Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

4.
 
Ustoz sozanda va xofizlar ijrochilik faoliyatlari haqida ma’lumot 
 
O‘zbek  xalqining  bebaho  boyligi  hisoblanmish  -  milliy  musiqiy 
cholg‘ularimiz  o‘zining  betakrorligi,  naqsh  bezagining  jozibadorligi,  ovoz 
tarovatining  rang-barangligi  va  ijro  imkoniyat-larining  beqiyosligi  bilan  milliy 
musiqiy  madaniyatimizda  alohida  o‘rin  tutadi.  Musiqiy  cholg‘ular  azal-azaldan 
o‘zbek xalqining  ma’naviy  hayotida  muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush 
tarzi  bilan  chambarchas  bog‘lanib  ketgan.  Ular  hozirgi  kunda  ham  kishilar 
dunyoqarashining  shakllanishida  o‘ziga  xos  xususiyat-larga  ega.  Ayniqsa, 
cholg‘u  ijrochiligi  san’ati  ajdodlarimiz  tomonidan  asrlar  davomida  noyob 
estetik  vosita sifatida shakl-lanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy  musiqa 
ijodiyotida  ham  katta  qiziqish  uyg‘otib  kelmoqda.  Uning  barcha  o‘ziga  xos 
xususiyatlari va qirralarini o‘rganish esa cholg‘u ijrochiligi amali-yotini boyitishga 
yordam beradi.
 
Milliy  musiqiy  sozlarimiz  juda  qadimiy  va  boy  tarixga  ega.  Musiqa 
san’atida  dastlabki  zarbli  (membranofon)  cholg‘ular  eramizdan  avvalgi  o‘n 
uchinchi  ming  yillikda  paydo  bo‘lgan.  Manbalarda  qayd  etilishicha,  bunday 
cholg‘ular  qadimgi  mehnat  qo‘shiqlarining  ritmik  tuzilishi  bilan  bevosita  bog‘liq 
bo‘lgan. Keyinchalik shovqinli (idiofon) cholg‘ular paydo bo‘ldi. Ijrochilar qarsak 
chalib  ritmni  ta’kidladilar,  shovqinli  cholg‘ular  ta’sirini  kuchaytirdilar.  Ijrochi 
ayollarning  chapak  zarblari  o‘ziga  hos  tak-rorlanmas  go‘zal  holatni  vujudga 
keltirar  edi.  Shu  sababli  zarbli  cholg‘ular  eng  qadimgi  cholg‘ular  turiga  kiradi. 
Ularning  kelib  chiqishi  insonning  qadam  bosishi,  mehnat  jarayoni,  raqs  harakat-
lari,  ov  va  harbiy  yurishlari  bilan  bog‘liq.  Uzoq  tarixiy  rivojlanish  davomida  turli 
xalqlar  musiqa  amaliyotida  o‘zining  tuzilishi,  tovush  hosil  qilishi,  ijro  va  ifoda 
imkoniyati jihatidan xilma-xil zarbli cholg‘ularning turlari shakllangan. 
 


 
74 
Taniqli  olima  T.Vizgoning  ma’lumotiga  ko‘ra  mudovara  (tarelka)  harbiy 
cholg‘ular  qatoridan  ham  o‘rin  olgan.  Misli  mudovara  (sanj)lar  ham    meloddan  
uch    ming  yil    oldin    ma’lum    bo‘lsa-da,  zamonamizgacha  xuddi  doyra 
cholg‘usidek  o‘z  shaklida  yetib  kelgan.  Zarbli  cholg‘ular  -  doyra,  debu,  daff, 
daz, dov, sanj,  g‘o‘lachalar meloddan ikki ming yil  muqaddam (nisoniylar davri) 
vujudga kelib, turli shakllari, tuzilish va zarblari bilan takomillashib bizgacha yetib 
kelgan. 
Musiqiy  cholg‘ular  juda  qadimiy  rivojlanish  tarixiga  ega.  Arxe-ologik 
qazilmalar,  qoyatoshlardagi  va  devoriy  tasvirlar,  tarixiy  va  ilmiy  hujjatlar, 
adabiy  manbalar,  miniatyura  asarlaridan  musi-qiy  cholg‘ular  uzoq  o‘tmishda 
mavjud  bo‘lgani  va  turli  xalqlar  o‘rtasida  muloqot  vositasi  bo‘lganligini 
isbotlaydi.  O‘zbek  xalq  cholg‘ulari  haqidagi  bebaho  ma’lumotlar 
A.Eyxgorn,  V.Bertels,  A.Boldirev,  B.Riftin,  A.Semyonov,  R.Sadokov,  T.Viz-go, 
O.Malkeyevalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.  
So‘nggi  yillarda  musiqiy  cholg‘ularni  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish 
nafaqat  bizning  respublikamiz,  balki  chet  davlatlarda  ham  sezilarli  darajada 
ortdi.  Ushbu  yo‘nalish  bugungi  kunda  zamonaviy  san’atshunoslik  ilmi  oldida 
turgan  dolzarb  muammo-lardan  biri  hisoblanadi.  Musiqiy  cholg‘ular  ma’naviy 
madaniyat  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  jamiyat  rivojining  ma’lum  bosqichida 
shakllangan  estetik  didni  ham  aniqlaydi.  Shuningdek,  musiqiy  cholg‘ular  va 
ularning  madaniy  yodgorliklardagi  tasvirlari  o‘t-mish  davr  hayotidan  dalolat 
beruvchi haqiqiy va yagona ma’lumot manbai hisoblanadi. 
O‘rta  asr  musiqa  ijrochiligi  madaniyatining  o‘ziga  xos  xusu-siyatlaridan  biri 
shu  ediki,  sozandalar  nafaqat  bir  necha  turdagi  musiqa  cholg‘ularini  chala  olgan, 
balki  o‘zlari  ham  musiqa  basta-laganlar.  Sozandalar  o‘z  davrining  yetuk 
musiqachilari  va  shoir-lari  ham  bo‘lishgan.  O‘rta  asr  sharoitida  musiqiy 
ixtisoslashuv  maxsus  musiqiy  ustaxonalarning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Bu 
yerda  ustoz-shogird  an’analari  qaror  topib  rivojlandi.  Ayni  paytda  ansambl 
ijrochiligi 
takomillashdi, 
musiqa  san’atining  asosiy  ko‘rinishlari 
shakllanib,  cholg‘ularining  yangi  namu-nalari  kashf  etilishi  ham  o‘sha  uzoq 
davrlarga borib taqaladi. 


 
75 
Sharq  olimlarining  nazariy  qarashlari  mavjud  ijrochilik  san’ati  tajribasi 
asosida  shakllangan  bo‘lib,  ular  o‘z  risolalarida  musi-qaning  jamiyatda  tutgan 
o‘rni  va  ahamiyati  haqida  atroflicha  ma’lumot  berganlar.  Forobiyning  (873-950) 
“Katta  musiqa  kito-bi”,  Ibn  Sinoning  (980-1037)  “Davolash  kitobi”  qomusidagi 
“Mu-siqa  haqida  risola”,  Al-Xorazmiyning  (X)  asr  “Bilimlar  kaliti”,  Safiuddin 
Urmaviyning (1216-1294) “Oliyjanoblik haqida kitob”  yoki “Sharafiya” kitobi, 
A.Jomiyning  (1414-1492)  “Mu-siqa    haqida    risola”    kitoblarida    musiqa  
ijrochiligi  va  xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  o‘zbek  xalq  cholg‘ulari  ijrochiligi 
sohasidajiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: yangidan-yangi shakllar paydo bo‘ldi. Xalq 
ijrochiligi  an’analari  asosida  yangi,  nisbatan  murakkab  va  mukammal,  xalq 
hayotining  turli  tomon-larini  yorituvchi  kuy  va  qo‘shiqlar  yaratila  boshlandi. 
Taniqli  dutorchi,  tanburchi,  doyrachi,  naychi,  surnaychi,  bulamonchi,  g‘ijjakchi, 
qashqar  va  afg‘on  rubobchilari  paydo  bo‘ldi.  Xalq  cholg‘ulari  musiqa 
ixlosmandlari orasida keng  yoyildi. Ular “Navro‘z” bayramlarida va shu singari 
xalq sayllari va tomosha-larida, hosil bayramlarida faol ishtirok etdilar. 
 Cholg‘ular  orasida  musiqa  tovushlarini  yozib  ko‘rsatadigan  maxsus 
belgilar tizimini (notatsiya) yaratishga intilish paydo bo‘ladi. Buni amalga oshirish 
shoir va musiqachi 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish