Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich


Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion – integrativ faoliyatga tayyorgarligini baholash mezoni



Download 485,77 Kb.
bet49/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion – integrativ faoliyatga tayyorgarligini baholash mezoni

Hozirgi davr hayotimizning barcha manbalarida zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalana oladigan va uni takomillashtirish imkoniyati hamda ko‘nikmalariga ega bo‘lgan zamonaviy o‘qituvchilarni tayyorlashni talab etmoqda. Ilg‘or texnologiyalarni maqsadli o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiyaga oid innovatsion metod va uslublarni ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini innovatsiyalashtirish (axborotlashtirish, intellektuallashtirish )ga erishish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion – integrativ faoliyatga tayyorgarligi hamda o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha o‘rganiladigan fanlardan olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy mustahkamlovchi vosita sifatida amalga oshiriladi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashning asosiy vazifalaridan biri yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ularni aqliy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilardagi axborot madaniyati zamon talabi darajasida emasligining asosiy sabablaridan biri ham ta’lim-tarbiyada aqliy-ijodiy, shuningdek, innovatsion-integrativ faoliyatga katta e’tibor qaratilmaganligidadir. Olib borilgan tadqiqotchilarimiz natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion rivojlangan qilib shakllantirish ko‘p jihatdan ularni innovatsion jarayonda, innovatsion salohiyatda, innovatsion faoliyatda, innovatsion faoliyatni tashkil etishda, shuningdek, kompyuterlardan

turli mavzularni o‘rganishning ta’lim beruvchi dasturlari va elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish kabi faoliyatlarda muntazam ravishda ongli tarzda qatnashib borishiga bog‘liq bo‘lgan ekan.
96

Bunga erishish uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni oliy o‘quv yurtiga kirgan vaqtidan boshlaboq innovatsion-integrativ jarayonlarga kirib borish bilan shug‘ullantirish kerak. Bunga sabab innovatsion jarayonga kirib borish orqali ularda innovatsion resursni tarkib toptirish, innovatsion-integrativ salohiyatni shakllantirish va innovatsion-integretiv faoliyatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish samarali kechadi.

Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashdagi mavjud dastlabki faoliyatni o‘rganib chiqdik. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ularni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashda zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlaridan, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan samarali foydalanish nihoyatda muhim ekan. Bunga sabab bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning axborot madaniyatisiz innovatsion-integretiv jarayonga kirib borishi ancha mushkul bo‘lar ekan. Tajribalarning ko‘rsatishicha bunday muammolarini hal qilishga hozirda to‘liq imkoniyatlar mavjud. Bu borada muammoning echimini quyidagi ketma – ketlikda hal qilish ma’qul ekanligiga ishonch hosil qildik :

- yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz ta’lim tizimini qamrab oluvchi ishchi dastur ishlab chiqish ;

- o‘rta umumta’lim maktablarida yishlar axborot madaniyatini shakl-lantirishga qaratilgan faoliyatni jahon ta’lim talablariga moslashtirish ;

- nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ilgaridan shakllangan ta’lim uslublaridan alohida ta’lim oluvchilar xususiyatlarini (individuallashtirilgan ta’limni) e’tiborga olgan holda umumlashtirib foydalanish ;

- zamonaviy axborot texnika va texnologiyalarining ulkan imkoni-yatlarini ta’lim oluvchilarga ular tushunadigan qilib etkazish va ayniqsa, ulardagi komp’yuter bilan “tillasha” olish ko‘nikmasini yuksaltirishga muntazam e’tibor berib borish va shu kabilar.

“Hozirgi davrda turli axborot texnologiyalari, xususan, zamonaviy komp-


97

yuterlarning ulkan imkoniyatlarini bo‘lajak kichik mutaxassislarni axloqiy – tarbiyaviy, kasbiy yoki ijodiy saviyasi o‘sishiga xizmat qildirish vaqti keldi. Ba’zi joylarda turli kompyuterli o‘yinlar va tomoshalarga jalb qiluvchi tijorat tuzilmalarining soni ortib bormoqda. O‘z o‘rnida bunday raqobatni engib chiqish uchun fan to‘garaklari va laborotoriya mashg‘ulotlarida mazkur muammoga tegishli ta’lim – tarbiyani olib borish hamda bunday ta’lim – tarbiya maskanlarini zamon talabi darajasida jihozlash talab etiladi”.

Shuning bilan birga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ rivojlangan bo‘lishi, zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlaridan xabardorligi, ayniqsa ularning umumiy savodxonligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kasbiy ko‘nikma va malakalari shunchalik ortib boradi, ilmiy-ijodiy faoliyatga va ilmiy-texnik savodxonlik jarayoniga kirib borishi samaraliroq kichadi. Shularni e’tiborga olib bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashda quyidagi ko‘rinishdagi uslubiy asoslarga e’tiborni kuchaytirish lozim deb topdik :

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilardagi yangilikka qiziquv-chanlikni shakllantirishga oid innovatsion resurslarni tarkib topdirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishga oid intellektuallashtirilgan tizimlar ishlab chiqish. Bunda o‘rta umumta’lim maktablarida informatika va matematika fanlaridan olingan algoritmik madaniyatini ishga solish ishlariga kuchli e’tibor berish kerak bo‘ladi ;

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda innovatsion-integrativ salohi-yatni shakllantirish. Bunda o‘quv rejasidagi fanlar mazmuni va maqsadi kasbiy faoliyatni takomillashtiruvchi innovatsion-integrativ uslublar maqsadi va vazifasi bilan uyg‘un holatda ular bir – birini boyitishi va to‘ldirishi albatta e’tiborga olinishi lozim;

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilardagi innovatsion-integrativ faoliyatni shakllantirish. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni kasbiy


98

faoliyatga tayyorlashda kasbiy kompyuterli o‘yinlar, intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlaridan va kompyuterdan, trenajorlardan oqilona foydalanishga e’tiborni kuchaytirish kerak;

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ faoliyatni va malakalarini tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion-integrativ ta’lim yo‘nalishiga va innovatsion universal didaktik qurilmalaridan, xususan, mul’timediali texnologiyalardan foydalanishlariga hamda ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llariga kuchliroq e’tibor berish kerak bo‘ladi;

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatni tashkil etishga tayyorlash. Bunda ko‘proq “Ta’limni harakatchan modellar yordamida boshqarish”, “Muloqot nazorat darsi”, “Tizimiy yondashuv”, “Induksiya” kabi ilg‘or ilmiy va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan texnologiyalardan va metodlardan foydalanish lozim va ular bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning innovatsion-integrativ ta’lim texnologiyalarini ta’minlaydi.

Yuqorida qayd etilgan axborotli va uslubiy asoslar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ rivojlangan bo‘lishi va axborot madaniyatiga qo‘yilgan talablar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni jahon ta’lim talablariga mos holda olib borishni ta’minlaydi. Ushbu jarayonda ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalari samarali shakllanishiga hamda ularni amaliyotda mustahkamlashga imkoniyat yaratadi, turli modellar, modullar asosida o‘qitishning noan’anaviy shakl, usul va vositalaridan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quv bilimlari banki,
99

texnologik jarayonlarni tadqiq qilish va ularni o‘rganish orqali ilmiy-pedagogik ishlarni olib borishga oid innovatsion-integrativ salohiyat ham shakllanib boradi.

Demak, hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda innovatsion metod va texnologiyalar, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali bu sohadagi innovatsion-integrativ va intellektual sohani muntazam rivojlantirib borish mumkin ekan va bunda samarali innovatsion uslublarni o‘zlashtirib olib, ularni amaliyotga joriy qilish lozim. Bu borada zamonaviy ijodkor-o‘qituvchilar oldida quyidagi muammolarning optimal yechimlarini topish vazifalari turadi:

-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashga oid har bir kurs uchun (birinchi kursga innovatsion-integrativ jarayon, ikkinchi kursga innovatsion-integrativ salohiyat, uchinchi kursga innovatsion-integrativ faoliyat, to‘rtinchi kursga innovatsion -integrativ faoliyatni tashkil etish bo‘yicha) ta’lim mazmunini shakllantirib olish va ularni to‘ldirilgan, boyitilgan, mukammallashtirilgan ta’lim mazmuni talablari asosida tizim-lashtirib, ularni axborot ko‘rinishiga keltirish;

- ta’lim mazmuniga integratsiya qilinadigan dastlabki ma’lumotlar, didaktik materiallar va kreativ axborot majmualaridan axborotlar hajmi va qamrovini aniqlash, ularni o‘rganishga tegishli ta’lim oluvchi tafakkur qamrovi, vaqt byudjeti hamda ta’lim beruvchi intellektual salohiyatlarining bog‘liqligini e’tiborga olish mexanizmini ishlab chiqish;

- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim-tarbiyaning shakllari, uslublari va ularga innovatsion-integrativ metod va uslublarni qo‘llashga oid mexanizmlar ishlab chiqish;

- o‘quv jarayonining motiv komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida integratsiyalashtirilgan ta’lim mazmunini tarkib topdirishning integrativ texnologiyalarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha olib boriladigan ta’lim natija-
100

larini baholash me’yorlarini ishlab chiqish;

- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashdagi kasbiy sifatlar va pedagogik malakalarni o‘zlashtirilgan kasbiy kompyuterli trenajerlar tayyorlash;

- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholash va uning monitoringini kuzatib borish uchun mezonlar ishlab chiqish;

- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashda o‘rganilishi rejalashtirilgan fanlar bo‘yicha maqsadlar ketma-ketligi aniqlanib, undagi pirovard natijaga erishish uchun harakatchan modellarni qo‘llay olishni ko‘zlab faoliyat yuritish kerak va h.k.

Bu qayd etilgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishin qator ta’limiy afzaliklarini qo‘lga kiritishga dudaktik asos bo‘ladi. ular quydagilarda iborat, ya’ni, birinchidan, ta’lim oluvchilar ijodiy fikrlashga o‘rganadilar, ikkinchidan, dalilarni izohlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, uchinchidan, o‘rganilayotgan fanning axborotli-uslubiy ta’minotini kompyuterlashtirilgan holda tayyorlashga erishiladi, to‘rtinchidan, natijalarni tahlil qilishni o‘rgatish orqali ta’lim oluvchilardan yangi tafakkur paydo bo‘ladi.

ushbu jarayonda o‘qituvchiga quydagi muhim va istiqbolli vazifalar yuklanadi:


  • har qanday o‘qituvchi o‘zining fani bo‘yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lishi lozim;

  • o‘qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalar va uning yutuqlaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • o‘qituvchi intelektuallashtirilagan o‘qitish tizimlari va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishga oid dasturiy ta’minotlarni tayyorlash hamda joriy etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • o‘qituvchi bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashga innovatsion-integrativ mashg‘ulotlarni va tadbirlarni uyushtirish ko‘nikmasi

101


hamda malakalariga ega bo‘lishi kerak va shu kabilar.

Ushbu sohadagi izlanishlarimizning ko‘rsatishicha, o‘quv jarayonida innovatsion-integrativ kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonining samaradorligi ta’lim oluvchilar o‘quv-biluv faoliyatiga innovatsion-integrativ yondashuv yordamida amalga oshiriladi va bunday yondashuvda intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlarining ahamiyati katta bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi muammolarni yechishda mauyyan fanlar bo‘yicha alohida-alohida va mustaqil ravishda ishlaydigan quydagi intellektualllashtirilgan o‘qitish tizimlari hamda ularga oid muloqotli ishchi dasturlar kerak bo‘ladi:



  • o‘qitish-o‘rganish tizimlari;

  • axborot qidiruv tizimlari;

  • maslahat beruvchi tizimlar;

  • ekspert tizimlar;

  • ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishning monitoringini hisobga olish tizimlari;

  • ta’lim oluvchilarda shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash tizimlari;

  • ta’lim oluvchilar bilimlarini baholash va nazorat qilish tizimlari [ 15, 17, 19-20, 26, 31, 34-35, 40, 43-44, 67-68, 70].

Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni jamiyat taraqqiyoti va undagi zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlari hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi qator ijobiy yutuqlarimizda yangilanib, rivojlanib bormoqda va bular innovatsion faoliyatni tashkil etishning zarurligi hamda dolzarbligini dalillamoqda. Shuning bilan birga ular ta’limiy afzalliklarni qo‘lga kiritishga quydagi imkoniyatlarni yaratmoqda;

  1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayorlashni axborotli-uslubiy asoslar negizida amalga oshirishda ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham qulay vaziyatlardan foydalanib, tushuntirish, tushunish

102


imkoniyatlarini to‘liq egallay oladi va eng asosiysi ular bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quv-biluv faoliyatiga ijodiy yondashiladi.

  1. Ta’lim oluvchi sifatli va ishonchli o‘quv-didaktik, innovatsiyalashtirilgan ta’lim mazmuni hamda intellektuallashtirilgan kasbiy ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.

  2. Ta’lim oluvchilarning innovatsion-integrativ faoliyatni tashkil etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi samarali kechadi va bu orqali ular o‘zi shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm-fan ba texnika-texnologiyalarning eng so‘ngi yutuqlaridan habardor bo‘ladi.

  3. Innovatsion-integrativ faoliyatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini egallash orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarida dasturiy-didaktik ta’minotdan foydalanishni uddalay oladilar.

  4. Ta’limning innovatsion-integrativ metod va texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratiladi va rejalashtirilgan pirovard natijaga yetib borishni kafolatlaydi.

Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlashda ta’lim beruvchi ba ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligida, nafaqat o‘zi uchun yangi bilimlar o‘zlashtiriladi, balki bunda ta’lim oluvchi o‘zicha izlanishlar, kashfiyotlar ichida bo‘ladi. Ma’lumki, bunday innovatsion faoliyat ta’lim oluvchi uchun alohida shaxsiy qadryatga ega vas hu sababli innovatsion jarayon (salohiyat ham, faoliyat ham) bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning innovatsion-integrativ faoliyatga ishtiyoqini yanada yuksaltiriladi.

Mazkur tadqiqot ishida xam bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning dinamik tizimini yaratishning metodologik asoslari qaraladi.

Bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy talablar asosida raqobatbardosh qilib tayyorlashning asosiy mazmun-moxiyatini esa uzluksiz ta’lim tizimining axborotli ta’lim muxitini yaratish va zamonaviy axborot texnologiyalari negizida
103

ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish kabilar belgilaydi.

Demak, bu ta’lim muassasalaridagi ilmiy-pedagogik, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga zamonaviy uslub va metodlarni tadbiq etishni talab etmoqda. Bu jixat va talablarning bevosita bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga ham taalluqligini e’tiborga olib, qayd etish mumkinki, bunday raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash xozirda mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ushbu soxadagi olib borilgan izlanishlarimiz natijalari va tajribalarimizga asoslanib qayd etishimiz mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh qilib tayyorlashda ularni birinchi kursga kirganidan boshlaboq zamonaviy hamda ijodiy yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash kerak ekan va mazkur jarayonni dinamik tizim shaklida amalga oshirmog‘i lozim. Ushbu jarayonda bo‘lajak o‘qituvchi butun oliy o‘quv yurtidagi taxsili davomida dinamik tizimning ishtirokchisi bo‘ladi. Bunday jarayonda ta’lim beruvchidan xam, ta’lim oluvchidan xam ijodiy va innavatsion faoliyatlar og‘ushida yashashlik talab etiladi. Bunday muxim ijodiy-pedagogik yondashuvlarni qaralayotgan jarayonni tashkil etuvchilar (ta’lim-tarbiya jarayonining tashkiliy-tuzilmasi) va unga bog‘liq jixatlar (aloqadorliklar)ni e’tiborga olmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunda dastlab ijodiy-pedagogik yondashuv predmeti ta’lim-tarbiya jarayonining qaysi bo‘g‘iniga (kursga, fanga, mavzuga va shu kabilarga) tegishli ekanligi aniqlanadi va shu asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash yo‘nalishiga mos ijodiy-pedagogik yondashuv maqsadi aniqlanadi. Bundan keyin o‘quv rejasidagi fanlar bloklari, bular o‘rtasidagi aloqadorlik va bu aloqadorlikning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlari (fazilatlari)dagi o‘rni tahlil qilinadi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tadqiqot manbai sifatida aniqlab bo‘lgandan keyin, quydagidek bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash jarayonining takomillashtirish omillari o‘rganiladi:


104

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga o‘rta umumta’lim maktablarida va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limida xosil bo‘lgan tayanch tushunchalar; talaba yashab turgan atrof-muxitdagi mutaxassislik yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillar; mutaxassislik yo‘nalishiga tegishli ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlari; o‘quv vositalari; o‘quv usullari, o‘quv shakllari va pedagogik innovatsiyalar[1-2].

Bu jarayon bo‘lajak mutaxassis o‘qishga kirgan paytdan boshlab, oliy o‘quv yurtidagi taxsilini tugagunga qadar muntazam ravishda e’tiborga olinadi. Bu jarayondagi xar bir qadam natijasi bo‘lajak mutaxassisga bilim berish davomida nazorat qilinib, baxolab boriladi. Jumladan, birinchi kursda bo‘lajak o‘qituvchilarni an’anaviy ta’lim jarayonini olib borishga ijodiy yondashgan xolda muayyan mavzular bo‘yicha refarat va aniq mavzu bo‘yicha ma’ruza matni yozishga o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ikkinchi kursda xisobot, kurs ishi va ilmiy anjumanlarda qatnashishga ma’ruza tezisini yozishni bilmog‘i lozim. uchinchi kursda bo‘lajak o‘qituvchi refarat, ilmiy ma’ruza, kurs ishi, ilmiy-uslubiy maqola va shu kabilarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak, shuningdek, ta’limning faol usullarini (modulli ta’lim, dasturli ta’lim, trening darslari, ko‘rkazmali dars, auksion dastur va h.k) xam o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak, to‘rtinchi kursda bo‘lajak o‘qituvchi ilmiy xodim sifatida shakllana boshlashi kerak, ya’ni, u turli ilmiy anjumanlarga o‘z ilmiy izlanishlari natijalari bilan qatnashishi kerak va yana ular egallagan intellektual mulklari negizida malakaviy bitiruv ishlarini tayyorlay olishlari bo‘yicha o‘qituvchilar ilmiy-amaliy anjumanlarida fikr-muloxazalari bilan qatnashishi ushbu soxadagi faol-liklarining dalillaridan biridir.

Bu qayd etilgan uzluksizlikning samarali bo‘lishi uchun albatta qator talablarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Bunday talablarni zamonaviy bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mos holda quyidagidek ketma-ketlikda ifodaladik:


105

Dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qila olishi;

Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy mafkuraga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;

Insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muxitga munosanatini belgilovchi xuquqiy va ma’naviy mezonlarini bilishi, kasb faoliyatida ularni xisobga ola bilishi;

Axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil mukammal hamda asoslangan qarorlar qabul qila olishi;

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;

Yangi (zamonaviy) bilimlarni mustaqil ravishda ijodiy egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mexnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;

Sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy va ongli tasavvurga hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy jixatdan chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim”[1-2].

Jamiyat taraqqiyotining muntazzamligini ta’minlovchi ilm-fanni rivojlantirishda o‘sha jamiyatning har bir a’zosi tashabbuskor, g‘ayratli, ilmli, bilimli, qobiliyatli, ijodkor, axborotli va albatta innovatsion-integrativ rivojlangan bo‘lishi muhim axamiyat kasb etadi. Bunday bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash uchun esa ta’lim-tarbiya tizimini ushbu talablar darajasida islox qilish taqoza etiladi. Buning uchun ko‘rib chiqilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy tadqiqot qismini nafaqat integratsiyalashtirish balki uning dasturiy-didaktik, dasturiy-qurilmaviy, texnik-texnologik ta’minotlarini ham zamonaviy-lashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday ta’minotlarni zamonaviylashtirishda ko‘rib
106

chiqilayotgan ta’lim-tarbiya uchun shakllantiriladigan axborotli ta’lim muhitini yaratishda multimedia materiallaridan foydalanishning metodologik asoslarini tayyorlab olish zarur. Bu qayd etilganlar mavjud texnologiyalarda va ularning texnik vositalaridan oqilona foydalana oladigan, ularni takomillashtirish imkoniyati va ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni tayyorlash zarurligini ko‘rsatadi. Shu sababli bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash, ularni keng ko‘lamdagi texnika olami bilan tanishtirish ilg‘or texnologiyalarni amalga oshirish va jarayonlarni integratsiyalashtirish (ta’limni integratsiyalashtirish, axborotlashtirish va ular asosida innovatsion-integrativ ta’limni tashkil etish negizida) ni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan amalga oshirgan maqul. Bu borada innovatsion ta’lim-tarbiya texnologiyalarini ongli ravishda maqsadli o‘zlashtirish, jarayon yoki hodisa kechishini algoritmlash, ta’lim jarayonida muayyan bir belgilangan vaqtda ta’lim oluvchiga ko‘proq ishonchli va aniq ma’lumotlarni yetkazish, ta’lim - tarbiya jarayonining optimal variantlarini ta’minlash kabilar zamonaviy texnika-texnologiyalarning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday vazifalarni e’tiborga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion-integrativ faoliyatga tayyorlash zamonaviy pedagogikada dolzarb va istoqbolli muammodir.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida innovatsion pedagogik integratsiyalarni tarkib toptirish muammosining ijobiy hal etilishi – ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning pedagogik integratsilar va ularning mohiyati borasida ma’lumotlarga qanchalik egaligi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatining shakllanganligi, shuningdek, mazkur o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonini integratsiyalashtirilishiga nisbatan e’tibor-ning qaratilayotganligiga bog‘liq ekanligini nazarda tutib, ta’kidlovchi tajriba jarayonida tajriba-sinov maydoni sifatida belgilangan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida maxsus so‘rov tashkil etiladi.

Innovatsion pedagogik integratsiyaning ta’lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo‘yish va ularga kafolatlangan holda


107

erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog‘langan komponetlar yig‘indisi hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalishga doir o‘tiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqildi. Ushbu ish tarkibiga loyihaga qo‘shimcha mavzuga daxldor bo‘lgan barcha axborotlar, kompyuter sayti, tarqatma materiallar, ma’lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi. Innovatsion pedagogik integratsiya o‘z tuzilishiga ko‘ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: mashg‘ulot turi, unga ajratilgan vaqt, asosiy ko‘riladigan savollar, tayanch tushuncha va iboralar, o‘qituvchining maqsadlari, asosiy savollar matni, nazorat topshiriqlari, mustaqil ishlar, faydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati, natijalarni baholash. Har bir o‘qituvchi dars reja ishlanmasi tuzayotganda innovatsion pedagogik integratsiyaning barcha elementlarini oqilona qo‘llashi yuqori samara beradi. Shu nuqtai nazardan biz o‘zimizning magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Integrativ yondashuv negizida talim mazmunini modernizatsiyalashning pedagogik asoslari” deb nomlashni maqsadga muvofiq deb hisobladik.

108


Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish