Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Villanlar (lot. villa – kulba, turar joy) – erkin dehqonlarning turli kategoriyalari tushuniladi. 1)



Download 1,74 Mb.
bet184/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Villanlar (lot. villa – kulba, turar joy) – erkin dehqonlarning turli kategoriyalari tushuniladi. 1) Fransiya, Gʻarbiy Germaniya va Italiyada shaxsan erkin, ammo yerga ega boʻlmagan dehqonlar. Ular katta yer egasiga yerdan foydalanganligi uchun mahsulot yoki pul rentasi toʻlagan. Ammo ular servlarga nisbatan kamroq toʻlovlar toʻlash bilan birga, erkin boʻlgan; 2) Angliyada XI asrda (“Dahshatli sud” kitobiga koʻra) shaxsan ozod, ammo huquqiy jihatdan servlardan farq qiluvchi dehqonlar qatlami. XII asr oʻrtalaridan boshlab, Angliyada V. qatlam sifatida yoʻqolib bora boshladi. XIII-XV asrlarga kelib V. barcha dehqonlarga nisbatan ishlatila boshlagan.
Viola – Gʻarbiy Yevropada kungaboqar poyasidan yasalgan cholgʻu asbobi. Koʻrinishidan va ovozidan skripkaga oʻxshab ketgan.
Virgata – oʻrta asrlarda Angliyada erkin dehqonlarning ajratilgan yer maydoni. V. dastlab gaydalarning ¼ qismiga teng deb koʻrsatilgan. V.larning oʻrtacha maydoni odatda 30 akrga teng boʻlgan.
Viskontlar – lombard feodallarining mashhur sulolasi. X asr oxirlaridan tanilgan boʻlib, 1277-1447-yillarda Milanni mutlaq hokim sifatida boshqarishgan.
Vizantiyada fuqarolar urushlari – Vizantiya tarixida muhim tarixiy voqealar. 1341-yilda imperiyadagi hokimiyat yosh imperator Ioann V Paleologning regenti Frakiyada juda katta yer va mulkka ega boʻlgan Ioann Kantakuzan qoʻliga oʻtadi. Uning boshqaruvi kuchli armiya va yirik provinsiyalar boshqaruvchilariga tayangan. Uning muxoliflari imperatrisa Anna Savoyskiya (imperatorning onasi) atrofidagi amaldorlar va savdo-hunarmand vakillari edi. Ularga kelib chiqishi noaniq boʻlgan Aleksey Apokavk rahbarlik qilgan. Kantakuzin bilan kurash sharoitida u keng xalq ommasining kuchiga tayanishga qaror qiladi. Dastlab, Kantakuzin va Apokavk oʻrtasidagi mojarolar saroy ichida boʻlgan va yosh imperator hamda uning onasini oʻz tomonlariga ogʻdirib olish uchun borgan. Kurashda Apokavk tarafdorlari xalq ommasi yordamida gʻolib kelib, Kantakuzin tarafdorlarining koʻpchilik qismi qamoqqa olinib, shu yerda halok boʻlishadi. Kantakuzinning oʻzi Didimotikka (Frakiyadagi mustahkam qal’a) qochib ketadi. Shundan ikki tomonning kurashi imperiyada fuqarolar urushiga sabab boʻladi. Bu paytda imperiyaning barcha shaharlarida soliqlar va feodallar zulmiga qarshi gʻalayonlar boshlanib ketgandi. Adrianopol hunarmandlari shaharlarning yirik boylarini quvib, hokimiyatni egallab olishadi. Fessalonikada ham tepasida zilotlar turgan norozilik harakatlari boshlangan. Shu tariqa imperiya tarixida birinchi marta imperatrisa Anna Savoyskaya atrofida qonuniy imperator hokimiyatini tiklash uchun shaharlarning ittifoqi vujudga keladi. Fuqarolar urushida har ikki tomon yakuniy gʻalabaga erisha olmagan. Ular serblar, turklar va bolgarlardan yordam olishga ham harakat qilishadi. 1347-yilda kuchlar nisbati Kantakuzin tomoniga oʻta boshlaydi. U Ioann V ga qizi Yelenani berib, imperatorni oʻziga kuyov qiladi. Imperiyada hokimiyat tepasiga feodal aristokratiyasi keladi. Imperator Ioann VI Kantakuzin (1347-1354) hukmronligi davrida imperiya serblar, genuyaliklar va turklar bilan urushlar olib boradi va natijada xazina boʻshab qoladi. 1354-yilda Ioann V hokimiyatni egallaydi va Kantakuzin monastirga yuboriladi.
Vlastellar – oʻrta asrlarda Serbiya, qadimgi Rus, Bosniya va Dubrovnikdagi da yirik yer egalari boʻlgan yuqori tabaqa zodagonlari. Serbiyada ular buyuk va kichik V.ga boʻlingan. Ular davlat sududida koʻriluvchi ogʻir jinoyatlar (qotillik, talonchilik, davlatga xiyonat) tashqari oʻz mulklarida sudlov vakolatiga ega boʻlgan. Dehqonlar hisobidan davlatga soliq va urush vaqtlari hukmdorni piyoda qoʻshin bilan taʼminlash majburiyatini bajargan. Yozma manbalariga oliy ruhoniylar qatlami ham V. tarkibiga kiritilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish