bosh  maqsadi,  Farhodni  real  hayotiy 

turmushdagi,  xususan,  uning  taqdiridagi  murakkabliklarni,  sinovlarni 




 

15 


engishga  qodir  ekanligini,  buning  uchun  Farhodda  etarlicha  jismoniy  kuch-

quvvat,  bilim  borligini  ko‘rsatishdan  iborat  edi.  Eng  asosiysi,  Navoiyning 

SHirin tilidan aytilgan ta’bir bilan aytganda: 


Download 238,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish