Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich


III BOB. INTEGRATIV YONDASHUV NEGIZIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING AMALIY JIHATLARI



Download 485,77 Kb.
bet46/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

III BOB. INTEGRATIV YONDASHUV NEGIZIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING AMALIY JIHATLARI

3.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ma’naviy tarbiya berishda integrativ yondashuv

Xozirda ma’naviy xayotimizga nisbatan salbiy xolatlar, ya’ni turli xil taxdid va xavf-hatarlar uchramoqda va shu asosda yoshlarni tashqi salbiy ta’sirlardan asrash uchun nimalar qilishimiz lozimligini muammosi turibdi. Ushbu sohadagi izlanishlarimiz natijalari bunday muxim vazifani xal qilishni amalga oshirishda talaba-yoshlarning ma’naviy tarbiyasini, ulardagi o‘ziga hos immunitet va milliy mentalitetni integratsiya asosida olib borish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tmoqda[1-2].

Mazkur tadqiqot ishida xam talabalarga ma’naviy tarbiya berishga milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslangan xolda integrativ yondashuv qilishni ilmiy-metodik jixatdan asoslash masalasi qaraladi. Odamzod paydo bo‘libdiki xar qanday odamda o‘ziga hoslik mavjud, chunki u shunday shakllanadi. Bu asosan oilasidan, muxitidan, xalqining urf-odatlari va an’nalaridan o‘tadi va o‘sha o‘ziga hoslikni saqlab qolish xamda unga erishish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda kishilardagi immunitet ham mavjud. Shuning bilan birga kishilardagi immunitetlar majmuasi asosida ular mansub bo‘lgan xalq yoki millatning mentaliteti mujassamlashib shakllanib boradi. Xalq mentaliteti – bu ijtimoiy guruxga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy saloxiyat va muayyan millatning o‘ziga hos tarixiy an’analari, urf – odatlari, marosim va diniy e’tiqodlarining mujassamlashgan shaklidir.

Demak, talabalarimizni tashqi salbiy ta’sirlaridan asrashda milliy mentalitet va u asosida shakllangan immunitetning axamiyati katta bo‘ladi.

Bundan ko‘rinadiki, immunitet – ruhiy tizim. O‘z navbatida ma’naviy
84

immunitet ham kundalik hayotda xar hil bemanilik, nodonlik va jaholatdan asraydigan, ularga qarshi kurashishga undaydigan ruxiy tizimdir. Mentalitet esa ayrim kishining yoki xalq (millat)ning o‘ziga xos jixatlari majmuasi. Bunda yoshlardagi sog‘lom immunitet milliy mintalitetimizni shakllantirishning mustaxkam asoslaridan biri.

Yoshlardagi sog‘lom immunitetni shakllantirish albatta milliy mafkuramizning mazmun – mohiyati bilan integratsiyalashgan holda olib borilmog‘i lozim. Ayniqsa, milliy mafkuramizning asosiy vazifalaridan biri bunyodkorlik g‘oyalari yoshlar qalbi va ongiga singdirish masalasidir. Bu vazifaning zamirida qalbda etiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirishdan iboratdir.

Shu ma’noda milliy mafkuramiz o‘zining bosh va asosiy g‘oyalari, tamo-yillari hamda tushunchalari tizimiga ega bo‘lganligi sababli uni biz mustaqillik mafkuramiz deb ataymiz.

Insoniy fazilatlar (xayo, ibo, uyat, andisha, or-nomus, iymon va h.k.) kabi tushunchalarni hamma narsadan ustun qo‘yadigan, dunyoga qanchadan-qancha ulug‘ zotlar, mutafakkirlar, donishmandlar va avliyolarni etkazib bergan qadimiy bir xalqning davomchilari sifatida bugun biz barchamiz bunday axloqsizliklarga qarshimiz. Shuning uchun ham bunday xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni, avvalo, ma’naviy-axloqiy, shu jumladan ma’naviy-immunionologik tarbiya sohasidagi ishlar ko‘lami va mazmun-moxiyatga tegishli ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jonlantirish lozim. Ulardan talaba-yoshlar tarbiyasida ta’lim va tarbiyaning, shuningdek milliy xavfsizligimizga qaratilgan xavf-xatarlar, taxdidlar, tajovuzlardan saqlanishning mazmun-moxiyatidan integratsiyalangan xolda foydalanilsa talabalarga ma’naviy tarbiya berishning samaradorligi oshadi va ta’sirchanligi kuchayadi. Bu qayd etilganlarni e’tiborga olib, ana’naviy ta’lim mazmuniga milliy – ma’naviy qadriyatlarga oid ma’lumotlarni singdirishga integrativ yondashuv qilish texnologiyasini ishlab chiqdik.
85

Demak, talaba-yoshlarimizning qalbi va ongi, mustaqillik mafkurasi uchun kurashish masalasi ular tarbiyasida o‘ta muxim-dolzarb muammo bo‘lib, ma’naviy tarbiya amalga oshirishning samarali yo‘llari va uslublarini yaratish, barkamol avlodni sog‘lom turmush tarziga tayyorlashda mustaxkam ma’naviy asos bo‘lar ekan. Ular asosida talaba-yoshlar tarbiyasida istiqboli vazifa belgilab olinsa va uning muximligiga muntazam ravishda e’tiborni qaratib borilsa, yoshlarimizni tashqi salbiy ta’sirlardan asrashimizga imkoniyat yaratiladi. Bu borada muxim vazifa: Ona tuproq, Ona vatan, Ota-ona, oila, maxalla, jamoa va tarixiy xotira (o‘tmishga ijobiy munosabat), milliy g‘urur, barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq insoniy tuyg‘u va fazilatlarni talaba-yoshlar qalbi va ongiga ta’sirchan usul-vositalar yordamida muntazam ravishda singdirib borish, ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan milliy-ma’naviy mero-simizni zamonaviy taraqqiyot yutuqlari va ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati bilan uyg‘un xolda boyitish, rivojlantirish va ularning targ‘ibot va tashviqot ishlarini esa milliy va umumbashariy qadriyatlar mushtarakligi asosida tashkil etishdan iborat.

Demak, tinch-omonlikda yashash imkoniyati mavjudligi, yoshlarning o‘zligini namoyon qilishga barcha imkoniyatlarning etarliligi, musta-qilligimiz sharofati bilan tarixiy, ma’naviy, diniy, qolaversa milliy qadryatlarimiz muntazam ravishda tiklanib borayotgan bir paytda bu moddiy olamga kelgan ekanmiz, xar bir inson Allox bergan buyuk ne’mat aql-zakovatni, iymon e’tiqodni, irodasini, tafakkur durdonalarini ishga solib yashash kerak bo‘ladi, chunki irodasi va iymon-e’tiqodli kuchli insonlar xech qachon tashqi salbiy ta’sirlaridan domiga tushib qolmaydi.Shaxs tarbiyasi va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilash masalasi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar hamda faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Qomusiy olimlar – Abu Nasr Forobiy, Muxammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Maxmud Qashqariy, Yusuf Xos Xojib
86

Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning komil inson tarbiyasi va uning mohiyati haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan.

Mazkur tadqiqotlarda shaxsning har tomonlama shakllanishida ta’lim jarayoni bilan birga ijtimoiy muhit va biologik omillarning ham muhim ekanligi qayd etilib, shaxs rivojlanishining ichki extiyojlari, psixolo-gik xususiyatlarini inobatga olish hamda ijtimoiy extiyojlarning qanoatlantirilishi shaxs ma’naviyatini, ijodkorligini shakllantirishning asosiy sharti sifatida e’tirof etiladi. Bizning ishimizda ijtimoiy faol, ijodkor o‘qituvchi shaxsini shakllantirish bosh muammo qilib qo‘yilgan. Chunki o‘qituvchining ijtimoiy faolligi, ijodkorligi ma’naviy-ahloqiy mazmun kasb etib, jamiyat rivojida alohida mavqega ega hisoblanadi. Ijtimoiy faol, ijodkor o‘qituvchi mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, ijodkor, kasbiy bilim hamda malakaga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lib, jamoada o‘z qobiliyati, insonparvarlik fazilatlari, obro‘-e’tibori va yuksak madaniyati bilan alohida ajralib turadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tomonidan qo‘yilgan vazifalarga muvofiq hamda bugungi tub islohotlar amalga oshayotgan tezkor va globallashuv davrida mustaqil va erkin fikrlaydigan, ijodkor, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb vazifadir. Afsuski ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida mazkur muammoga doir ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan ilmiy – tadqiqotlar olib borilmagan. Bu esa ushbu masalalarda muayyan samaradorlikka erishish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda.SHunga ko‘ra yuqorida qayd etilgan holatlar mazkur ilmiy tadqiqot ishi mavzusining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishning pedagogik jihatlari deb tanlanishiga asos bo‘ldi.

Tadqiqot maqsadi. Ijtimoiy faol, ijodkor o‘qituvchi shaxsini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish hamda uning yaxlit tizimini aniqlash.
87


Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish