3.
Turli ijro yo’llarini farqlay olish
O‘quvchining tavsiya qilingan cholg‘uga ko‘nikish hosil qilishi murakkab
jismoniy va ruhiy jarayon bo‘lib, bunda har bir o‘quvchiga mustaqil yondashish
talab etiladi. Ta’limning dastlabki mashg‘ulotlaridan boshlab shogirdga cholg‘u
asbobi, unga mos anjom (nohun, mezrob, kamon va h.k)lar tanlash juda muhim.
Yaxshi tanlangan cholg‘u keyingi muvaffaqiyatlar garovi bo‘lib, uni to‘g‘ri
ushlash va ijro holati paytida butun tana a’zolari, mushaklarni erkin tutish va
doimo ustoz nazorati ostida bo‘lish zarur. Bu davrda o‘quvchilarda yengil va
bemalol chalishga ruhiy ko‘nikmalar hosil qilinadi. Bosh, gavda, qo‘l va oyoqlarni
erkin tutish, o‘tirib chalgan paytda oyoqlarni chalishtirmaslik malakalari
singdiriladi. O‘quvchining jag‘ suyaklari va tishlarning har xil rivojlanganligi
natijasida cholg‘uni ushlash holati har bolada turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda
tishlarning notekisligi natijasida cholg‘ularni chap yoki o‘ng tomonga qiyshaytirib
ushlashi, puflama cholg‘ulari jag‘ suyaklarining shakllanishiga qarab ko‘proq
yuqoriga yoki pastga qaratib ushlash holatlari kuzatiladi. Ijrochilik tajribasida
bunday o‘quvchilarga ustozning tavsiyasiga qarab turli shakldagi anjomlar (nohun,
mezrob, kamon va h.k) tanlanadi. Kezi kelganda ular maxsus buyurtma orqali
yasatiladi va o‘quvchining imkoniga moslangan holda qo‘llaniladi.
Ijrochilik nafasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda o‘quvchi nafas olganda o‘pkaning
pastki qismlari to‘lishini sezishi uchun oldin uni stolga yotqizgan holda tabiiy
nafas oldirish va diafragma ishini tushuntirish, so‘ngra ikkala qo‘l barmoqlari
(ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz, jimjiloq)ni qorin va bosh barmoqlarni biqiniga qo‘ygan
71
holda nafas olish va asta sekin chiqarish mashqlarini bajartirish maqsadga
muvofiq. Bunda shogirdning o‘pka qopchalarini pastdan to‘lishi, diafragma
mushaklari kengayishi va qisqarishini o‘z tanasi va barmoqlari orqali sezadi,
ko‘radi va kelgusida shunga amal qiladi.
Xususan o‘quvchiga audio, video yozuvlar va ulardan qanday foydalanish,
mashhur sozandalar ijrolarini yig‘ish va muntazam tinglab borish, shogird bilan
ularning ijrolari to‘g‘risida mulohaza va muhokamalar yuritish ta’limda juda
yaxshi samara berishi muqarrar.
Kichik shakldagi kuylar ustida ishlaganda, ular o‘quvchida bastakor uslubi,
uning yo‘nalishi, musiqiy fikrning ixchamligini aniq va tiniq anglab olinishida
katta yordam beradi. Chunki kichik shakldagi asarlar zinapoyaning birinchi
pog‘onasi bo‘lsa, uni bosib o‘tgandan keyingina o‘rta pog‘onaga, ya’ni o‘rtacha
shakldagi asarlarga qo‘l urish mumkin bo‘ladi. O‘rtacha kuylar esa katta hajmdagi
asarlarni o‘rganish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Misol uchun maqom
ijrochiligini o‘rganish uchun,xalqchil, lapar, qo‘shiq, doston nomalaridan
parchalarn kabi eshitilib yurgan asarlardan boshlansa o‘rta pag‘onada ikki, uch
bo‘limdan iborat xalq og‘zaki ijodiga mansub asarlari yoki maqom yo‘lidagi
kichkina asarlar, shuningdek maqomlardagi gardun, peshrav qismlarini ijro etsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. An’anaviy ijrochilikda eng yirik asarlar sirasiga
maqomlardagi mushkilot-cholg‘u qismidagi asarlardan boshlanib toki ashula
yo‘llarining saraxbor, talqin, nasr, savt va mo‘g‘ulchalar ijro ettirish ma’quldir.
Bunday asarlar o‘rtacha shakldan ham murakkabroq bo‘lib, sozandadan
muayyan professionallikni hamda yuksak musiqiy mahoratni talab qiladi.
O‘rtacha shakldagi asarlar ustida ishlashda ham kichik, ham yirik shaklga
aloqador bo‘lgan tamoyillar o‘zlashtirilib, murakkab yirik shakldagi asarlarni ijro
etishga tayyorlaydi. Misol sifatida O‘zbekiston xalq artisti, akademik Y.Rajabiy va
professor M.Yusupovlar tomonidan notaga olingan va nashr etilgan XI tomlik
“O‘zbek xalq musiqasi” va maqom kitoblarida berilgan asarlar ko‘zda tutiladi.
Bastakorlar ijodida ham yirik va o‘rt, a shakldagi asarlar ijod qilganlardan
X.Abdurasulov
T.Jalilov,
D.Zokirov,
I.Ikromov,
F.Sodiqov,
K.Jabborov
boshqalarni keltirib o‘tish mumkin.
72
Yuksak ijrochilik darajasiga yirik musiqiy asarlar ustida qunt bilan
ishlagandagina yetishish mumkin. Chunki ushbu jarayonda ijrochi oldida musiqiy
tafakkur, ijrochilik madaniyati, musiqiy did va ijrochilik mahoratiga oid mohiyati
jihatidan turli tuman musiqiy murakkabliklar paydo bo‘ladi.
Yirik shakldagi asarlar haqida gapirganda daslab cholg‘u musiqasi
ijodkorligining yetuk shakli bo‘lgan, tugal, chuqur va murakkab jarayonlarni
rivojlantiruvchi maqomlardagi cholg‘u yo‘llari to‘g‘risida so‘z ochgan ma’qul.
O‘zbek bastakorlarining ijodiga buyuk bastakorlarimiz X.Abdurasulov
T.Jalilov, D.Zokirov, I.Ikromov, F.Sodiqov, K.Jabborovlar ijodida salmoqli o‘rin
egallaydi. Bizning janr va asarlarimiz qadimdan o‘z o‘rnini topib kelgan. Aytib
o‘tilgan bastakorlar bastalagan asarlarining andozasini maqomlar va evropa
janrlarini uyg‘unlashtirgan holda yaratganlar.
Bastakorlik davrining ikkinchi fasliga keladigan bo‘lsak, har bir ijrochi o‘z
asarini yarata boshladi. Bulardan: X.Abdurasulov, J.Sultonov, K.Otaniyozov,
O.Xotamov, F.Mamadaliev, Q.Iskandarov, A.Ismoilovlarni aytib o‘tishimiz
mumkin.
Bastakorlik tarixida yaratilgan asarlar o‘zining mazmuni, garmonik tili, kuy
yo‘nalishi, metroritmi kabi nafaqat ichki jihatlari balki, tashqi, ya’ni qismlari va
shaklining butun tuzilishi bilan ham qisman o‘zgarishlarga uchradi.
Shu asarlarning musiqiy cholg‘u asbobi ifoda vositalarining turli jihatlarini
va sozandaning mahoratini yaqqol ochib beradigan janrlardan hisoblanadi.
Ma’lumki,17 asrning yirik musiqashunosi Darveshali Changiy o‘zidan
oldingi va zamonasining musiqiy kuylari bilan bir qatorda, lad, pardalari haqida
so‘z yuritgan. O‘n ikki maqomning kelib chiqishi, ustoz-shogird silsilasi, musiqiy
sozlar haqida so‘z yuritgan.
19 asrning o‘rtalarida ya’ni 1847-yilgacha Buxoroda Shashmaqomning
shakllanishi va qadimdan ijro uslublari va janrlari, o‘tgan asrdagi bastakorlik
ijodiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bundan tashqari o‘zbek opera va drammalariga
Mumtoz musiqalar asosini maqomlar va xalq kuylari tashkil etadi.
73
Milliy cholg‘ular uchun ijro asarlari boshqa cholg‘ularda bo‘lganidek asrlar
davomida rivojlanib keldi va o‘z takomilini topdi. Mumtoz va undan oldingi davr
asarlari tomonidan milliy cholg‘ular uchun ko‘plab asarlar yaratilganini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |