Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

 
* * * 
Bu o‘lturishdan so‘ng ul bir oylab bo‘zaxonag‘a kelmay ketdi. Marg‘ilondan qaytib 
kelgach, yana eski odatida davom eta boshladi... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
124
 
* * * 
Otabekning o‘sha voqi’adan so‘ngg‘i Marg‘ilon qatnashlari faqat natijasiz quruqqina bir 
qatnash edi. Bu qatnashning har birisida usta Alimnikiga tushar, ammo hanuz undan 
o‘zining sirrini yashirib, Andijondan qaytib kelishini va yo borishini va yo‘l ustidan ko‘rib 
ketish uchun kirganini aytib usta Alimni minnatdor qilar edi. Ul Marg‘ilonda ko‘b 
to‘xtamas, bir kun, uzoqqa tortilsa ikki-uch kun turib qaytar, ba’zi vaqtlarda yo‘l ustidan 
«Xo‘ja Ma’oz» mozorini ham tunab ketar edi. Uning o‘n kunlab yo‘l mashaqqatini o‘z 
ustiga olib, Marg‘ilonda qilaturg‘an ishi shu mashaqqatlar evaziga arzug‘uliq edimi, 
yo‘qmi, o‘qug‘uchi buni quyidan onglar: 
Marg‘ilondan natijasiz, tamoman bo‘shka qaytib Toshkand kelgach, Kumushni 
unutkandek bo‘lib uch-to‘rt kun u-bu bilan ovinib yurar, so‘ngra hafta, o‘n kundan so‘ng 
yana Marg‘ilon to‘g‘risida o‘ylab boshlar, o‘ylab o‘yining tegiga yeta olmag‘ach, o‘zini 
qayoqqa urishini bilmay qolar, shundan so‘ng hamma alamini Chuqur qishloqqa havola 
qilib, o‘n-o‘n besh kun bosim ichkanidan so‘ng ichkulukdan ham lazzatlanmay qolar va 
shuning yonida uning ko‘ngli bir narsaning bo‘yini olg‘andek sezinar, go‘yo Marg‘ilon 
borsa bir gap bo‘laturg‘andek, bormay qolsa keyinchalikda o‘zi o‘kinaturg‘andek... 
Shundan so‘ng to‘satdan Marg‘ilon yo‘lig‘a tushib qolar, yo‘lda borar ekan, o‘zini to‘rt 
ko‘z bilan kutib turg‘andek sezilgan Marg‘ilong‘a har nimadir, bir soat ilgariroq yetish 
uchun oshiqar edi. Le-kin... lekin Marg‘ilon darbozasidan kirishi ila uning holi o‘zgarib 
boshlar, yuragi qinidan chiqar darajada o‘ynamoqqa olur, ayniqsa poyafzal rastasiga 
yaqinlashgach, uning bu iztirobi shiddatlanur, poyafzal rastasining yaqini bilan bunchalik 
o‘zgarishda qolg‘an Otabek rastaning o‘zida qanday holg‘a tushmog‘ini tasavvurdan ojiz 
kelur va rasta ko‘rindi deguncha otining boshini chapka burib yuborar va orqasidan 
kimningdir «...boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz... uyatsiz!» tovshi eshitilgandek 
bo‘lar edi... O‘z-o‘ziga «haqiqatan men uyatsiz», deb qo‘yar va shuning ila hamma 
kutilgan-kuzatilgan gaplar, besh kunlik yo‘l mashaqqatlari havog‘a ketar, hatto xayolda 
emas, haqiqatda o‘ylab qo‘yg‘an qayin otasi bilan xotinini shari’atka chaqirish fikri ham 
unutilar va yo‘qolur, «hiylagarning yuzini qozixonada ko‘raymi, o‘zi ham qursin, yuzi 
ham!» der edi-da, otini to‘g‘ri usta Alimnikiga qarab solar edi. 
Otabek usta Alimni juda yuqori darajaga qo‘yg‘a-nidek, uning majlisi bilan ham ancha 
yengillashar, o‘n yillardin beri usta Alim yuragida saqlang‘an va qabrg‘a ham birga 
ketishi kutilgan ishq tarixini qayta-qayta eshitkusi kelaberar, usta Alim ham o‘zining 
o‘lgan Saodati to‘g‘risidag‘i ipidan-ignasigacha bo‘lg‘an xotiralarini takror-takror hikoya 
qilib, hikoyasi oxirida: «Peshonamga sig‘madi-da, o‘ldi», deb qo‘yar, bu so‘z Otabekning 
ham yuragiga sovuq suv sepkan ta’sirini berib, ul ham ko‘nglidan: «Manim ham 
peshonamga sig‘madi-da, tiriklayin o‘ldi» degan so‘zni o‘tquzar edi. Shu holda ikki-uch 
kun usta Alimnikida turg‘ach, eng so‘ngg‘i martaba Marg‘ilon bilan xayrlashkan kabi 
shaharning har bir narsasiga alvido nazari bilan boqar va boshi og‘qan tomong‘a 
ketkandek Marg‘ilonning o‘ng‘ay kelgan darbozasig‘a qarab yo‘l olur edi. Qo‘qonda bir-
ikki kun, Kirovchida uch-to‘rt kun, Qurama, Telov va shuningdek, qishloqlarda ham bir 
necha kunlab qo‘na-qo‘na nihoyat, Toshkandga kelib yetar yana... yana... 
Otabekning Marg‘ilong‘a borib kelishi shu yo‘sunda edi. Uning sirri o‘zidan boshqa 
hech kimga ma’lum bo‘lmag‘anliqdan, orada uning holig‘a kulguchi va undan hisob 
olg‘uchi birav ham yo‘q, faqat ul hamma hisobni o‘z yuragidan olib, o‘z yuragiga berar 
edi. Shu yo‘sun oromsizlik va besaranjomlik ichida uning oy-kunlari o‘tib turar edi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish