Taqrizchi: G.X.Temurova
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti “Pedagogika-psixologiya” fakul’teti “Defektologiya” yo`nalishi IV-bosqich talabasi Xolmuxammedova Ozodaning “Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlari” nomli bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim tizimining eng muhim sohasi bo’lib barkamol avlod asosan ana shu bo’g’inda shakllanadi. Shunga ko’ra maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog’lanishli nutqni rivojlantirish ham ta’limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo’lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim tadqiqotlar olib borilgani xolda bog’lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tevarak-atrofni o’rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Ana shunday dolzarb masala talaba Xolmuxammedova Ozodaning mavzuida aks etgan bo`lib, bitiruv malakaviy ishining kirish qismida, ishning maqsad, vazifalari belgilangan. Qo`yilgan maqsad asosida ishning nazariy qismida to`plangan ma’lumotlar asosida ta’lim texnologiyalarining maxsus maktablarda qo’llashdagi roli va vazifalari to`liq yoritib berilgan.
Tadqiqot ishi ikki bob, 6 ta paragraf, tajriba sinov, xulosa va tavsiyalardan iborat bo`lib, reja mavzuni to`liq ochib berishga qaratilgandir.
Birinchi bob nazariy qism hisoblanib, talaba ushbu bobda psixolog – pedagog va olimlarning tadqiqotlariga hamda to`plagan manbalarga asoslanib, nutq nuqsonlari va ular kelib chiqish sabablari, nutqida nuqsoni bor bolalarni tekshirish metodlari, mashg’ulotda nutq o’stirish texnologiyasini ochib bergan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi amaliy qism hisoblanib, bobda tadqiqotchi nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logoped ish faoliyati, mashg’ulotlar va ularni to’g’ri tashkillashtirish, ularga qo’yiladigan talablar, ota – onalar bilan hamkorlik ishlari, bolalardagi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o’yinlar va ularga qo’yiladigan talablar, namunalar, xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanish yo’llari, shu asosda bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bbartaraf etish yo’llarini ishlab chiqqan va asoslab bergan.
Olib borilgan tajriba-sinov asosida bitiruv malakaviy ishi xulosalangan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar hozirda ta’lim jarayoni bilan shug`ullanayotgan o`qituvchi va talabalar uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |