Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet135/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Portugaliya – dastlab Kastiliyaning gʻarbiy qismini himoya qilish uchun tashkil etilgan, markazi Portas-Kale boʻlgan graflik. Kastiliya qiroli Alfons VI 1109-yilda vafot etgach birinchi portugal grafi Genrix Burgundskiy Kastiliyadan chiqish uchun kurash boshladi. Bu yoʻldagi ma’lum yutuqlar uning oʻgʻli Alfons Enrikesh (1185-yilda vafot etgan) davrida qoʻlga kiritilib, u 1139-yilda oʻzini P. qiroli deb e’lon qildi. 1179-yilda portugal qirolining toji rasmiy ravishda Rim papasi tomonidan tan olindi. Kastiliya va P. oʻrtasidagi hududiy ajralish toʻligʻicha XV asr boshlarida amalga oshirildi.
Posadnik (slavyan. tayinlangan) – qadimgi Rus davlatida avval knyaz, keyinroq veche tomonidan tayinlangan shahar boshligʻi. U xalq vechesiga boʻysingan va knyazning hokimiyatini nazorat qilgan, posad qoʻshinlariga, sudiga, jamoat tartiblariga, diplomatik shartnomalar imzolashga bosh boʻlgan. P.likka taniqli boyarlar oilasidan olingan. Novgorod P.nigi mingboshi va arxiyepiskop bilan birga oliy magistrlik mansabi hisoblanib, X asr oxiridan 1478-yilgacha amalda boʻlgan.
Prageriya – Fransiyada 1440-yilda qirol Karl VII ga qarshi koʻtarilgan yirik feodallarning isyoni. Unga dofin Lyudovik boshchilik qilgan. Isyon bostirilgan, uning ishtirokchilari boʻlsa avf etilgan. Qoʻzgʻalon nomi Chexiyaning poytaxti Praga shahri nomidan olingan, chunki bundan sal oldin bu shahar guschilar tomonidan egallab olingan edi.
Prasinlar – Vizantiyada ippodromda ot poygalarida qatnashuvchi va alohida siyosiy tashkilot koʻrinishini kasb yetgan “yashillar” partiyasi yoki guruhi.
Pravoslav, pravoslav cherkovi (chin e’tiqod) – oʻrta asrlarda Vizantiya cherkovi asosida shakllangan sharqiy xristianlik yoʻnalishi va cherkovi. Xristian dinining ikkiga boʻlinishi Rim imperiyasining ikki qismga ajralishidan (395-y) boshlangan. Gʻarbiy Yevropada ilk oʻrta asrlardagi dovulli voqealardan farqli ravishda Sharqiy Rim imperiyasi boʻlgan Vizantiyada xristian dini imperatorning nazorati ostida boʻlgan. Bu yerdagi dinning boshligʻi boʻlgan Konstantinopol patriarxining mustaqil siyosiy rolni qoʻlga kiritishga urinishi bartaraf qilingan (XI asrda). Undan tashqari Konstantinopol patriarxi ayrim patriarxatlarning muxtoriyatini (Aleksandriya, Antioxiya, Quddus) va ayrim mahalliy cherkovlarning avtokefaliyasini (oʻz-oʻzini boshqarishi) tan olishga majbur boʻlgan. Gʻarbiy va sharqiy xristanlik oʻrtasidagi keskin kurashlar oxir-oqibat 1054-yilda cherkovlarning rasmiy ravishda ikkiga boʻlinib ketishiga olib keldi. Shundan boshlab gʻarbiy xristianlik – “katolik’, sharqiy xristianlik – “P.” deb yuritila boshlandi. Boʻlinish hatto diniy marosim va urf-odatlarda ham namoyon boʻldi. Vaqtlar oʻtishi bilan katolik diniy oqimida xristianlik bilan bogʻliq oʻziga xos marosimlar joriy qilinib bordi. Katolik cherkoviga nisbatan P.Ch. konservativ holatda qolishda davom etmoqda. Ular oʻzlarining “Xudoni toʻgʻri madh qilish” e’tiqodiga qat’iy amal qilib keldi. Hatto P.Ch. Nikeya va Konstantinopoldagi butun jahon soborlarida joriy qilingan e’tiqodning yangi ramzlarini qabul qilmadilar. Ular katolikdagi a’rof – chistilishe ta’limotini ham qabul qilmaganlar. P. e’tiqodida kvasli non bilan poklansalar, katolikda – tuzsiz non bilan poklanadilar. P.larda ruhoniylar bilan birga oddiy kishilar ham non va vino bilan poklansalar, katolikda ruhoniylar vino, oddiy kishilar non bilan poklangan. P.da choʻqinish uchun uch marta suv toʻldirilgan jomga tushib chiqish talab qilinsa, katoliklarda bu marosim suv purkash orqali amalga oshirilgan. Katolik ruhoniylari uchun selibat joriy qilingan boʻlsa, P.da bu faqatgina ruhoniylarning oliy qatlami – yepiskoplarga joriy qilingan. P. ruhoniylar soqol qoʻyib yurishgan, katolikda bu holat boʻlmagan. P. ch. XII asrdan boshlab butun dunyo katolik soborlarini tan olmay qoʻydi va ularda rohiblik ordenlari ham yoʻq. Oʻrta asrlarda gruzin P. ch. (484), rus P. ch. (1448) avtokefal cherkovlarga aylangan boʻlsa, Bolgariyada cherkov Konstantinopoldan mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng mustaqil P. cherkoviga aylangan. 1453-yilda Vizantiya imperiyasining qulashi natijasida qator cherkovlar yana mustaqil boʻlib olishdi, ammo rasmiy ravishda Konstantinopol patriarxi Konstantinopol cherkovining rahbarligini saqlanib qoldi va u P. patriarxlari ichida birinchi raqamlidir. Lekin u butun P. ch. ustidan real hokimiyatga ega emas.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish