Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti “Pedagogika-psixologiya” fakul’teti “Defektologiya” yo`nalishi IV-bosqich talabasi Xolmuxammedova Ozodaning “Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlari” nomli bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Xolmuxammedova Ozodaning tadqiqot ishini dolzarbligi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlarini ishlab chiqish va o`rganishning o`ziga xos xususiyatlari topishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishining muammoli tomoni qilib, mashg’ulotlar davomida doimiy qo`llaniladigan usullarni yangi tomonlari va yanada bolalardagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida yangidan – yangi usullarni qo`llash haqidagi fikr mulohazalar va ana shu muammoni hal etishga, asoslab berishga urinishlar ko`zga tashlangan.
Muallif qo`yilgan maqsadga erishishda nutq buzlishlarini oldini olish, hamda aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlari va amaliy tomondan nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga asoslanib, hamda maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muasasalarida logopedik ish faoliyatini to`g’ri tashkillashtirish asosida ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion faoliyatni yuritishga e’tiborni qaratgan. Ishda o`rganilayotgan muammoning pedagogik asoslari bayon etilgan. Nazariy qism mazmunli taqdim etilgan. Tadqiqotchi imkoniyati cheklangan bolalar bilan ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yondoshish va logopedik ta’sir tamoyillarini to`g’ri qo`llay olish jarayonini, shu bilan birga turli metodlar asosida logopedik mashg’ulotni tashkil etish maxsus maktabgacha tarbiya bolalarini keng qolipda korreksion ish olib borishning asosiy omili ekanini asoslab berishga harakat qilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi “Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari va ularni bartaraf etish omillari” deb nomlanib bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari, ular kelib chiqish sabablari, nutq kamchiliklari turlari ularni tekshirish usullari, mashg’ulotlarda nutqni o`stirish texnologiyasi yoritilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Nutq nuqsonlarini bartaraf etish texnologiyasi” deb nomlanib nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logoped ish faoliyati, mashg’ulotlar va ularni to`g’ri tashkillashtirish, ularga qo`yiladigan talablar, ota – onalar bilan hamkorlik ishlari, bolalardagi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o`yinlar va ularga qo`yiladigan talablar, namunalar, xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanish usullari nutqni faollashtirishda turli metodlardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati keng berilgan. Yuqoridagi fikrlar asosida tajribalar olib borilgan. Xolmuxammedova Ozoda tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi xususan ishlab chiqilgan va o`rganilgan nazariy qism maktabgacha tarbiya va maktab ta’limida logoped- defektologlar va pedagoglar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Ish bitiruv malakaviy ishiga qo`yilgan barcha talablarga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |