Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

Sanoyi  Nafisa
”  nomli  birinchi  kasaba  uyushmasini  tuzib,  shahardagi 
jamiyki  san’atkorlarni  huquqlarini  himoya  qilish  va  musiqiy  san’atni  xalq 
orasida  targ‘ibot  qilishda  tashabbuskorlik  qildi.  Uning  rahbarligida  tuzilgan 
ansamblda,  ustozi  Mulla  To‘ychi  Tosh-muhammedov,  Ilhomjon  dutorchi, 
Karimbek xo‘ja g‘ijjakchi, Shoborot - tanburchi, Ilyosxo‘ja - changchi va ularning 
shogird-lari:  Yunus  va  Risqi  Rajabiylar,  g‘ijjak chi  bastakor  Imomjon 
Ikromov,  kamonchi  bastakor  Po‘lat  Rahimov,  dutorchi  Abdu-soat  Vahobov, 
hofizlar  Shoqosim,  Shoolim,  Shoakbar  Shojali-lovlar  kabi  san’at  ustalari 
xalqqa faol xizmat qildilar.  
Ustoz  Shorahim  Shoumarovning  Chorsu  bozori  yonida  “Qi-zil 
choyxona”da  joylashgan  ansambli  va  Yunus  Rajabiyning  “Chaqar”  mahalla 
choyxonasida  tuzgan  ansambli  yosh  havas-kor  san’atkorlar  uchun  haqiqiy 
musiqa  maktabi  bo‘ldi.  Bu  ikki  dargohda  Toshkent  san’atkorlaridan  tashqari 
Farg‘ona vodiysi-dan, Buxoro, Samarqand, Xorazmdan mashhur san’at ustalari 
va  ularning  shogirdlari  ham  birgalikda  xalqqa  o‘z  san’atla -rini  namoyish 
qilishardi.  Ularning  konsert  dasturlari  asosan  klassik  maqom  va  mumtoz 
ashulalardan va o‘zlari bastalagan kuy va qo‘shiqlardan iborat edi. Bundan tashqari 
ustoz  san’atkorlar  o‘zlari  ham  turli  klub  -  maktablarda  musiqiy  havaskorlar 


 
89 
to‘garak-larini  tuzib  yoshlarga  saboq  berdilar  va  ko‘p  yosh  sozanda  va 
xonandalarni tarbiyaladilar. 
Xuddi  shunday  “Sanoyi  Nafisa”  kasaba  uyushmasini  1920-yili  Andijon 
shahrida  xalq  orasida  Orif  -  garmon  tahallusi  bilan  tanilgan  Orif  Toshmatov 
tashkil  qildi.  O‘zbek  san’atkor  va  zi-yolilaridan  tuzilgan  jamoada  Muhiddin 
xo‘ja Najmiddinov, So-birjon Siddiqov, Berkinboy Fayziyev, Dehqonboy hofizlar, 
Yo-qubjon changchi, Ashurali Oxun dutorchi, Nazir Oxun g‘ijjakchi, Zokir Eshon 
doyrachi,  Hayit  Oxun  tanburchi,  Rustam  Mehtar  surnaychi,  Ismat  karnaychi, 
Sayfi  qayroqchilar  bor  edi.  Bu  an-samblda  g‘ijjakchi  bastakor  To‘xtasin  Jalilov, 
Hayitxon 
tanbur-chilarni 
yonlarida: 
Komiljon  Jabborov, 
Lutfullaxon 
Xo‘jayev, Rahmat Otaboyev, G‘anijon Toshmatov, Ishoq Qori, Salohiddin hoji 
kabi havaskor yoshlarni ham ko‘rish mumkin edi.  
Mazkur  jamoani  keyinchalik  mashhur  bastakor,  O‘zbekiston  xalq  artisti 
To‘xtasin  Jalilov  ham  boshqargan.  U  o‘zining  ustozi  Orif  Toshmatovning 
faoliyatini shunday ta’riflagan edi: “Bizning rahbarimiz Orif aka garmonda o‘zbek 
xalq  kuylaridan  “Abdurah-monbegi”,  “Nasrulloi”,  “Ajam”,  “Tanovar”,  “Ufor” 
kabi  klassik  musiqalardan  tashqari,  “Dunayskie  volni”,  “Amurskie  volni”, 
“Krakovyak”,  “Polka”,  “Varshavyanka”,  “Internatsional”,  “Smelo  mi  poydyom” 
kabi  ruscha  va  Hamzaning  kuylarini  va  o‘zi  basta-lagan  musiqalarni  jo‘shqinlik 
bilan  ijro  etib,  hammani  lol  qoldirar  edi.  Shular  orasida  uning  “Andijon  polkasi” 
juda  ham  mashhur  bo‘lib  ketdi.  “Shunisiga  qoyil  qolar  edimki,  ustoz  o‘zbek 
xalqining mumtoz kuylarini dutorda qanday chalsa, garmonda ham shunday nozik 
mohirlik  bilan  ijro  etar  edi”.  Bu  holat  o‘sha  davr  o‘zbek  tomoshabinlari  uchun 
ham qiziqarli, ham yangilik edi. 
1920-1930-yillarda  yetim  qolgan  qiz  bolalar  uchun  maxsus  internat  -  maktablar 
ochiladi.  Respublikamizda  bunday  internat  -  maktablar  har  bir  viloyat 
markazlarida  tashkil  topdi.  Bunday  maktablarda  umumta’lim  fanlarini  o‘qitishdan 
tashqari  musiqa va badantarbiya darslari ham o‘qish dasturiga kiritilgan edi. 
Darslardan  bo‘sh  vaqtlarda  qizlar  xor,  o‘zbek  xalq  cholg‘ulari  va  raqs 
to‘garaklariga  qatnashar  edilar.  Mazkur  internatlarning  ora-sida  Toshkentdagi 
Saodatxonim  Enikeyeva  rahbarlik  qilgan  “Ze-buniso”  nomli  qizlar  internat  - 


 
90 
maktabida  havaskorlar    xori,  drama  va  o‘zbek  xalq  cholg‘ularida  ijrochilik 
to‘garaklari  tashkil  qilindi.  Xor  jamoasiga  xormeyster  V.Sakovich,  unga  Ali 
Ardobus  yordam  berdi.  Drama  -  raqs  to‘garaklariga  Ali  Ardobus  rahbarlik  qildi, 
Musiqiy  cholg‘ularni  qizlarga  Shorahim  Shoumarov  va  Abdusoat  Vahobovlar 
o‘rgatishardi.  Internatni  mazkur  jamoalari  tez  orada  “San’atchi  qizlar”  nomi 
bilan  Toshkent  maktablarida,  klublarida  o‘z  san’atlarini  1923-1924-yillardan 
boshlab  namoyish  qildilar,  olqishlarga  sazovor  bo‘lib,  barchaga  o‘rnak  bo‘ldilar. 
Huddi shunday   havaskorlar jamoasi, 1919-yilda “Namuna”  nomli qizlar  internat  - 
maktabida  Shorahim  Shoumarov  va  I.Lutfullayevlar  rahbarligidagi  tashkil  etilgan 
o‘zbek  xalq  cholg‘ulari  ansambli  ham  mashhur  bo‘lib  ketgan  edi.  Mazkur  jamoa 
1923-yili  Ozarbayjonga  safarga  borib,  Baku  shahrida  Ozarbayjon  maktab 
havaskorlari  bilan  birlikda  konsertlarda  faol  qatnashib,  hurmat-ehtiromga  sazovor 
bo‘lib qaytganlar. 
1920-yillarda  o‘quv  yurtlari,  zavodlar,  fabrikalar  qoshida,  qishloq  joylarda, 
“Ko‘k  ko‘ylak”,  “San’atchi  qizlar”,  “Sanoyi  na-fisa”  kabi  musiqiy  jamoalar 
tuzildi.  Tashkil  etilgan  ijodiy  jamo-alar  tarkibida:  nay,  chang,  dutor,  tanbur, 
g‘ijjak,  doyra,  nog‘ora  va  qashqar  rubobi  sozandalaridan  tarkib  topgan  xalq 
cholg‘ulari ansambllari ham bor edi. 
1920-yillarning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  yoshlar  tashab-busi  bilan 


Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish