ммпя
boyliklar bor, qaysi tog‘ni kavlasa, nima chiqadi - hammasini yozib
qo‘ygan ekan. Bu tilsim imorat tepasida bir qilich halinchak turadi. U yildan bu
yilgacha shu qilich uch soat to‘xtaydi. Shu paytda bir uquvi yetgan odam shu
tils im
imorat ichiga kirib, shundan bir nusxa ko‘tarib chiqsa, jami mamlakatda
■ima bo'lishini biladi. Qaysi kun yomg‘ir yog‘adi, qaysi kun g‘or yog‘adi, qaysi
fain shamol bo'ladi - hammasini yozib chiqadi”.
Ushbu so‘zlami aytgan roviy tinglovchisiga uquv-e’tiborli bo‘lishga,
Aflotun merosini egallashga chaqiradi va buning uchun lotin tilini ham o'rganish
kerakligini ta’kidlab o‘tadi:
“Yer yuzida bo‘lib turgan hunarlami o‘rganay desangiz, e’tiborli
bo‘lishlik ko‘nglingizda bo‘Isa, lotinchani o'qishga qattiq kirishib, mahkamlik
Man o'qisangiz, shu Aflotunning hamma qilgan ishini bilasiz
”.12
Demak, nafaqat ilm-u hunarli donishmandlar, arab va fors tilini bilgan
savodxonlar, balki xalqning savodsiz qatlami orasida ham Aflotun va Arastu
siymolariining o‘z qadr-u qimmati bo‘lgan. Aflotun xalq ertak va afsonalarida
sehr va joduning ustasi, kelajakni biluvchi donishmand, tilsim va jumboqlami
yechuvchi va o‘zi ham shunday murakkabliklami yaratuvchi tafakkur sohibi
sifatida tasvirlanadi. Siymoning hatto ajalga va taqdirga ham chap berishga qodir
bo‘lgan zakovat egasi, biroq hech bir boylig-u amal, martabaga da’vo qilmagan
va ilmdan boshqaga e’tibor qilmagan ulug‘ inson, buning ustiga Arastuga
mehribon ustoz sifatida tasvirlanishi ham ahamiyatli. Ayni paytda Arastuning
Aflotunga sadoqatli shogird va munosib izdosh etib tasvirlanishi real haqiqatga
mos kelishiham ahamiyatli motivlardan sanaladi.
Shimday afsona-ertaklaming yana birida Aflotun podsho Jamshid
zamonida yashaganligi aytiladi. Unda podsho insonni ham xafa, ham hursand
qiladigan himar ko'rsatishini so‘raganda, hakim podshoga hammomni taklif
etadi. Podsho hammomni yaxshi qabul qiladi, biroq unga o‘t yoqadigan go'laxni
qayerdan topaman, deb hayron bo‘ladi. Shunda Aflotun “boz-boz degan hunami
U Бу хакда каранг: Лукмони хаким. Эртаклар, накллар, кулки-хикоялар, латифалар. Тошкент: F.Fулом,
1990. Б. 52
^Зфсатилган манба: Б. 52.
16
yo‘qotsangiz, o‘t yoqadigan topilib qoladi”13, deydi. “ podsho boz-boz hunari
qaysi”, deb qiziqqanda “boz-boz — dorboz, nayrangboz, qimorboz, bedanaboz,
kaptarboz kabi”larni sanab beradi va bunday “hunar”lami man’ etilishi evaziga
hammomga o‘t yoqadiganlar ko‘payadi.
Ertak qisqa hajm va sujetga ega bo‘lishiga qaramasdan, unda ham xalq
lalqinidagi Aflotun obrazining muhim xususiyatlari ko'rinadi. Ya’ni Aflotun
dono *- u podshoga hammomni taklif etib, uni orastalikka chaqiradi. Boz-boz
hmarini yo‘qtftishni taklif etishi esa yurtda jamiki bekorchi va firibgarlarni
yo'qotish bo‘lib, bunday ishni el faqat ulug‘ insonlardan kutadi. Podshoning
~boz-boz”ning nimaligini bilmasligi ham kinoyaga yo‘g‘rilgandir. Ya’niki, o‘z
saroyidan tashqarini ko‘rmagan, yurtdagi haqiqiy ahvolni bilmaydigan kaltabin
podsholardan kulish bilan birgalikda, Aflotunga xalqning hurmati ham ushbu
rno'jaz ertakda ifodalanadi.
Xulosa qilganimizda, xalq og‘zaki ijodida Aflotun obrazi eng dono va
komil shaxs sifatida gavdalanadi. Unga ko‘zboylog‘ich-sehrgar, kelajakni
oldindan ko‘ruvchi, obi hayotni ilmi hikmat bilan qo‘lga kiritgan ustoz va nihoyat
taqdimi o‘zgartirishga intiluvchi xislatlari nisbat berilgan. Arastu obraziga esa
itoatgo'y va qobiliyatli, muhimi sadoqatli shogird, sohibi kamolot timsoli
yuklatilgan.
17
D Бу хакда каранг: Лукмони хаким. Эртаклар, накллар, кулки-хикоялар, латифалар. Тошкент: Е.Гулом,
Do'stlaringiz bilan baham: