Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari
(XIX asr oxiri va XX asr boshlari)
Kutubxona klassifikatsiyasining xuddi shu davrda tuzilgan va e‘lon
qilingan boshqa sxemalari birmuncha kamroq yoyildi. Garchi ulardan
ayrimlari o‗nli klassifnkatsiyaga nisbatan ma‘lum ustunlikka ega bo‗lsada
(o‗nli klassifikatsiyada bo‗limlar bir qadar mantiqiy joylashtirilgan edi), o‗nli
klassifikatsiya ustun turardi; chunki boshqa klassifikatsiyalar indekslarining
tuzilishi nisbatan oddiy bo‗lib, beso‗naqay va foydalanishga noqulay edi.
Ko‗pchilik sxemalarda indekslarnikg kombinatsion tuzilish usuli (Ch. Ketter,
D. Braun, G. Bliss sxemalarida va ayniqsa Sh. Ranganatan sxemasida) o‗z
ifodasini topdi. Tekshirilayotgan mualliflarining sxemalar tuzilishini fanning
zamonaviy darajasiga yaqinlashtirishga intilishlariga qaramay, bu
sxemalarning hammasida ayniqsa ijtimoiy-siyosiy adabiyot bo‗limlari
strukturasida burjua dunyoqarashining cheklanganligi aks etgan.
Ch.Ketter klassifikatsiyasi
XIX asrning oxirgi o‗n yillarida amerikalik kutubxonashunos Ch.
Ketter sxemasi vujudga keldi. Unda asosii bo‗limlar-yaing joylashish
izchilligi o‗nli klassifikatsiyadagiga qaraganda ancha mantiqyyroqdir: tarix va
ijtimoiy fanlar, tilshunoslik hamda adabiyot bo‗limlari bir-biriga
yaqinlashtirilgan, meditsina amaliy fanlardan ajratilib, tabiiyot fanlari
bo‗limidan keyin keladi, binokorlik ishi va sanoat ishlab chiqarishi bo‗limlari
bir-biridan ajratilgan.
Ch. Ketter o‗z klassifikatsiyasini har xil ko‗lamdagi — juda kichik,
1000 jilddan kam kitobga ega bo‗lgan kutubxonalardan tortib, fondida bir
necha yuz ming jild kitob bo‗lgan yirik kutubxonalarning ham foydalanishiga
qulay qilishga intilgan edi. Ketter bo‗limlarning katta-kichikligi har xil
61
bo‗lgan sxemalarning oltita variantini e‘lon qilgan; birinchi variant faqat 11 ta
yirik bo‗limni o‗z ichiga oladi. Navbatdagi har bir variant o‗zidan oldin
kelgan variantni rivojlantiradi.6
Ch. Ketter sxemaning sekin-asta detallashtira borish imkoniyatini
yaratish uchun bosqichli indekslarni qo‗lladi, biroq Ketter sxemasida
indekslar latin alfaviti harflarining birikmasidan iboratdir. Bu hol har bir
bo‗limda 10 dan ortiq bo‗linma (latin alfavitida 26 harf bor) tuzishga imkon
ber-gan, lekin ayni vaqtda talaffuz qilish qiyin bo‗lgan va esda yaxshi
qolmaydigan indekslarning hosil bo‗lishiga olib kelgan. Ana shu nuqson,
shuningdek sxema e‘lon qilingan vaqtga kelib (1891—1893 yillar) AQShning
ko‗pchilik kutubxonalari o‗nli klassifikatsiyani qo‗llay boshlaganligi fakti Ch.
Ketter sxemasidan Amerika kutubxonalarining juda oz foydalanishkga sabab
bo‗lgan.
Ch. Ketter sxemasi diqqatga sazovordir. Bu sxemada «kengaytirish»
usuli qo‗llanilishi ijobiy bahoga loyiqdir. Umumiy klassifikatsiya asosida
bo‗linmalarining katta-kichikligi har xil bo‗lgan sxemalarning bir qancha
variantlarini, ishlab chiqish, shubhasiz, ratsional g‗oyadir, chunki u fondining
hajmi turlicha bo‗lgan kutubxonalarda umumiy (asos qilib olingan) sxemani
tso‗llanishga imkon beradi. Ch. Ketterning xizmati yana shundaki, u
kutubxona klassifikatsiyasi tarixida birinchi bo‗lib sxemaga aniqlagichlarning
yetarli darajada batafsil jadvallarini (geografik aniqlagichlar va forma aniqlagichlarni) kiritdi7. Birmuncha keyingi davrdagi sxemalarni tuzuvchilarning
hammasi bu samarali g‗oyani rivojlantiradilar, bo‗limlarni mazmun va
shlklning ayni bir xildagi belgilariga ko‗ra detallashtirishga imkon beruvchi
aniqlagichlarni yaxshilab ishlab chiqash usullarini qidiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |