Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

Usta Olim Komilov
 nomi bilan 
bog‘liqdir.  U  o‘zining  yarim  asrlik  umrini  xalq  san’atini  o‘rganish  va 
rivojlantirishga bag‘ishlagan.  Xalq  cholg‘ularidan  chang  va  doyrada birdek o‘z  
 ijro  mahoratini  namoyon  eta  oldi.  Doyrada  ijro  mahoratini  mukammal  
darajada  egallagan  ustoz-san’atkor,  keyinchalik  o‘zbek    xalqining  boy  va  rang-
barang qo‘shiq va raqslarining betakror usullarini to‘plashga katta hissa qo‘shgan. 
Usta  Olim  Komilov  1875-yil  Mar-g‘ilon  shahrida  to‘quvchi-hunarmand 
oilasida    dunyoga    kelgan.    Ota-onasi-  dan    erta    ayrilib    qolgan    Olimjon    10 
yoshidan  arava  tayyorlaydigan  usta-xonaga  kirib  ishlashga  majbur  bo‘ladi.  Shu 
tarzda bir  necha  yil  yashashga to‘g‘ri keladi.  Faqatgina kechqurunlari  hech kimga 
bildirmay  to‘ylarga  borib  u  yerda  tinglagan  musiqa  unga  xur-sandchilik  baxsh 
etardi. O‘sha paytlarda doyra ijrochiligi san’ati keng quloch yoygan edi. Olimjonda 
doyraning  sehrli  zarblari  yoshligidanoq  zavq  uyg‘otardi.  Ishdan  bo‘sh  paytlari 
darhol  qo‘liga  doyrasini  olib,  xotirasida  saqlanib  qolgan  usullarini  qay-tara 
boshlaydi. 
Tez orada  u  yallachi  (qo‘shiqchi) ayol  Salom  xolaning e’ti-borini o‘ziga  jalb 
etadi.  U  boladagi  musiqaga  bo‘lgan  qiziqishini  ko‘rib  o‘zi  bilan  to‘ylarga  olib 
boradi.  Shu  tariqa  u  asta-sekin  turli  tadbirlarda  musiqa  va  raqslarga  jo‘rnavozlik 
qila boshlaydi. Olim-jonning mahoratli sozanda bo‘lib yetishishida taniqli doyrachi 
Masaid  otaning  xizmatlari  beqiyosdir.  U  yosh  iqtidor  egasiga  doyra  chalishning 


 
79 
o‘ziga  xos  nozik  yo‘llari  va  sirlarini  o‘rgatadi.  Olimjon  doyradan  tashqari 
chang,  nog‘ora  va  dutor  chalishni  ham  mukammal  o‘rgandi.  Doyra 
ijrochiligida  uning  iste’dodi  yorqinroq  namoyon  bo‘ldi.  U  chalayotgan  doyra 
alohida  ta’sir-chanlik  kasb  etardi.  Uning  sadolari  o‘ziga  xos  va  ta’sirli  bo‘lardi. 
Cholg‘uchining  ijrosi  o‘zining  ritmik  aniqligi,  dinamik  va  tembr  bo‘yoqlarining 
rang-barangligi  hamda  jilvador  va  betakror  ovoz  tarovati  bilan  boshqalardan  
ajralib turardi.  
1918-yili  u  Marg‘ilondagi  turli  tashkilotlarda  musiqiy  havas-korlik  badiiy 
jamoalarini  tuzib,  ular  bilan  choyxonalarda  va  qish-loqlarda  konsertlar  bera 
boshlaydi  va  iqtidorli  yoshlarni  ushbu  ansamblga  kelib  qo‘shilishga  jalb  etadi. 
O‘sha  davrda  u  20  dan  ortiq  yoshlarni  jalb  eta  olgan.  Ular  esa  kelgusida 
professsional sozandalar darajasiga erishdilar. 
1926-yili Olim Komilov taniqli komik-raqqos Yusupjon qiziq bilan birgalikda 
Muhiddinqori  Yoqubov  tomonidan  tashkil  etilgan  konsert-etnografik  ansambliga 
ishga kiradi. Keyinchalik  ushbu ansamblga Tamaraxonim  ham kelib qo‘shiladi  va 
bir necha yillar davomida Usta Olim Komilov bilan birgalikda ijodiy faoliyat olib 
boradi.  Bir  yildan  so‘ng  ular  Moskva,  Leningrad  va  Boku  shahar-larida  gastrol 
safarlariga  boradilar  va  ko‘p  sonli  tinglovchilarni  o‘zbek  halq  ijodiyotining  boy 
namunalaridan bahramand etadilar. 
1930-yili  ansambl  qayta  tashkil  etilib  o‘zbek  davlat  musiqa  teatriga 
aylantiriladi. O.Komilov ham ushbu teatr artistlari bilan Moskvada bo‘lib o‘tadigan 
xalq  ijodiyoti  olimpiadasiga  boradi.  Tamara  Xonim  va  Mukarram  Turg‘unboyeva 
ijro etadigan “Daro-madi gul o‘yin”, “Katta o‘yin”, “Ufori sabo” raqslariga jo‘rna-
vozlik  qiladi  va  tinglovchilarning  olqishiga  sazovor  bo‘ladi.  1931-1934-yillar 
davomida  O.Komilov  unutilib  borayotgan  xalq  tomo-nidan  yaratilgan  usullarni 
yig‘a boshlaydi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun ustozlari Masaid ota va Yusup 
Qiziqlarning  yordamiga  tayanadi  va  natijada  bir  necha  o‘nlab  rang-barang  usul-
larni yig‘ishga ulgiradi. 
Usta  O.Komilov  o‘zbek  raqs  san’atining  rivojiga  ham  katta  hissa  qo‘shgan. 
Tamara  Xonim  bilan  birgalikda  yangi  o‘zbek  raqslari  “Zang”,  “Gul  o‘yin”, 
“Sadr”larni  yaratishga  muyassar  bo‘ldi.  O‘zbek  musiqali  spektakllarda  raqslarni 


 
80 
sahnalashtirishda  ham  O.Komilovning  hissalari  beqiyosdir.  1930-yillarning  eng 
yirik postanovkalari bo‘lmish - V.Uspenskiy va G.Mushelning “Farxod va Shirin”, 
R.Glierning  “Gulsara”  musiqali  dramalaridagi  raqslar  aynan  Usta  O.Komilov 
tomonidan  yaratilgan  va sahnalash-tirilgan. Samarali  mehnatlari evaziga  1932-yili 
“Mehnat qahra-moni” unvoniga sazovor bo‘ldi. 
1935-yili O.Komilov Londonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro raqs festivalida Tamara 
Xonim,  A.Ismoilov  va  T.Jalilovlar  bilan  birga-likda  ishtirok  etib  “Oltin  medal”ni 
qo‘lga kiritgan. Ustaning sho-girdi Odil Kamolxo‘jaev ustozini eslab, - “1935-yili 
Angliya  qrolichasi  Yelizaveta  Usta  Olim  Komilovning  doyra  ijrosiga  mahliyo 
bo‘lib  qolgan  ekan.  O‘shanda  mohir  sozandaning  panja  izi  ganchga  ko‘chirilib, 
Buyuk  Britaniya  san’at  muzeyiga  qo‘yil-gan  va  u  hozirgacha  o‘sha  yerda 
saqlanarkan”, - dedi.  
1937-yili  Moskvada  o‘tkazilgan  o‘zbek  san’ati  dekadasida  “Sayil  va  kolxoz 
to‘yi”  inssenirovkasini  sahnalashtiradi  va  “Nog‘ora”,  “Zang”,    “Pilla”  raqslariga 
jo‘rnavozlik  qiladi.  Deka-dadan  qatgach  yana  xalq  raqslarini  sahnalashtiradi  va 
“Tantana”  nomli  yangi  ommaviy  raqsni  yaratadi.  Usta  O.Komilov  raqslarga  jo‘r 
bo‘lish bilan chegaralanmay, balki  yangi usullarni kashf etadi.  Tamara  Xonim  va 
M.Turg‘unboyeva bilan birgalikda “Paxta” va “Pilla” xoreografik kompozitsiyasini 
yaratadi. 
Usta  Olim  Komilov  ko‘p  usullarni  xotirasida  saqlagan.  Ular-ning  ko‘pgina 
qismlari  I.Akbarov,  V.Uspenskiy,  E.Romanovska-yalar  tomonidan  yozib  olingan. 
I.Akbarov tomonidan yozilganlari “Doyra usullari” nomli to‘plamda nashr etilgan. 
Ushbu to‘plamda 47 ta xalq usullari va bir necha ritmik kompozitsiyalar joy olgan. 
Dunyo  tan  olgan  doyrachi,  o‘zbek  raqs  san’atining  bilimdoni  hamisha 
shogirdlar    qurshovida  bo‘lgan  edi.  Ko‘p  yillik  pedago-gik  faoliyati  davomida  u 
ko‘pdan-ko‘p  mahoratli  sozandalarni,  O‘zbekistonda  doyra  ijrochiligi  san’atining 
ravnaqi  uchun  hamda  o‘z  ishining  davomchilari  sifatida  tayyorladi.  To‘ychi 
Inag‘omov,  G‘ofir  Azimov,  Abulqosim  To‘ychiyev,  G‘ofir  Solixovlar  shular 
jumlasidandir.  Ko‘p  yillik  ijodiy  va  pedagogik  faoliyatini  nazarda  tutib  unga 
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi. 


 
81 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish