Abdullaeva I uzbek adabiyotida fantastika janri



Download 238,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana29.12.2021
Hajmi238,62 Kb.
#76937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ozbek adabiyotida fantastika janri

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

21 


II-BOB 

O‘ZBEK FANTASTIKASI YANGI BOSQICHDA 

Ma’lumki,  ilmiy  fantastikaning  shakillanishi  XX  asrning  ikkinchi 

yarmiga-ijtimoiy 

taraqqiyotidagi 

ijtimoiy-iqtisodiy, 

ilmiy-texnikaviy 

taraqqiyotning  misisiz  ravishda  rivojlanish  davriga  to‘g‘ri  keladi.  «O‘tgan 

asr oxirida,-deb yozadi Gerbert Uells,-sehr-jodudan hech kim ajoblanmasdi, 

hech  kim  unga  va  uning  natijalariga  ishonmasdi.  SHunday  bir  vaqtda 

hayolimga  bir  fikr  keldi.  Kitobxonni  iblis  yoki  ko‘zboylag‘ich,  sehrlar  bilan 

duch  keltirish  o‘rniga,  agar  sen  ozgina  hayol  qila  oladigan  bo‘lsang,  fan 

ko‘rsatgan  yo‘ldan  borish  mumkin.  Bu  katta  kashfiyot  emas  edi.  Men  faqat 

eski  feteshni  yangisi  bilan  almashtirdim,  xolos.  Imkoniyat  darajasida  uni 

haqiqiy nazariyaga yaqinlashtirdim».

8

 



Jahon adabiyotida ilmiy fantastikaning yorqin namunalari Jyul Vern va 

Gerbert Uellsgacha ham uchraydi. Xususan, Tamazzo Kampanellaning 1623 

yilda  yaratgan  «Quyosh  shahri»,  Frensis  Bekonning  1627-yilda  yaratgan 

«YAngi  Atlanta»,  Jonnaton  Sviftning  «Gulliverning  sayohatlari»  singari 

asarlarini e’tirof etish mumkin. Bu asarlarda fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy 

taraqqiyot  g‘oyalari  tashviq  etiladi.  Biroq,  baliiy  adabiyotning  bir  tarmog‘i 

sifatida, yangi mustaqil turi sifatida ilmiy fantastika J.Vern va G.Uells ijodida 

har  tomonlama    taraqqiy  etdi.  Bu  albatta,  boshqa  xalqlarning  milliy 

adabiyotlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 

Bugungi  kunda  o‘zbek  fantastikasiga  Mahkam  Mahmudov,  Tohir 

Malik,  Xojiakbor  SHayxov,  Murod  Xidir,  Anvar  Qosimov  singari  yosh 

ijodkorlar poydevor qo‘yib kelmoqdalar.  

Ilmiy  fantastik  janrda  yozilgan  ilk  asar  G‘.Jahongirov  qalomiga 

mansub bo‘lib, u 1969 yil «Gulxan» jurnalining 3-sonida nashr etilgan edi. 

                                                           

8

 Уэллс Г. Сочинения. Т.14. Москва, 1964, 351-бет 




 

22 


1974  yil  yozuvchi  Tohir  Malik  o‘zining  fantastik  hikoyalarini  to‘plab 

«Qora farishta» nomi bilan nashr ettirdi. 

1977  yil  Toshkentda  «Fan  va  turmush»  jurnali  qoshida  yosh  o‘zbek 

fantas yozuvchilarining kengashi tuzilgan edi. 

Bu davrda ham o‘zbek fantastik adabiyoti jahon adabiyotidan o‘rganish 

bosqichida  edi.  SHu  boisdan,  u  hali  jahon  fantastik  adabiyotida  asosiy 

g‘oyalar  va  estetik  yo‘nalishlarga  tayangan  holda  uning  yutuqlarini  davom 

ettirishi  hamda  rivojlantirishi  zarur  edi.  CHunki  o‘sha  vaqtdagi  adabiyo 

tanqidchilar  Tohir  Malikning  «Qora  farishta»  asari  Aleksand  Belyaevning 

«Odam-amfibiya»,  «Professor  Douelning  boshi»  asarlariga  juda  o‘xshab 

ketishini  ro‘kach  qilib,  tanqid  qilgan  edilar.  Bu  esa  endigina  yuzaga 

kelayotgan o‘zbek fantastik adabiyotining tomiriga bolta urushga o‘xshar edi. 

Har  qanday  san’atning  umumbashariy  adabiy  mavzulari  bo‘lganidek, 

fantastik  adabiyotning  ham  o‘ziga  xos  va  o‘ziga  yarasha  umumboshariy 

abadiy mavzulari bo‘lishi tabiiydir. 

Hikoya  qahramoni,  g‘arblik  ajnabiy  olim  Belden,  guyo  gumanistik 

qarashlar  ostida  boshpanasiz  bolalarni  yig‘ib,  ular  ustida  dahshatli  tajriba 

o‘tqazib,  ularning  bosh  miyasidagi  ayrim  markazlarni  olib,  katta  odamlarga 

transpalitatsiya  qiladi.  U  o‘zining  «ilmiy»  tajribalari  bilan  bir  tomondan, 

puldor  odamlarning  umrini  uzaytirsa,  ikkinchi  tomondan,  kambag‘allarni 

«ishlab  chiqarish»  quroliga»  aylantirib,  qul  qiladi.  Belden  falsafasiga  ko‘ra 

insoniyat  fan  bilan  shug‘ullanadigan,  davlatni  boshqaradigan  hamda  tirik 

robotlar-ularning  iroda,  bo‘yrug‘iga  bo‘ysunadiganlardan  iboratdir.  Tohir 

Malikning  bu  asari  ilm-fanni  sovuq,  ruhiyatsiz  texnokratiyadan  ajratishga 

chaqiradi. 

Mahkam Mahmudovning «Men-men emas» hikoyasi ham «fizik»lar va 

«lirik»lar  bahsi  mavzuiga  bag‘ishlangan.  Asarda  an’anaviy  fantastik 

kolloziya  ustun.  Nem  o‘qiydigan  San’at  Akademiyasida  yangi  rasm 




 

23 


o‘qituvchisi  Xamavining  paydo  bo‘lishi  bilan  behisob  va  rang-barang  tabiat 

boyliklari  insoniyatni  foydali  mehnatdan  uzoqlashtiradi,  degan  g‘oya 

tarqaladi.  Ko‘p  yillik  ilmiy  tadqiqotlar  natijasi  xam  yangi  inson  ko‘zlarini 

yaratadi.  Bu  ko‘zlar  tabiatga  bir  xil  «sovuq»  qarosh  standart  nazar  qiliga 

qaratilgan.  Nem  har  bir  o‘quvchi  ko‘zlarini  ana  shu  «robot»  ko‘zlar  bilan 

almashtirishi lozimligini eshitkan vaqtda o‘zini quyarga joy topalmay qoladi 

va shahar chekkasidagi boqqa qanday kelib qolganini bilmaydi. Birdan dovul 

ko‘tarilib,  yomg‘ir  yog‘ib  momoqoldiroq  gumbirlaydi  va  Nemni  uning  olov 

nayzasi uradi... U xushiga kelganda yonidagi yosh yigitni ko‘radi. Bu uning 

ikkinchi Meni edi. 

Hikoyada hissiz inson qoralanadi. To‘g‘ri, Nemning eng yaxshi sifatlari 

uning  ikkinchi  tomonida  qolsa  ham,  asar  yaxshilik  bilan  tugaydi.  Nem 

o‘zining asliga qaytadi. Asarda sevgi, yuksak his tuyg‘uli inson ulug‘lanadi. 

O‘zbek  adabiyotida  yaratilgan  yana  qator  yozuvchilarning  asarlarini 

tahlilga  jalb  etishimiz  mumkin.  Biroq,  endi  biz  faqat  Hojiakbor  SHayxov 

asarlaridan  ayrimlarini  tahlil  etishni  ma’qul  ko‘rdik.  CHunki  Hojiokbar 

SHayxov o‘zbek adabiyotida faqat fantast yozuvchi sifatida mashhurdir. 

Hojiakbor SHayxov ilmiy fantastika rivojini o‘ylab, «Olmos jilosi» deb 

nomlangan  qissalar  turkumini  yaratdi.  Bunday  turkum  yozishning  o‘ziga 

yarasha  mashaqqatlari  ma’lum.  Binobarin,  katta,  to‘laqonli  qahramon 

obrazlari  zarur.  YAna  boshqa  ko‘p  narsalarni  bilish,  his  qilishning 

muhimligini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi.  

YOzuvchi  o‘z  asarida  kelajakka  nazar  tashlar  ekan,  fan  va  texnika 

yutuqlari  haqidagina  to‘xtalmay,  birinchi  navbatda,  sotsial  va  psixologik 

problemalarni  ilgari  suradi.  O‘z  faoliyat  maydonini  koinot  miqyosida 

gengaytirgan  kelajak  kishisi  o‘zgaradimi?  Gipotetik  real  istiqbolda  qanday 

qiyinchaliklarga  duch  keladi?  H.SHayxovning  «Alanga»  qissasi  shu  nuqtai 

nazardan e’tiborga sazovor. Qissada voqealar olis Verga sayyorasida kechadi. 




 

24 


Bu erda odamlar foydali qazilmalar kovlab olish bilan mashg‘ul. Konlarning 

birida qaltis vaziyat paydo bo‘ladi: odamlar insoniy muloqotdan qochishadi, 

noma’lum  tabiatli  «mastlik»  holatlariga  tushishadi  va  hokazo.  Vergaga 

bularning  sababini  aniqlagani  yosh  fazogir  Olmos  Azizov  yo‘l  oladi.  Qissa 

o‘ziga xos detektiv janrda yozilgan, lekin bu an’anaviy detektiv emas. Olmos 

Azizov  uzoq  va  mashaqqatli  izlanishlardan  so‘ng  inson  ojizligini  yuzaga 

keltirgan  sababning  tagiga  etadi..  Adib  favqulodda  holatlar  tasviri  zaminida 

odamning yangi, g‘ayrioddiy sharoitdagi xulq-atvori muommosini ko‘taradi. 

Kelajakda ochiladigan ilmiy kashfiyotlar har bir odamga olis fazoga sayohat 

qilish  imkonini  beradi.  Fazogirlarni  uzoq  yillar  tayyorlash,  insonning 

jismoniy  va  psixik  salomatligiga  talabchanlik  va  qat’iy  tekshiruvlar  bekor 

qilinadi.  Ammo,  kosmos  hamisha  o‘z  tilsimlariga  egaki,  ularning  inson 

organizmiga  ta’sirini  avvaldan  aytib  bo‘lmaydi.  Insoniyat  qanchalik 

mukammallik  va  kamolot  sari  intilmasin,  uning  saflarida  baribir  irodasi 

kuchli  odamlar  bilan  birga  ruhan  ojizlar  ham  mavjud  bo‘lib  qolaveradi. 

Boshqa  sayyoralardagi  sharoit  esa,  ayrim  odamlarda  allaqachon  yo‘qolib 

ketgan  salbiy  instinkt  va  odatlarni  qayta  uyg‘otishi  mumkin.  Bu  xildagi 

tasodifiy  holatlarga  qarshi  inson  qanday  kurashishi  kerak?  Qissa  markaziga 

qo‘yilgan  konfliktning  hozirgi  real  voqeligimizga  ham,  shubhasiz,  aloqasi 

bor: Erdagi odamzot hayoti avloddan-avlodga yaxshilanib borayotir, texnika 

insonni  og‘ir  ishlardan  ozod  qilyapti,  fan  hayotimizga  tobora  chuqurroq 

tarmoq yozib, meditsina umrimizni uzaytiryapti, dori-darmonlar esa mushkul 

dardlardan  xalos  etyapti..  Lekin  bu  jarayonning  aks  tamoni  ham  yo‘q  emas. 

Hayotda uchraydigan har qanday qiyinchiliklarga inson organizmi ilgari ko‘p 

darajada moslashgan bo‘lsa, endi ana shu qiyinchiliklarga qarshilik qobiliyati 

susayib boryapti. Mazkur problemaning shu kunlarimiz uchun ham xarakterli 

ekani  har  holda  isbottalab  gap  emas.  H.SHayxovning  «Alanga»  qissasining 

dolzarbligi ham, bizningcha, mana shunda. 




 

25 


Biz  ishimizda  «Olmos  jilosi»ga  kirgan  barcha  qissalarni  batafsil  tahlil 

qilib  bermoqchi  emasman.  Bunday  qilish  o‘quvchilarni  asarning  o‘tkir 

syujeti, qiziq taqdirli qahramonlari bilan yakkama-yakka uchrashish baxtidan 

mahrum  etishday  bir  gap.  «Olmos  jilosi»  kitobida  ilmiy  farazlar,  notanish 

sayyoralar, jumboqlar tasviri istagancha toriladi. Lekin adib ana shu tasvirlar 

ichida  qo‘milib  qolmaydi.  YOzuvchini  birinchi  navbatda  qahramonlarning 

ruhiy-axloqiy  olami,  ularning  hayoti  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ijtimoiy 

muammolar  qiziqtiradi.  SHu  ma’noda  fazogir  Olmos  Azizovning  insoniy 

istiroblari,  ezgulik  yo‘lida  olib  borgan  intilishlari  va  kurashlari  o‘quvchini 

loqayd qoldirmaydi. 

Verga  sayyorasida  nur  tarqatuvchi  maxluqotlar  yashashi,  Reyadagi 

«qora-qurtlar»  -  qora  toshlarda  ongli  hayot  izlarining  bor  yoki  yo‘qligi 

masalasi va nihoyat, «qora tuynuk» muammosi - bularning barchasi ishchini 

ham, talabani ham, tadbirkorni ham, olimni ham bab-baravar qiziqtiradi. 

Adib  nima  haqda  hikoya  qilmasin,  Verga,  Reya  planetalarining  paydo 

bo‘lishi haqidami yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, qora ilonlar, qora 

toshlar haqidami, yangi-yangi ilmiy gipotezalar o‘rtaga tashlanadi. Lekin bu 

tasvirlarning barchasi qahramonlar ongi, tushunchasi, ularning ruhiy-ma’naiy 

olami orqali o‘tadi. 

Umuman,  ilmiy-fantastik  adabiyotda  eng  qiyin  nuqtalardan  biri  tahlil 

bilan ruhiy tahlilning o‘zaro dialektik birlikda tasvir qilinishi masalasidir. 

Hojiakbar SHayxovning «Olmos jilosi» deb nomlangan ilmiy-fantastik 

qissalar turkumida ana shu uyg‘unlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 

Asarda  munozarabop  o‘rinlar  ham  yo‘q  emas.  Lekin  asosiy  gap 

shundaki,  adib  bu  kitobi  bilan  inson  hamisha  inson,  u  hech  qachon  davr, 

jamiyat oldidagi yuksak grajdanlik burchini unutmasligi kerak, degan g‘oyani 

badiiy ifoda qilib bera olgan. 



 

26 


Ma’lumki,  Islom  dini  o‘zbek  xalqi  ma’naviy  birligining  asoslaridan. 

Biroq  islom  dingina  emas,  madaniyat,  ma’naviyat  va  hayot  tarzining  uzviy 

qismi ham. Uning mag‘zida taraqqiyot imkonitlari, ijodiy quvvat va mutassil 

harakatning  katta  kuchi  yashirin.  Islom  qadriyatlari  -  o‘lmas  qadriyatlar. 

Islomda  abadiy  g‘oyalar  barqarorligining  bir  siri  shundaki,  bu  din  asrlar 

mobaynida 

umuminsoniy 

qadriyatlarni 

o‘zida 

mujassamlashtira-

mujassamlashtira ravnaq topib kelyapti. Bundan tashqari Qur’oni Karimning 

o‘zi  olamiy  fikr  va  umuminsoniylikni,  individuallik  va  umumiylikni  aks 

ettiradi. 

Insonning ichki dunyosi - qalbi va ruhiga taalluqdir. Har ikki jabha ong 

va  tafakkur  ko‘priklari  bilan  tutashgan.  Tarixda  ularning  munosabati  turli 

shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadimgi YUnonistonda Sukrot, Aflotun, Arastu 

uchun fan va din deyarli ayni bir soha - falsafadan iborat bo‘lib, u «fizika» va 

«matematika»  qismlariga  bo‘lingan.  Keyinroq  matematika,  astronomiya  va 

tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘rtasida uyg‘unlik saqlangan. 

Xuddi  shunday  munosabat  Konfutsiy,  Farobiy,  ibn  Sino  va  boshqa  sharq 

mutafakkirlari  faoliyatida  ham  kuzatiladi.  Alisher  Navoiy  hayotida  esa  din, 

fan va adabiyot hamda siyosat yaxlit tizim hosil qilgan. Inson ongli mavjudot 

sifatida  o‘z  milliy  va  madaniy  hayotiga  oid  muammolarnigina  emas, 

ruhiyatidan kelib chiqadigan masalalarni ham chetlab o‘tmaydi. Ular orasida 

fan javob bera olmayotgan savollar oz emas. 

70 yil davomida SHo‘ro tizimi islomni ta’qib qilib keldi. Istiqlol dinga 

erk  bergach,  dindorlar  orasida  arboblikka  moyillik,  siyosatga  aralashuv, 

hokimiyatga intilish, dinning tashqi ramzii belgilariga e’tiborni kuchaytirgan 

holda uning tub mohiyati, qalbini poklashni unutish kabi g‘alati hodisalarning 

shohidi bo‘ldik. Bu hodisalarning cho‘qqisi yurtimizga mutlaqo begona oqim 

-  vahhobiylikning  kirib  kelishi  edi.  Millat  taqdiri  uchun  qaltis,  hol  qiluvchi 

davr  bo‘lgan  90  yillar  boshida  ommani  bir  tug‘  ostida  jiplashtirish,  el-yurt 




 

27 


tinchligi,  farovon  hayoti  yo‘lida  zahmat  chekayotganlarga  madadkor  bo‘lish 

o‘rniga  «musulmonchilikni  VII  asrga  qaytarish»,  asl  islomiy  davlat  tuzib, 

«haqiqiy  iymonli  zot»larni  tarbiyalash  kabi  bema’ni,  islomning  tub 

mohiyatiga  zid  g‘oyalarni  ko‘tarib,  xalqni  mahdudlik  sari  undadilar, 

mutaassiblikka berdilar. 

Holbuki,  jamiyat  uchun  din  zaruriy  extiyoj  axlokiy  tarbiya  -  dinning 

birinchi  galdagi  vazifasi.  Ajdodlarimiz  yoshlarni  halol  va  pok  qilib 

tarbiyalash  tizimini  yaratganlar.  Bu  tizim  asosan  pandu  nasihatdan  iborat 

bo‘lgan, din - ezgulik, din - nasihat. 

Asrlar  davomida  ajdodlarimiz  Qur’oni  Karim  va  hadisalar  asosida 

to‘g‘rilik,  oliyjanoblik,  mardlik  kabi  insoniy  fazilatlarni  tarbiyalovchi 

kodeksni  ishlab  chiqqanlar.  Bugun  u  butun  dunyoda  «go‘zal  islom  axloqi» 

degan nom bilan e’tibor topmoqda. 

Kodeksning har bir moddasi zamirida xalqimizning ming yillik hikmati 

bor.  Biz  bu  axloq  normalarini  xalq  maqollarida  ham,  «Temur  tuzuk»larida 

ham, hatto ertaklarda ham ko‘ramiz. Navoiy asarlari boshdan-oyoq xuddi shu 

g‘oya bilan sug‘orilgan. Jadid ma’rifatparvarlarining orzu-armonlari shunday 

axloqli erkin jamiyat edi. Kodeksning asosiy qismi umuminsoniy qadriyatlar 

toifasiga kirishish ham ta’kidlash joiz. 

Din  hoh  oila,  hoh  maktab  yoxud  jamiyatda  bo‘lgan,  axloqiy  tarbiya 

uchun  mas’ul,  hatto,  axloq  dinning  bosh  va  yagona  vazifasi  desak  xato 

qilmaymiz.  Zotan,  axloq  yo‘q  joyda  din  yo‘q.  Xullas,  fan  davlatning 

iqtisodiy-ijtimoiy  quvvatini  ta’minlovchi  omil  bo‘lsa,  din  jamiyatning 

axloqiy  va  ruhiy  qudratini  ta’minlaydi.  SHu  jihatdan  ular  bir-birini 

to‘ldiruvchi ijtimoiy ongning ajralmas qismlaridir. 

Hojiakbar Islom SHayxning «Tutash olamlar» fantastik romanida xam 

huddi  shu  masalalar  qalamga  olinadi.  Bu  asarda  umuminsoniy  qadriyatlar, 

inson va foniy dunyo, inson va boqiy dunyo, inson va koinot, din va tarix, din 




 

28 


va  bugungi  kun,  din  va  kelajak,  din  va  fan  haqidagi  go‘zal  mushohadalar 

talqin qilinadi.  

Kitobxonlar  ommasiga  o‘zining  hikoyalari,  qissalari,  romanlari  bilan 

kupdan  beri  tanilib  qolgan  Xojiakbar  SHayxni  ilmiy-fantastik  adabiyotning 

qaldirg‘ochlaridan  biri  deb  atasa  bo‘ladi.  Bu  gapni  eshitgan  odam  taajjub 

qilishi  mumkin:  -Nega  endi?    Nahotki,  fantastika  Xojiakbar  SHayxovdan 

boshlansa?  O‘zbek  adabiyotida  undan  avval  fantastika  bo‘lmaganmi?  Yo‘q, 

albatta.  Fantastika  X.SHayxov  dunyoga  kelmasdan  burun  xam  bor  edi. 

«Fantastika»  deganini  bir  so‘z  bilan  «xayolot»  deb  xam  atash  mumkin. 

Xayolot  esa  inson  tafakkurining  mangu  hamrohi.  Adabiyot,  qolaversa,  ijod 

fantastika  bilan,  xayolot  bilan  birga  tug‘iladi  va  u  bilan  qadam  baqadam, 

hamnafas  taraqqiy  etadi.  Bundan  necha  un  ming  yillar  avval  yaratilgan, 

ibtidoiy  ajdodlarimiz  g‘orlarining  devorlariga  qing‘ir-qiyshiq  qilib  chizib 

ketgan  rasmlarda  ham  fantastika  bor,  xalq  og‘zaki  ijodi-chi?  O‘zi  uchar 

gilamlar,  qanotli  otlar,  uch  boshli  ajdarlar  va  yana  allanima-balolar...  Bular 

xam  fantastikaning ijod  bilan  uzviy  birgalikda  qadam  tashlashini  ko‘rsatadi. 

SHunisi xam borki, bu hodisa faqat o‘zbeklargagina xos emas. Mashhur xind 

eposlari  «Maxabxarata»,  «Ramayana»,  «SHuka  saptati»,  «Kamila  va 

Dimna»,  arab  ertaklari  «Ming  bir  kecha»  va  boshqa  xalqlarning  afsona  va 

rivoyatlari.  YOzma  adabiyotda  xam  shundoq  Firdavsiyning  o‘lmas 

«SHohnomasi»da  fantastika  qanchalik  kuchli  bo‘lsa,  Alisher  Navoiy 

dostonlarida  ham  shunchalik  keng  o‘rin  tutadi.  Evropa  adabiyotidagi 

Galliverning  Myunxgauzenlar,  Faustlar  va  boshqa  yuzlab  obrazlar,  buyuk 

Gogolning ijodi, rus folklori fantastikaning juda qadimiy va barqaror hodisa 

ekanini  yaqqol  isbot  qilib  turibdi.  Xullas,  adabiyot  fantastikasiz  bir  qadam 

ham  oldinga  siljiy  olmaydi.  Xo‘p,  shundoq  ekan,  nega  endi  XX  asrning 

ikkinchi  yarmida  ijod  qilgan  bir  yozuvchini  o‘zbek  ilmiy  fantastikasini 

boshlab  bergan  qaldirg‘ochlardan  biri  deb  atamaslik  kerak?  Buning  boisi 




 

29 


shundaki,  avvallari  fantastika  ijodning  bir  unsuri  sifatida  kuringan  muayyan 

davrda esa u ijodning tulaqonli, mustaqil bir bo‘lagi, o‘z mavzu doirasiga, o‘z 

poetikasiga  ega  bo‘lgan  alohida  janr  sifatida  shekllana  boshladi.  Bujarayon, 

ayniqsa,  XX  asrda  kuchayib  ketdi.  Negaki,  bu  asrga  kelib,  ilm-fanning 

jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos kuchayib ketdi. Fanning xamma sohalarida 

aql  bovar  qilmas  olamshumul  kashfiyotlar  yuzaga  keldi.  Ular  jamiyat 

hayotiga  juda  katta  ta’sir  ko‘rsatdi,  odamlarning  turmush  tarzini 

o‘zgartiribgina  qolmay,  tafakkurini  ham  yangi  solib  yubordi.  Ilmiy 

kashfiyotlar  mislsiz  qulayliklar  tug‘dirishi  bilan  birga  tahlikali  xaft-xatarlar 

ham olib keldi. Natijada insoniyat yangi-yangi chigal muammolarga ro‘para 

kela  boshladi.  Ularni  hal  qila  olmay  boshi  berk  kuchalarga  kirib  qola 

boshladi.  Bularning  bari  jamiyatda  ilmga,  uning  kashfiyotlarga  qiziqishni 

kuchaytirdi.  Odamlar  faqat  bugungi  kunga  emas,  ertagi  kunga  xam,  o‘z 

takdirlariga xam tez-tez nazar tashlay boshladilar. Bularning bari butun jaxon 

miqyosida  ilmiy  fantastikaga  mislsiz  qiziqishni  vujadga  keltirdi.  SHu  tarika 

XX  asr  o‘rtalariga  kelib  butun  dunyoda  fantastik  adabiyot  gurillab  avj  ola 

boshladi.  SHunisi  kishini  mamnun  qiladiki,  o‘zbek  adabiyoti  ham  va  bu 

jarayondan  chetda  qolgani  yo‘q.  Biroz  kechikib  bo‘lsa  xam,  ya’ni  60-

yillarning  oxiri  va  70-yillarning  boshlaridan  ilmiy-fantastik  janr  o‘zbek 

adabiyotida xam o‘z qonuniyatlariga, o‘z spetsifikasiga ega bo‘lgan mutlaqo 

mustaqil janr sifatida shakllana boshladi.  

Bugungi  nasrimizdagi  yangi  jarayonlar,  ma’naviy,  shakliy-uslubiy 

izlanishlar  ko‘proq  roman  janrida  namayon  bo‘layotir.  Ayniqsa,  so‘z 

san’atining  o‘zak  masalasi-insonni  anglash,  inson  tabiatining,  qalbining 

tushunish-tushuntirish qiyin bo‘lgan sir-sinoatlarini taftish etish, eng muhim, 

bu  borada  odatdagi  andozalardan  qochib,  yangi  yo‘llari  axtarish  etakchi 

tamoyiliga aylanib borayotir. 



 

30 


    1996 yili jurnallarda yoki to‘la kitob holida chiqqan SHukur Xolmirzaning 

“Dinozavr”,  Abbos  Saidning  “Besh  kunlik  dunyo”  SHoyim  Bo‘taevning 

“Qurg‘onlangan  oy”,  Oman  muxtorning  “Ffu”,  “Ayollar  mamlakati  va 

saltanati”, Erkin Samandarning “Tangri qudug‘i” asarlari har biri jiddiy bahs 

munozaralar, ilmiy mushohoda, tahillar uchun materiallar bera oladi. 

“Dinozavr”  romani  mavzu-materiali,  mazmunin  darijasi  jihatidan 

zamonaviy  asar  unda  shu  kunning  nafasi  ufurib  turibdi,  mamlakatdagi, 

jarayonida odamlar hayoti, tabiati ruhiyati, taqdirida, o‘zaro munosabatlarida 

yuz  berayotgan  o‘zgarish,  evrimishlar  qalamiga  olinadi,  odamlarning  shu 

kungi  kayfiyati  bamisoli  ko‘zuga  solib  ko‘rsatiladi.  Dadil  aytish  mumkinki, 

hozirgi  tub  burilish  asnosidagi  odamlar  ruhiyatidagi  evrilishlar,  ularning 

kayfiyati o‘zbek adabiyotida ilk bor “Dinozavr”  orqali roman ko‘zgusida o‘z 

aksini topdi. 

“Dinozavr”  muallifi  dolzarb  mavzuni  qalamga  olgan  ekan,  bu  bilan 

o‘tmishda  bo‘lganidek  hozirgi  ijtimoiy  jarayonlarda  shunchasi  munosabat 

bildirish, nimanidir tasdiqlash, ulug‘lash yoki nimanidir rad etish, qoralashni 

o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygan  emas,  balki  so‘z  san’atining  asl    tabiati, 

maqsadi,  vazifasidan  kelib  chiqqan  holda,  inson  jumbog‘i,  aniqrog‘i,  inson 

tabiati, ruhiyatining tufa jilvalari yangi qirralari, nag‘malari, sir-sinoati bilan 

qiziqadi.  

Bugun  kechagiday  asarda  gaplarni  aytish,  jiddiy        ijtimoiy-axloqiy 

mummaolarni  ko‘tarish  bilangina  e’tibor  qozonish  qiyin,  inson  qalbi,  tabiati 

haqidagi  haqiqatning  yangi  jihatlarini  kashf  etish  yo‘li  bilangina  hozirgi 

ma’rifatli, didli kitobxon ko‘ngliga yo‘l topish mumkin. “Dinozavr”  romani 

ayni  shu  jihati  bilan  sizu  bizning  e’tiborimizni  tortadi,  bizni  asar 

voqealarining, 

personajlar 

davrasining 

ishtirokchisiga, 

suhbatdoshga 

aylantiradi.  Biroq,  asardagi  eng  katta  jumboq-bosh        qahramon  Mahkam 

obrazdir. Mahkam ham  pok, soddadil, samimiy inson sifatida, ham iste’dodli 




 

31 


adib,  mohir  taraqqiyparvar  kinorejissyor  sifatida  tub  burilishi,  o‘zgarishlar 

jarayonida  yangi  sharoitga  moslasholmay  qiynaladi.  Mohiyat  e’tibori  bilan 

bu  odam  mustabid  tuzim  jabrdiydalari  toifasiga  mansub  otasi,  tog‘asi  yaqin 

odamlari  el-yurt  qayg‘usi  bilan  yashagan  ziyoli  odamlar  bo‘lgan  otasi 

qatog‘onga  uchragan.  Istiqlol  tufayli  ajdodlari,  o‘z  ko‘nglidagi  orzu-niyatlar 

ushala  boshladi.  SHunday  bo‘la  turib  nega  endi  bu  odam  yangi  sharoitga 

darhol  moslasha  olmaydi.  Gap  hayotning  murakkabligi,  asarni  asar,  obrazni 

obraz qiladigan badiiy jumboq ana shunda. 

YAngi ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi osonlikcha kechmaydi. 

“Bozor 


iqtisodiga 

o‘tish” 


davrida 

yuzaga 


chiqayotgan 

murakkab 

munosabatlarni  Mahkam  tipidagi  ijodkor  odam  darhol  hazm  qilishi  qiyin. 

Hayot  tarzining  o‘zgarishi  bilan  ijodga  munosabat,  badiiy  ijod,  san’at 

mezonlari  ham  tubdan  o‘zgardi.  Avvallari  har  qancha  ilg‘or  pozitsiyada 

turgan  bo‘lmasin,  bugun  ijodkor  odam  kechasi  mezonlar  bilan  ish  ko‘rish 

mumkin emas.  

Mahkam  siymosida  biz  mana  shularni  his  etayotgan,  yangilash 

mashaqqatini  boshdan  kechirayotgan  ijodkor  shaxsi  dramasi,  balki  fojeasini 

ko‘ramiz.  SHu  tariqa  Mahkam  o‘tish  davrii  ziddiyatlarini  ham  sodda, 

samimiy  chin  inson,  ham  vijdonli,  iste’dodli  san’atkor  sifatida  namoyon 

ekanligi bilan jozibadir. 

“Dinozavr”  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  quruq  madhiyalardan 

ko‘ra yangi davr odamlari ruhiyatidagi jarayonlarni haqqoniy ko‘rsatuvchi bu 

tur asarlar istiqlol uchun ko‘proq naf keltiradi. Izchil realizm yo‘lidan borib, 

personajlar  ruhiyatini,  turmush  ikr-chikirlarini  tafsilotlari  bilan  ko‘rsatish 

jihatidan  Abbos  Saidning  “Besh  kunlik  dunyo”  romani,  bir  chekkasi, 

“Dinozavr”ga  o‘xshab  ketdi.  Ayni  paytda  bu  asarda  hozirgi  zamon  jahon 

yangi  romanchiligi  tajribalari  usunuslariham  ko‘zga  tashlanadi.  Asar  ayni 

paytda  bu  asarda  hozirgi  zamon  jahon  yangi  romanchiligi  tajribalari  romani 




 

32 


jurnalist  Anvar  ayni  o‘sha  asarlar  ruhida  tarbiyalangan  yangicha  badiiy 

tafakkurga  moyil  shaxs  qahramon  ruhiyati  va  xatti-harakatlari  ifodasida 

muallif  g‘arb  adabiyotida  urf  bo‘lgan  bir  usulni  qo‘llaydi.  Anvar  har  bir 

vaziyatda  ichida  o‘zgacha  o‘ylaydi,  mushohada  yuritadi,  ammo  vaziyatga 

qarab  goho  o‘zgacha  so‘zlaydi,  o‘zgacha  xatti-harakat  qiladi  nega  shunday 

qilayotganini o‘zigacha gapirgani, vijdoniga xilof ishlar qilib qo‘ygani uchun 

ruhan  eziladi,  o‘zini  kechirmaydi.  SHu  tariqa  muallif qahramonni bizga  uch 

xil muhitda - ishida, oilada, ko‘cha-ko‘yda tanish va notanish odamlar bilan 

munosabatda,  ichki  va  tashqi  ziddiyatlar  og‘ushida  ko‘rsatadi.  YOzuvchi 

asarni  haqiqatgo‘ylari  orasidagi  ziddiyatlar  intihosidan,  qahramonni  ishidan 

ketishidan  boshlaydi,  qalamga  olinaverib  siyqasi  chiqqan  ko‘pchilikni 

qiziqtirmaydigan  “ishdagi  ziddiyatlar”ning  batafsil  tasviridan  voz  kechib, 

butun  e’tiborni  ko‘cha-ko‘ydagi  tasodifiy  uchrashuvlar,  muloqotlar  va 

oiladagi  muammo-mojarolarga  qaratadi.  SHunisi  qiziqki,  Anvar  ishda 

to‘qnash kelgan qallob muharrir SHarif YUsupov ham, uning Pirriev singari 

gumashtalari  ham  xarakter  -  obraz  sifatida  bizni  o‘ziga  unga  tortmaydi, 

aniqrog‘i  jiddiy  yangilik  bermaydi.  Qahramon  ko‘cha-ko‘yda  duch  kelgan 

Hakim Mansur, Mahmud Po‘lat, Akbar muallim, Alfiya, To‘lqin, Tursunzoda 

Osiyo,  Mahmud  Daryo,  Farida  opa  -  bularning  har  biri  ajib  xarakteri, 

murakkab,  chalkash  qismati  bilan  o‘ziga  xos  badiiy  jumboq  sifatida  sizu 

bizda  katta  qiziqish  uyg‘otadi.  Bular  bilan  tanishuv,  muloqot  qahramon 

uchun hayot maktabi, iborat, saboq, savob va gunoh darsi, ham quvonch, ham 

ayanch,  ham  o‘y-mushohadalar  manbaiga  aylanadi.  Uning  alomat  ma’rifatli 

talaba  qiz  Osiyo  bilan  uchrashuvlari  hayotidagi  eng  totli  onlardir.  Yigitlik 

umri  davomida  eng  tuban    ketishi  Alfiya  bilan  o‘tkazgan  kechasidir.  Akbar 

muallimning  chigal  sevgi  sarguzashti,  To‘lqin  Tursunzoda  bilan  Mahmud 

Daryoning  ters  tabiati,  mushkul  qimmati,  devonavash,  faqiru  haqir  va  ayni 

paytda  mard,  tanti,  olijanob  havaskar  yozuvchi  Mahmud  Mansur  bilan 




 

33 


bog‘liq  voqealar  -  bularning  har  biri  o‘zicha  mustaqil  qissa.  Romanda  keng 

o‘rin  tutgan,  bir  qarashda  “arzimas”  ikr-chikirlaridek  tuyulgan  oilaviy, 

maishiy hayot sferasi ikki jihatdan e’tiborga molik XX asr Toshkent ahlining 

maishiy 


hayoti, 

etnografik 

manzarasi 

Mirmuhsin, 

O‘.Hoshimov, 

O‘.Umarbekov asarlarida, P.Qodirovning “Olmos kamar” romanida aks etgan 

Abbos  Said  shu  an’anani  davom  ettirib  “Besh  kunlik  dunyo”da  “sof” 

toshkentliklarning  an’anaviy  turmush  tarzini,  aniqrog‘i  79-80  yillardagi 

ko‘rinish,  bor  holiga  mahorat  bilan  gavdalantiradi,  bu  turmushning 

ziddiyatlarini,  musbat  va  manfiy  jihatlarini  ichdan  yoratadi.  Bu  kitobxon 

uchun g‘oyat qiziqarli. 

Dunyoda  hech  bir  xalq  bola-chaqa,  oilaviy-turmush  muammolariga 

bandligi  borasida  biz  bolajon  o‘zbeklar  bilan  tenglama  olmasa  kerak. 

Ehtimol, biz o‘zbeklarning ulug‘ligi ham, ojizligi ham shundadir. Romanning 

ayni  shu  sohaga  bag‘ishlangan  sahifalarini  o‘qiyotib  xayolga  tolasan 

kishi:unda  qalamga  olingan  turmush  girdobidagi  personajlarku  oddiy 

odamlar,  hayotda  ko‘pincha  tarix  g‘ildiragini  boshqa  o‘zanlarga  solib 

yuborgan ulug‘ zotlar, katta aql-zakovat egalari ham kundalik oilaviy maishiy 

hayot  chigalliklari,  turmush  tashvishlari  jumboqlariga  najot  topolmay  ojizu 

notavon qolganlar. 

      Ana  shunday  fazilatlariga  ega  romanni  o‘qib  tugatgach,  negadir 

qalbingizda  kutilgan  katta  o‘zgarish,  balki  g‘alayon,  inqilob  ro‘y  bermaydi. 

«O‘tgan  kunlar»ni  o‘qib  tugatganda  qalbingizda  bo‘ron  qo‘zg‘oladi-ku, 

qarashlaringiz  o‘zgarib  ketadi-ku,  axir!  «Besh  kunlik dunyo»da  ham  buning 

uchun  imkoniyat  bor  edi.  Afsuski,  romanda  turli  shoxobchalar-ishdagi 

ko‘ngilsizlik,  ko‘cha-ko‘ydagi  tanish  va  notanish  kimsalar  bilan  muloqot  va 

nihayat,  oilaviy-maishiy  hayot  jumboqlari  bilan  bog‘liq  yo‘nalishlar 

qahramon  qismati,  ongida  bir  nuqtaga  yig‘ilib,  qudratli  bir  ma’naviy-badiiy 

omilga  aylanmay  qolganday  tuyuladi.  Qarang,  qisqa  muddat  ichida  shuncha 



 

34 


savdolarni  boshdan  kechirgan,  necha  g‘aroyib,  chalkash  taqdir  egalari 

boshiga tushgan savdolar bilan yaqindan tanishgan, fojiy voqyoa-hodisalarga 

guvoh  bo‘lgan  ijodkor  yigit  hayotida,  ongi-qarashida  kutilgan  jiddiyroq, 

o‘zgarish ro‘y bermaydi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  xuddi  shu  kezlarda  o‘zbek  adabiyotida 

ilmiy-fantastik  janrning  bahori  boshlagan  edi.  Bu  bahorni  etaklab  kelgan 

qaldirg‘ochlardan biri Hojiakbar SHayxov edi. 1972 yilda yosh yozuvchining 

«7 ser» degan kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobning nomi nechukdir badiiy asar 

nomiga o‘xshamas edi, ko‘proq mexanika yoxud matematikaga mansub kitob 

nomidek  edi.  Biroq  uning  o‘ta  «ilmiy»  nomidan  cho‘chimay  qo‘lga  olib 

varaqlaganlar  kitobdan  hikoyalar  o‘rin  olganini  ko‘rib  hayron  bo‘lishdi. 

Hikoyalarni  o‘qiganlar  esa  ularning  o‘zbek  adabiyotida  butunlay  yangi 

hodisa  ekanligiga  ilm  muammolari  haqida  badiiy  shaklda  mulohaza 

yurituvchi,  ularni  badiiy  vositalar  orqali  gavdalantirishga  urinuvchi  asarlar 

ekaniga  ishonch  hosil  qilishdi.  Oradan  ko‘p  o‘tmay  muallifning  «Ajib 

yulduzlar»  degan  yangi  kitobi  bosmadan  chiqdi.  Bu  kitob  ham  fantastik 

hikoyalar  va  ilmiy-badiiy  ocherklardan  tarkib  torgan  bo‘lib,  yosh  adibning 

ilmiy  fantastikaga  qiziqishni  o‘tkinchi  havas  emas,  balki  butun  umrga 

ketadigan  astoydil  mayl  ekanidan  guvohlik  beradi.  SHuningdek,  kitobga 

kirgan  asarlar  Hojiakbar  SHayxovning  qalami  asardan  asarga  o‘tkirlashib 

borayotganini,  yozuvchi  o‘z  ustida  astoydil  ishlab  jahon  fantastikasining 

nodir  tajribasini  o‘zlashtirib  borayotganini  ko‘rsatadi.  SHundan  keyin 

Hojiakbar  SHayxovning  o‘z  kitobxonlari  paydo  bo‘la  boshladi.  YOsh 

yozuvchining  asarlari  matbuotda  tez-tez  ko‘rina  boshladi.  Har  xil  nufuzli 

to‘plamlarda,  almanaxlarda,  majmualarga  bosila  boshladi.  SHunday  qilib, 

Hojiakbar SHayxov fantast yozuvchilar armiyasining oldingi saflaridan o‘rin 

ola  boshladi.  Uning  «Ajib  yulduzlar»,  «Ettinchi  operatsiya»,  «Rene 

jumbog‘i»,  «G‘aroyib  ko‘lanka»,  «Ajdodlar  xotirasi»,  «Olma  shu’lasi», 




 

35 


«Telba dunyo» kabi asarlar fantastik adabiyot sohasida sezilarli xodisa bo‘ldi. 

Uning  ayrim  hikoyalari,  qissalari  Parijda,  CHexoslovakiyada,  Bulgoriyada, 

Olmoniya va boshqa mamlakatlarda turli to‘plamlarda nashr etilgan. 

Xo‘sh,  Hojiakbar  SHayxov  asarlarining  o‘ziga  xosligi  nimada?  U 

fantast  yozuvchi  sifatida  nimalarga  e’tibor  beradi,  qanday  muhim  gaplarni 

ko‘tarib  chiqadi?  Bu  savollarga  biron  darajada  qoniqarli  javob  berish  uchun 

uning butun ijodini tahlil qilish kerak. Afsuski, bu muxtasar ishimizda biz bu 

imkonga  ega  emasmiz.  SHuning  uchun  bu  savolga  juda  ixcham  shaklda 

javob  beramiz:  albatta,  Hojiakbar  SHayxov  asarlarida  hozirgi  fantastik 

adabiyotining  xamma  zarur  belgilari  mavjud,  ya’ni  ulardagi  voqealar 

erdagina  emas,  butun  koinotda,  qo‘shni  galaktikalarda  sodir  bo‘ladi. 

Xojiakbar 

SHayxovning 

qahramonlari 

turfa-tuman 

robotlar, 

o‘zga 

sayiyoraliklar, odamlarga o‘xshagan yoxud o‘xshamagan maxluqotlar. Biroq, 



voqealar  silsilasi  qanchalik  g‘ayritabiiy  bo‘lmasin,  qahramonlar  qanchalik 

g‘aroyib  bo‘lmasin  ular  oxir  oqibatida  qay  bir  tomonlari  bilan  erdagi 

odamlarning bugungi hayotiga, bugungi tashvishlarga bog‘lanib ketadi. Adib 

bir-biridan  qiziq,  maroqli  sarguzashtlar  to‘qib  kitobxon  xayolini  band  qilish 

emas, balki insonning mangu muammolarini o‘rtaga tashlab, inson vijdoniga 

murojaat  qilib,  uni  g‘aflatdan  uyg‘otish  va  barkamolroq  qilishni  o‘ylaydi. 

SHuning  uchun  Hojiakbar  SHayxov  asarlarining  zamirida  inson  hayotining 

ma’nosi,  inson  iymoni,  e’tiqodi,  halollik,  poklik  masalalari  yotadi.  Adib 

ilmiy-fantas  shakllarda  ezgulik  va  yovuzlik,  to‘g‘rilik  va  xudbinlik 

o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatadi. Xuddi shu jihatlari bilan Xojiakbar SHayxov 

asarlari  adabiyotiga,  san’at  hodisasiga  aylanadi  va  kitobxonlar  qalbini  zabt 

etadi. 


«Tutash olamlar» Xojiakbar SHayxovning katta epik ko‘lamli asari. Bu 

asar bugungi adabiyotimiz uchun yangilik. Uning yangiligi shundaki, bu asar 

o‘zbek  nasridagi  birinchi  mistik-fantastik  roman.  To‘g‘rirog‘i,  adibning  o‘zi 



 

36 


bu asarini «mistik-fantastik roman» deb nomlagan. Roman eng munozarali va 

eng  qiziqarli  muammolardan  biriga  bag‘ishlangan.  Insonning  tabiati  hayoti 

qanaqa  -  inson  vafot  etishi  bilan  uning  hayoti  tugaydimi  yohud  u  boshqa 

shakllarda,  boshqa  tarzda  qayta  tug‘ilib,  yashashda  davom  etadimi?  Inson 

jismi  bilan  ruhiyati  o‘rtasida  qanday  munosabatlar  bor?  Umuman,  moddiy 

dunyo  bilan  ruhiyat  dunyosi  o‘rtasidagi  aloqalar  qanaqa?  Arvohlar,  iblis  va 

uning  malaylari,  turli-tuman  ajinalar  bor  narsami  yo  faqat  mevasimi? 

Ehtimol,  moddiyunchilik  suyak-suyaklariga  singib  ketgan  ba’zi  birovlarga 

bunday savollar juda jo‘n va hatto noo‘rin ko‘rinishi mumkin. Lekin jahaon 

adabiyotida  bunday  muammolar  ko‘p  asrlardan  beri  diqqatni  jalb  qilib 

kelgan.  Hatto,  Dante  yoki  Gyotega  o‘xshash  daho  san’atkorlar  ham  bu 

masala  atrofida  umr  buyi  bosh  qotirganlar.  Sobiq  sovet  adabiyotida  esa  bu 

masalalar  haqida  yozish  qat’iyan  ta’qiqlangan  edi.  Mana,  mustaqillik 

sharofati  bilan  bunday  cheklashlar  bekor  bo‘ldi  va  birinchi  shunday  roman 

qo‘limizga etib keldi. 

Ushbu  yangi  romanda  qalamga  olingan  voqealar  silsilasiga  biz 

umrguzaronlik  qilayotgan  ona  zaminimizdagina  emas,  balki  o‘zga 

o‘lchamlardagi ruhiy, ya’ni g‘aib olamida ham kechadi. Noyob xislatlarni o‘z 

ajdodlaridan  meros  qilib  olgan  uch  opa-singil  timsolida  ezgulikni  xam, 

yovuzlikka  xam  mas’ullik  va  javobgarlik  hissi  asarning  mazmun  moxiyatini 

belgilaidi.  Romanda  komil  inson  uchun  iymon  bilan  bog‘liq  iloxiy  burch  - 

oliy  amal  tutash  olamlar  miqyosida  olib  qaraladi.  Zotan,  bu  vijdonii 

majburiyat ayni paytda barhayot insonlaru mangu ruhlarga xam bab-baravar 

daxldor.  Ha,  koinotdagi  uyg‘unlikning  barqarorligini  va  tutash  olamlarning 

bir butunligini ta’minlash uchun xuddi shu amal suv bilan havoday zarur. 

Asarning bosh qahramoni uch opa-singil Nazira, Nargiza, Nafisalardir. 

Ular  o‘ta  ajoyib  qobiliyatga  ega  -  kelajakka  nazar  tashlay  oladilar,  ularga 

ruhiyat dunyosining eng zo‘r kuchlari homiylik qiladi. Romanda real odamlar 




 

37 


bilan birga  G‘avzul  A’zam,  hazrat  SHayxon  Tohur kabi  aziz  avliyolar,  Iblis 

va  uning  xizmatkorlari,  turli-tuman  olijanob  va  pok  odamlar  bilan  birga 

o‘g‘ri,  muttaham  odamlar,  bugungi  mafiya  kuchlari  ham  bor.  Asarni  o‘qish 

davomida «hayot» deb atalmish ulug‘ ne’matning bitmas-tugamas bir ummon 

ekanligi,  uning  siru  asrorlari  hadsiz,  jumboqlari  mo‘l  ekaniga,  tagiga  etib 

bo‘lmasligiga  va  ayni  shu  xislati  bilan  hayot  inson  uchun  g‘oyat  qadrlar  va 

aziz  ekaniga  amin  bulamiz.  Biz  butun  umrimizni  bebaho  deb  atalmish 

moddiy  dunyoda  yashab  o‘tamiz,  ammo  bu  dunyo  bilan  yonma-yon,  unga 

tutashib  ketgan  boshqa  bir  dunyo-boqii  dunyo,  ruhiyat  dunyosi  yo‘q 

ekanligiga kim kafil bo‘la oladi? 

Ushbu  roman  ana  shular    haqida  o‘ylashga  majbur  etadi.  Haqiqatan 

ham, bu dunyo-sirli dunyo. 

Romanga shayx Fariddin Attorning kuydagi hikmatli so‘zlari bosh so‘z 

qilib olingan: 

«Inson  nur  va  zulumot  barzahi-chegarasidur,  shul  sabab  ani  tong 

yog‘dusiga  mengzayurlar.  Inson  zoti  moddiyundin,  moddii  talablari  va 

sifatlaridin ayru tushmay turib, Mutlaq Ruhga etishmog‘i mumkin emas. Ruh 

ila  vujud,  ko‘ngil  va  aql  orasida  mangu  kurash  boradir.  Ruh  bu  kurashda 

moddiylikmi, jismni o‘ziga buysundirib, ilohiy ma’rifatni tanish, haq asroriga 

koshif bo‘lmoq uchun xizmat qildira olsa, ul buyuklik martabasini egallagon 

hamda  poklik  taxtida  o‘tirgan  Adolat  va  Hikmat  shoxi-komil  inson  ruxiga 

aylanadir». 

Darhaqiqat,  roman  aynan  shu  masalalarga  bag‘ishlangan.  Hayotiy 

tajribasi  boy,  bilimzahiralari  keng,  qalami  o‘tkir  yozuvchiga  san’at  sirlarini 

puxta o‘zlashtirgani qul keladi. 

Asar  bilan  dastlab  tanishar  ekansiz,  o‘zingizni  bir  sirli-sehrli  dunyoga 

kirib borayotgandai his qilasiz. Rutubatli qish kunlarining birida ikki yashar 

qizaloq qulaydi-yu muz ostiga tushib ketadi. Tangri taoloning farmoni bilan 




 

38 


mo‘‘jiza yuz berib oppoq kiyingan bir musafid qizchani qutqarib qoladi. SHu 

voqeadan  keyin  qizaloq  birdan  tilga  kirib  biyron-biyron  so‘zlaydigan, 

kishining  aqli  bovar  qilmaydigan  g‘alati  qiliqlar  qiladigan  bo‘lib  qoladi. 

Xullas, bu g‘ayritabiiy karomat sohibasi bo‘lish nasib etgan qizcha asarimiz 

qahramonlaridan biri Nazira edi... 

Voqealar  goh  mana  shu  biz  yashayotgan  moddiy  dunyoda,  goh  uzoq 

o‘tmish  odam  Ota,  momo  Havolar  yaratilgan,  yashagan  paytlardan  afsona 

yo‘sinida,  goho  esa  koinotda,  arshi  a’loda  davom  etadi.  Va  muallif  bizni 

kichkina  bir  ko‘z  ilg‘amas  tuynukdan  beadad  va  hayratomuz  mo‘‘jizalar 

dunyosiga  boshlaydi.  Kitobxon  asarni  o‘qir  ekan,  dili  larzaga  keladi,  kim 

ekanligi haqida zalvorli o‘yga cho‘madi. O‘tmish va bugun, kelajak borasida 

bepoyon tafakkur ummoniga sho‘ng‘iydi. 

CHindan  ham  tasavvur  cheksiz,  inson  ko‘ngli  esa  bir  dengiz.  Uning 

bag‘rida  ne-ne  sir-sinoatlar,  inju  javohirlar  yashirinib  yotibdi,  ilmlar 

jumboqlar...  Senda  shunday  imkoniyat  bo‘lsa-yu,  dengiz  bilan  yuzma-yuz 

tursang-da,  bir  ko‘za  suv  olish  bilan  cheklansang.  Buni  qanday  tushunmoq 

kerak?  Axir  ko‘ngil  bir  hadsiz  dunyo.  Uni  anglamoq  kishini  yuksaltiradi. 

O‘zini  anglamagan  odam  hech  qachon  boshqani,  qolaversa,  ollohni  anglay 

olmaydi. Har bir odam olloh husnining jilvalari namoyon bo‘ladi, deyishadi. 

Insonning  o‘z-o‘zini  bilmoqqa,  anglamoqqa  intilishi  bu  Tangrini  bilmoqqa 

intilishidir...  Asar  bilan  tanishish  jarayonida  beixtiyor  shunday  xayollar 

qamrab oladi borlig‘ingizni. 

Iblis  va  uning  bir  to‘la  malaylari  inson  ko‘ziga  parda  tortib  iflos  va 

chirkin  yo‘llarga  boshlasa,  farishtalar,  yaxshi  ruhlar  o‘lmas  mayoqday 

hamisha  odamni  yuksaklarga  chorlaydi.  Eng  go‘zal,  eng  yorqin,  eng  nafis 

yo‘llardan etaklaydi. Dunyo bo‘libdiki, doim qarama qarshiliklar yonma-yon 

yuradi. Oq va qora, baxt va baxtsizlik, yomonlik va ezgulik azaliiy kurashda. 

SHu bois dunyo tarozusi mutanosiblikda turadi, xayot davom etadi. 




 

39 


Arshi a’lodagi suxbatlarning birida «Parvardigor Iblis» shoyton va ins-

jinslarni  ne  maqsadda  yaratgan?»  degan  savolga  aziz  avliyolardan  biri 

shundai javob beradi: 

«Alar,  agar  ta’birim  joiz  ersa,  odamzotni  to‘g‘ri  yo‘lga  soluvchi 

kiblanamoga  o‘xshaydurlar.  Agar  inson  ma’naviy  tanazzulga  yo‘liqsa,  Iblis 

uni  beshbattar  yo‘ldan  ozdirib,  kabohat  va  razolatning  ko‘z  ko‘rib  quloq 

eshitmagan  boqoqliklariga  botirg‘usi.  Oqibatda  u  Parvardigori  olam 

tomonidan  jazoga  mustahiq  qilinadi.  O‘z  qilmishlarining  kufr  va  yovuz 

mohiyatini anglab etadi...» 

Haqiqatan  xam,  xayot  va  ulimning  tub  mohiyati  biz  uni  tushinishimiz 

yoki 

tushunmasligimiz, 



uni 

qullab-quvvatlashimiz 

yoki 

aksincha, 



qullanmasligimizga  minba’d  bog‘liq  emas.  Ular  qat’iy  qonunlar  asosida 

kechaveradi  va  odamzot  ularga  buysunib  yashashga  majbur.  CHunki  bu 

qonunlar  xuddi  koinotdagi  yulduzlar    kabi  o‘ta  yuksaklikda  va  inson  qo‘li 

ularga etishi mahol. 

Osmon  farishtalari,  maloikalar,  zohid-kalandar  avliyoqanbiyo  va 

samovotning  o‘zga  oliy  ruhlari  e’tirof  etishlaricha  erda  xalokatli  vaziyat 

hukm  surmoqda.  Xom  sut  emgan  odamzot  Xudodan  qo‘rqmay  qo‘ygan,  u 

tobora quturib, bot-bot o‘z ham

9

 sayyoralarning qonini to‘kmoqda, aql bovar 



etmas  yovuzliklarga  yo‘l  qo‘yib,  kun  sayin  gunohlarga  botmoqda.  Ko‘hna 

ezgu  umidlarni  oyoq  osti  qilib  odamgarchilik,  mehr-shafqat  nimaligini 

unutmoqda.  Bu  kabi  masalalarda  Olloh  ato  etgan,  Olloh  amri  farmonlarini 

ado etish, erda tartibot o‘rnatishlari lozim bo‘lgan farishtalar erga uchmog‘i, 

odamzot  orasida  ezgulik  va  mehr-oqibat  urug‘lari  taratishlari  kerak.  SHu 

maqsadda  Olloh  karamiga  suyanib  bandai  mo‘minlarga  noyob  xislatlar 

baxshida  etish  kerak,  oqibatda  ular  o‘zlarini  ezgulikka,  imon-e’tiqod  va 

mehr-muhabbatga  chorlasinlar,  o‘zlarini  o‘zlari  turfa  kasalliklar  forig‘ 

                                                           

9

 Шайхов Х. Туташ оламлар. Тошкент,1996 




 

40 


etsinlar,  deya  ixtiyor  qiladilar.  Va  aynan  o‘sha  maqsadda  SHayx  Bahrom 

otaning nabiralari Nazira, Nargiza, Nafisalarga ham binazir xislat ato etiladi. 

Bu  qizchalar  istiqomot  qilayotgan  joy  esa  islom  dinining  erda  Markaziy 

Turkiston  deb  ataladigan  katta  xududlaridan  biri  sanaldi.  Bu  Parvardigori 

olamning buyuk qudratidan kichik bir nishon tarzida namoyon bo‘ladi. 

Zero,  Prezidentimiz  I.Karimov  ta’kidlaganlariday:  «Xar  qaysi  inson 

Olloh  taolo  ato  etgan  noyob  qobiliyat  va  iste’dodini  avvalo  o‘zi  uchun, 

oilasining,  millati  va  xalqining,  davlatining  farovonligi,  baxt  saodati, 

manfaati  uchun  to‘liq  baxshida  etsa,  bunday  jamiyat  shu  qadar  kuchli 

taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham 

oson emas».

10

 



Bu  qizaloqlar  aql  bovar  qilmas  karomatlar  ko‘rsata  boshlagan,  ular 

atrofida  g‘alati-g‘alati  voqea  hodisalar  yuz  bera  boshlagan  sari  jumboqlar, 

savollar,  chigalliklar  ortgandan  orta  boradi.  Xatto,  umri  Dahrilinni  o‘qib-

o‘rganib  o‘tgan,  institutda  ateizmdan  dars  beruvchi  moddiyunchi  faylasuf, 

qizlarning  dadasi  Asadning  o‘zi  bilib  bilmay  qalb  ko‘zi  ochila  boradi. 

Taqvodor va xudojuy oilada o‘sgan, ashadiy moddiyunchi faylasuf bo‘lishiga 

qaramay,  Xudoga,  foniy  dunyodan  tashqari  boqiy  dunyo  borligiga 

ishonadigan  Asad  ishlarni  puxta  o‘ylab  amalga  oshirar,  gunoh  va  kufr 

ishlardan nari yurishni odat qilgandi. Asad ayni vaqtda sivilizatsiyaga, ya’ni 

tabiatning  istak-hohishidan  tashqari  yuzaga  kelgan  ko‘p  quvvatli 

minoralarga, shu bilan birga insonga ham ishonardi. 

YOvuz  kuchlar  mafiya  to‘dalaridan  aka-uka  Tesha,  Bolta,  O‘roqlar 

bilan  goh  pinxon,  goh  oshkor  kurashadi,  atrofida  sodir  bo‘layotgan  sirli 

tilsimlarning  bevosita  ishtirokchisiga  aylanib  borar  ekan,  Asad  ruxiyatida 

chinakkam  inqilob  yuz  beradi,  qariyb  qirq  yil  moboynida  shakllangan 

dunyoqarashlari chil parchin bo‘ladi. 

                                                           

10

 Каримов И. Баркамол авлод орзуси.  Тошкент, Шарқ нашриёти, 1999, 46-бет 




 

41 


U va u tengi butun bir avlodni bog‘cha yoshidan moddiyunchi, dahriy 

qilib  tarbiyalagan,  oqibatda  undan  shu  qadar  ko‘p  zarar  ko‘rgan  jamiyat 

Sovet Ittifoqi nomi bilan atalar edi. Moddiyunchilik shunday sohaki, u faqat 

qo‘l  bilan  ushlab  sezsa  bo‘ladigan  narsalarni,  ya’ni  biz  bilan  mulkiy 

olamnigina  tan  oladi.  Biz  bilmagan,  anglab  etmagan  dunyochi?  Vaholanki, 

idealistlar  ta’kidlaganiday,  ruhiy  ibtido,  ruh  abadiy  va  demak  o‘z-o‘zidan 

ravshanki, ular - birlamchi. Moddiyat esa o‘tkinchi, o‘zgaruvchan va ularning 

abadiy unsurlarga dahli yo‘q. 

Aslida  bu  ikki  oqimni  -  materializm  va  idealizmni  bir-biriga  qarama-

qarshi  qo‘ymasdan,  o‘zaro  bir-birlarini  to‘ldiruvchi,  mohiyatan  uyg‘un 

ta’limotlar  deb  qaralsa,  tatqiq  etilsa  va  rivojlantirilsa  nur  ustiga  a’lo  nur 

bo‘lishi  mumkin-ku,  axir!!!  Yo‘q,  kommunistik  mafkura  xomiylari  bunga 

yo‘l qo‘ya olmasdi. Buning sabablarini juda oddiyligini qahramonimiz Asad - 

endi tushunib etmoqda. 

Gap  shundaki,  bu  foniy  dunyoda  odamzot  paydo  bo‘lganidan  buyon 

Hokimiyat  deb  atalmish  qonsiragan,  yovuz  va  zo‘ravon  bir  unsur  ham 

dunyoga  kelgan  va  u  ming  yillar  mobaynida  bashariyatini  zir  titratib  kelar 

edi. 


Ibtidoiy  jamoalar  davrida  qabila  boshliqlari,  jodugarlar,  tosh  asri  va 

keyingi  davrlarda  Iblis  hukmidagi  quldorlar,  boylar  va  nihoyat  podsholar, 

o‘rta  asrlar  va  inkivizatsiya  davrida  -  mutaasib  ruhoniylar,  din  ulamolari 

hokimiyat  talashib,  o‘z  xalqlarining  boshiga  misli  qo‘rilmagan  qulfatlar 

yog‘dirishgan,  dakki  yunusdan  qolgan  bu  shafqat  bilmas  hukamo,  firqa, 

guruh  va  boshqa  ijtimoiy  tuzulmalar  hamda  podsholik  taxtiga  davogarlar 

o‘rtasida hozirgi kungacha davom etayotgan edi. Bizning asrimizda dunyoga 

kelgan  hokimiyat  vakillari  kommunistik  mafkurani  o‘zlariga  tug‘  qilib 

ko‘tardilar. 



 

42 


Ular guyo mustabid hokimiyatni ag‘darib «Kommunizm» deb atalmish 

go‘yo  «Ozod»  bir  jamiyat  etmoqchi  bo‘ldilar.  Ammo  qisqa  davr  ichidayoq 

ularning  asl  basharalari  ochilib,  mustabidlikda  «manman»  degan  qirol  va 

shahanshohlar  ham  ular  oldida  ip  esholmay  qolishdi.  Biroq,  ular  o‘z 

siyosatlarini  shunday  mahorat  va  ustamonlik  bilan  yuritishdiki,  hayot 

ummonidagi  million-million  odamlar  ularning  «kommunizm»  degan  o‘tkir 

qarmoqlariga  ilinishdi  va  bu  yo‘ldan  xuddi  go‘daklarday  o‘ylab  yurib 

o‘tirmay,  o‘zlarini  o‘tga-cho‘qqa  urishdi,  hatto  lozim  bo‘lsa,  jonlarini  ham 

qurbon qilishdi. 

Asad  o‘zini  kechirmasdi:  nega  u  shu  paytgacha  insoniyat  jamiyat 

tadrijidagi  o‘zga  mafkuralarni,  aytaylik,  idealizm  yoki  diniy  ta’limotlarni 

terang  o‘rganmadi?  Kommunistlar  bir  ovozdan:  «Din  -  afyun»,  -  deb  e’lon 

qilgan  va  har  qanday  diniy  qarashlarga,  jumladan,  islom  madaniyatiga 

qaqshatqich  zarba  berishga  intilishgan  edi.  Ular  yashayotgan  hududda 

ayovsiz  ta’qiblar  va  taziyqlarga  qaramay,  islom  ta’limoti  va  islom 

madaniyatining ta’sir doirasi beqiyos bo‘lib, ular xalqining  milliy an’ana-yu 

bayramlari,  urf-odatiga,  udumlariga  singib  ketgandi.  Buni  yaxshi  tushungan 

kommunistlar  dastavval  ana  shu  an’ana,  urf-odat  va  udumlarni,  garchand 

ularning  ayrimlari  islomga  aloqador  bo‘lmasa  ham,  yo‘qotishga  kirishdilar. 

Ahvol  shu darajaga  borib  etdiki,  katta-kichik  amaldor  zoti  borki, qarindosh-

urug‘larini ko‘mgani janozoga bora olmay qoldi. CHunki, bu ezgu udum ham 

- kommunistlar nuqtai nazarida - bid’at islomga xos jaholat edi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek:  «Biz  zo‘ravonlikka,  


Download 238,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish