Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat


Muvozanat saqlash qobilyati



Download 274 Kb.
bet18/21
Sana21.01.2022
Hajmi274 Kb.
#397503
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
RASULOVA VISOLA B.M.ISh

Muvozanat saqlash qobilyati. Muvozanat saqlash hissi har qanday harakat va har qanday holatni saqlab turishning zarur doimiy tarkibiy qismidir. Muvozaat saqlash hissining rivojlanishi inson bosh miyyasi po`stlog`ining takomillashuvi bilan aloqadorlikda, qo`zga`lish va to`rmizlanish jarayoning muozanatlashuvida, vistibulyar apparatning rivojlanishi, o`z gavdasi qisimlarning holati va o`rin almashinuvidagi barcha o`zgarishlarni baxolashga yordam beruvchi mushak hissi bilan bog`liqlikda asta sekin kichadi. Maktbgacha tarbiya yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarni rivojlantirsh gavdaning malum bir holatini (o`tirgan tik turgan emaklash keyinchalik yurish ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatalarda gavdani barqaror tuta olishgacha bo`lgan yo`lni bosib o`tadi. Muvozanat saqlash funksiyalarini rivojlantirshda mashq qilish jumladan jismoniy tarbianing xilma xil vositalaridan foydalanish katta axamiyat kasb etadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalardagi static va dinamik muvozanat yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar (T. I. Osokina) yosh o`sgan sari muozanat saqlash funksiyalarini ifodalaovchi barcha ko`rsatgichlarning yashilanib borishini ko`rsatadi. Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatni saqlash vositasi sifatida diqqatning to`planganligini, harakatlar koordinatsiyasini, muayyan sharoitlarda mo`ljal olishni, ularga tez to`g`ri javob qila olishni, botirlllik va o`z o`zini tuta bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat saqlash mashqlari tez suratda juda harakatchanlik bilan bajarikadigan yugurish, sakrash kabi harakatlardan oldin o`tkaziladi. Muvozanat saqlash hissi kichraytiligan tayanch maydonidagi mashlar jarayonida hosil qilinadi va tekshiriladi. Bunda gavdani yiqilshdan saqlash, nojo`ya harakatdan masalan ensiz taxtacha ustidan yurish, oyoq uchida yurish, bir oyoqda turish, yugurishdan so`ng to`xtash va boshqa shu kabi holatlarda o`zini tiyish talab etiladi. Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan tashkil etiladi bu yoshdagi bolalardan parallel qo`yilgan ikkita ip orasidagi cheklangan fazo (20-25 s masofa) dan o`tishda diqqat muayyan harakat koordinatsiyasi, iroda kuchi, yo`nalishiga roiya qilish talab etiladi. Keyinchalik mashqlar murakkablashtiriladi: bolalarga poldan 15-20 sm ko`tarilgan taxta ustidan, qiya qilib qo`yilgan taxtadan yurish, skameyka qo`yilgan anjomlardan hatlab o`tish, skameyka bo`ylab qarshidan kelayotgan bola bilan uchrashib, kabi harakatlar o`tkaziladi. Bu mashqalrning barchasi zarur muvozanat saqlash hissi, o`z gavdasini iroda qila olish, harakatlar kordinatsiyasini, chaqqonlik vaziyatlarda mo`ljal olish, o`z vaxtida to`g`ri reaksiya ko`rsatish sifatlarni xosil qiladi. Ijobiy natijalarga erishilgach mashqlar yana ham murakkablashtiriladi: bolaga turli anjomlarni (savtacha, koptok, xaltachani). Shunday qilib gimnastika mashqlarining barcha guruhi asosiy harakatlar umum rivojlantiruvchi va saflanuvchi mashqlari bola organizimida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishiga tasir ko`rsatadi.

III.BOB. TADQIQOT VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TAHLIL QILISH


3.1. PEDAGOGIK KUZATISHLAR
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublariga hamda pedagogik kuzatish ishlariga ega. Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo’lib, qo’shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir.

Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.

Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.



Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati hujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashgulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shugullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini o’rganish ham tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga ha va yo’q deb javob berish ham ko’p xulosalarga olib keladi. Pedagogik kuzatish tahlilga ko`ra maktabgacha yoshdgi hamda boshlangich sinf o`quvchilarida gimnastika sport turini o`rgatish ularni sportga jalb qilish hamda sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida tadbiq qilnyotgan adabiyotlar: kitoblar, qo`lyozmalar, bolalar uchun mo`ljallgangan sport jurnallari hamda o`quv qo`llanmalar, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgandir. Bunda bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda ilmiy jihatdan tasdiqlangan mashqlar va mashg`ulotlar, hamda ularning normativlari ishlab chiqiladi, bolalarning yengil atletika hamda gimnastika mashg`ulotlariga oid ko`nikma malakalarni shakillantirshda ilmiy manbalarda berlgan mashqlar asosan o`yin tarzida tashkil qilinganini ko`rishimiz mumkun bu esa 6-7 yoshli bolalarning ushbu mashg`ulotlarni qiynalmasdan chuqquroq hamda samaraliroq o`rgnishiga imkon yartadi.Fikrimizning dalili sifatida misol keltiradigan bo`lsak: “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”1 o`quv qo`llanmasida bolalarning sportga oid bilimlarni rivojlantirish hamda ularda gimnastika mashqlarini o`rgatishda gimnastika tassarufiga kiruvchi; yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, kabi turlarida o`yin tarzida olib boriladigan jarayonlar hamda mashg`ulotlar mavjud. Bulardan yurish va yugurishga oid o‘yinlar: “Qo‘g‘irchoqlarnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan”, “Kim sekin”, “Tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqchalar va avtomobil”, “Poezd”, “Samolyotlar”, “Pufak”, “Quyosh va yomg‘ir”, “Buyumni olib kel”. Hamda Sakrab o’ynaladigan o’yinlar. “Mening sho’x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o’t” kabilar. “Kimning nomi aytilsa, o’sha koptokni ilib oladi”, “To’xta”, “Eng mergan kim”, “Ovchilar va hayvonlar”, kabi o`yinli mashqlar bolalarni ushubu sport turlarini yanada yaxshiroq hamda chuqquroq egallashlariga imkon beradi va bu o`yinlar inig talimiy ahamiyati bilan birga bolalarni bezor qilib yoki zo`riqtirib qo`ymaydi.

Pedagogik kuzatuvlar natijasi o`laroq bolalarning sog`lom turmush tarzini shakillantirish maqsadida tashkil qilingan “Davlat talablari” o`quv dasturida ham bolalarning har tomonlama yetuk shaxs bo`lib rivojlanishi uchun ishlab chiqilgan qoida hamda meorlar mavjud. Davlat talablari besha soxani o`z ichiga oladi bulardan birinchi “Jismoniy rivojlanish hamda sog`lom turmush tarzini shakillantirish” bo`lib ushbu soxa o`z ichida kichik bo`limlrga ajraladi unda bolalarning rivojlanishi uchun ularning yosh xususiyatlariga asoslangan normativlar belgilab berilgan.



Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi harakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo’l qo’yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishi bayoni faqat ko’z bilan baholanadi. Qator hakamlarning har qaysisi o’z fikrini o’zicha bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o’ta kuchli salohiyatni talab qiladi. Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o’sha harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o’lchoviga qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim bo’lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar ob’ektiv bo’ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko’rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat aktini baholashda baxslar, munozaralar qilishga to’gri keladi. Xulosalar sub’ektiv bo’lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy ta’sir qilish hollari ham uchraydi.

Pedagogik kuzatuv jarayonida malum bo`lishicha bolalarni aynan bo`g`cha yoshidan sport bilan muntazam shug`ullanib borishini nazorat qilish, undan tashqari maktabgacha ta`lim tashkilotida olib boriladigan har kungi ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari ham ularning sog`lom bo`lib rivojlanishi uchun muhum vosita bo`lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar “Ilk qadam” davlat dasturida amaliyot uchun berilgan.


Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish