ZAMONAVIYLASHUV SHAROITIDA UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH MUAMMOLARI
M. Barakayev – ped.f.n., v.b. professor (Nizomiy nomidagi TDPU)
Ayubova Ruhsora – 2-kurs magistrant (Nizomiy nomidagi TDPU)
Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimini tashkil etishning asosini shaxsga yo’naltirilgan ta’lim tamoyillari tashkil etadi, ta’lim jarayonini tashkil etishda uning asosiy su’ektlaridan biri hisoblangan o’quvchining shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish talab etiladi. Aks holda ta’limning oldindan belgilangan maqsadlariga kafolatlangan holda erishib bo’lmaydi. Bu albatta juda ko’p omillar bilan bog’liq bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
umumiy o’rta ta’lim tizimda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bo’lgan tabaqalashtirib o’qitishning to’g’ri yo’lga qo’yilishiga erishish. Bunda har taqalashtirilgan ixtisosliklar bo’yicha alohida DTS lari, ular asosida o’quv dasturlari ishlab chiqilishi hamda shu dasturlar asosida har bir ixtisoslikning xusuyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy darsliklar, o’quv-metodik qo’llanmalar va didaktik materiallar tizimi ishlib chiqilishi kerak.
dono xalqimizda bir gap bor: “Qaysiki uyning poydevori mutahkam bo’lsa, u uyning o’zi ham mustahkam bo’ladi”. SHunday ekan, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlari yildan-yilga oshib borishi va pirovardida matematik tayyorgarligi talab darajasida bo’lishga erishish uchun minglab yillardan beri matematika fanining poydevori hisoblanib kelingan “Arifmetika” bo’yicha yetarli bilimlar boshlang’ich sinfda egallashi shart. Buning uchun boshlang’ich matematika kursini o’ta algebralashtirish va geometriyalashtirishdan voz kechish kerak.
Yuqoridagilarga samarali erishishga to’sqinlik qilib kelayotgan quyidagi muammolarni tez bartaraf etish talab etiladi:
Umumiy o’rta ta’lim tizimda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bo’lgan tabaqalashtirib o’qitishning to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi. Bizda tabaqalashtirgan holda o’qitish bo’yicha maktablar faoliyat yuritmoqda. Ammo ular uchun alohida DTS lari, ular asosida o’quv qo’llanma va darsliklar yaratilmagan.
Zamonaviy sharoitda bilim olish har bir o’quvchidan mustaqil ravishda o’z ustida ishlashni talab etadi. Bunda albatta maktab darsliklarni sifati muhim o’rin tutadi. To’g’risini tan olish kerak, bugungi kunda amalda bo’lgan maktab darsliklari talab darajasida emas. CHunki, ular go’yoki, o’quvchi uchun emas balki, o’qituvchi uchun yozilgandek. Negaki, amaldagi maktab darsliklari (matemtika fani bo’yicha o’quv darsliklari nazarda tutilmoqda) ularga qo’yiladigan didaktika tamoyilar talablariga mutloqa javob bermaydi. Vaholanki, o’rta darajada o’zlashtiruvchi o’quvchi, mustaqil ravishda yangi mavzuni 60 % gacha bo’lgan qismini mustaqil o’rgana olishi kerak.
Matematika ta’lim mazmunining murakkabligi va hajmining kattaligi. Amaldagi matematik ta’lim mazmuni aniq fanlar yoki tabiy fanlar yo’nalishiga mos keladi. SHuning uchun ham ma’lum sinfga (Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab) o’tgandan so’ng sinfdagi juda ko’p o’quvchilarning matematikani fani o’zlashtirishlari pasaya boshlaydi.
Boshlang’ich matematika kursining o’ta algebralashtirilib tashlanganligi. Dono xalqimizda bir gap bor: “Qaysiki uyning poydevori mutahkam bo’lsa, u uyning o’zi ham mustahkam bo’ladi”. SHunday ekan, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlari yildan-yilga oshib borishi uchun, minglab yillardan beri matematika fanining poydevori hisoblanib kelingan “Arifmetika” bo’yicha yetarli bilimlarni boshlang’ich sinfda egallashlari zarur. Qisqasi, boshlang’ich sinf matematikasi to’laligicha “Arifmetika”ni o’z ichiga olishi shart.
Xulosa qilib aytganda, biz mamlakatimiz umumiy o’rta ta’lim tizimida matematika fanini o’qitishda yuqoridagilarga amal qilsak, kelgusida o’quvchilar tomonidan matematikani anglangan holda o’rganishiga, pirovardida intelektual salohiyati yuqori bo’lgan zamonaviy kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarimiz oshadi.
Фойдаланилган адабиётлар
Гайбуллаев Н. Р., Дырченко И. И. Развитие математических способностей учащихся // Метод. пособие для учителей //. – Т. : “Ўкитувчи”, 1988. – 244 с.
Barakayev M. va b. Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili asosida matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish imkoniyatlari. – Т.: “ТДПУ Илмий ахборотлари”, 2018 йил, №3 (16)/2018, б.66-70
Do'stlaringiz bilan baham: |