Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
— Bering, — dedi va: — mashshog‘ingizni ham kirgizing! 
Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘an 
xo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-
qo‘l yurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rgani 
uchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxush 
qo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi: 
— Qanday kuyni chalay, bek aka? 
Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib javob berdi: 
— Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz! 
Mashshoq ajabsing‘an edi: 
— Dunyoda bunday kuylar borlig‘ini umrimda bi-rinchi martaba eshitaman, bek aka! 
— Dunyoda bunday kuy yo‘q deb o‘ylaysizmi, siz eshitmagan bo‘lsangiz maning 
eshitkanim bor... Bilmasangiz, bilgan kuyingizni chalingiz! 
Mashshoq dutorini sozlar ekan, yana so‘radi: 
— Bu kuylar yangi chiqg‘anmi? 
— Yangi chiqg‘an. 
— Qayerda eshitdingiz? 
Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, mashshoqqa qaradi: 
— Bu kuylarni Farg‘onaning Marg‘ilonida eshitdim...— dedi.
 
Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turg‘an mashshoq, Otabek kutmagan 
joyda «Navo»dan boshlab yuborg‘an edi. Kuyning boshlanishi bilanoq uning vujudi zirr 
etib ketkandek bo‘lib keyingi piyolasini bo‘shatdi va ixtiyorsiz ravishda dutorning 
munglik tovshig‘a berildi. Dutor tovshi qandaydir o‘zining bir hasratini so‘zlag‘andek, 
hikoya qilg‘andek bo‘lib eshitilar edi. Yo‘q, bu hasratni ul o‘z tilidan so‘zlamas edi — 
Otabek tilidan so‘zlar edi... Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tkan kunlari birma-bir o‘tib 
boshladilar-da, nihoyat «anuv» xotiralari, «anuv» hangomalari ham ko‘rinish berib 
o‘tdilar... Yo‘q, o‘tmadilar... uning ko‘z o‘ngida kelib to‘xtadilarda, shu ko‘yi 
turaberdilar... Dutor bu ko‘rinishni uning ko‘z o‘ngiga keltirib to‘xtatqach, bu foji’aga o‘zi 
ham chidab turolmag‘andek yig‘liy boshladi... Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun 
koinotni zirr etdirib va xasta yuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi... Otabek ortiq chidab 
turolmadi-da, ro‘ymoli bilan ko‘zini yashirib yig‘lamoqqa kirishdi... Ul ko‘z yoshlarini 
to‘xtatmoqchi bo‘lar edi. Biroq hozirgi ixtiyor o‘zida emas edi — hamma ixtiyor dutorning 
hazin «Navo»sida, toqatsiz yig‘isida edi... Dutorning nozik torlaridan, tilsimlik 
yuraklaridan chiqg‘an «Navo» kuyi o‘z nolasiga tushunguchi Otabekdek yigitlarga juda 
muhtoj edi. O‘z dardiga tushungan bu yigitka borg‘an sayin dardini ochib so‘zlar, yig‘lab 
va ingrab so‘zlar edi... Eshitkuchi esa dunyosini unutib yig‘lar, kuchini yig‘ishtirib yig‘lar 
va hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘lar edi... 
Nihoyat «Navo» kuyi uning butun tanidagi suvlarini ko‘zi orqaliq to‘kdirdi-da, 
falakning teskari harakatidan shikoyat etib qo‘ydi va dunyoda yolg‘iz hasratkina 
bo‘lmag‘anligini bildirgandek o‘zining «savt» kuyini yer yuziga shodliq va so‘yinch 
yog‘dirib arz eta boshladi. «Navo»ning sihirlik «savt»i Otabekning ko‘z yoshlarini quritdi-
da, bir yengillik bag‘ishladi. «Navo» bilan yuvilib ketkan uning umid gulzorida yangi 
chechaklar unib chiqdi... 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish