Ravenna ekzarxati – Apennin yarim orolidagi Vizantiya provinsiyasi. Italiyaning shimoliy-sharqiy qismini oʻz ichiga olgan boʻlib, markazi Ravenna shahri boʻlgan. 584-yildan varvarlarning bosqinlari natijasida imperiya tarkibidan chiqib ketgan. 751-yilda langobardlar tomonidan egallangan. 754- va 756-yillar-da Pipin Pakananing ikki marta qilgan yurishlari natijasida franklar davlati tarkibiga kiritilgan. Uning Rim papasi bilan aloqalari sababli shahar va viloyat katolik cherkoviga taqdim qilinishi keyinchalik papa davlatining tashkil topishida muhim boʻlgan.
Raximburglar – V-VIII asrlarda franklarda xalq sudlari yigʻilishi – “mallyus”ga saylanuvchi maslahatchilar kollegiyasi. Franklarning huquqiy normalari va sud an’analari bilimdonlari boʻlgan R. ularning chiqargan hukmlari amaldagi tartib va qonunlarga mos kelmasa jarimaga tortilgan Karl Buyuk islohotidan keyin R. instituti bekor qilinib, ularning oʻrnini tayinlanuvhci amaldor – skabinlar egalladi.
Real – XV asrdan XIX asrgacha boʻlgan davrda Ispaniyada muomalada boʻlgan kumush tanga.
Regaliya (lot. regalis – podsholik, hukmdorlikka xos) – 1) Qirollarning qirollik taxti uchun qonuniy huquqlari va qirollik daromadiga egalik qilish huquqi. Shu bilan soliq tartibining bosqichma-bosqich takomillashib borishini bildirgan. Qirollik R.si tanga pul zarb qilish, soliqlar yigʻish, bojxona toʻlovlarini yigʻish, jarimalar undirish, konlarni boshqa-rish, oʻrmonlarga egalik qilish va boshqa huquqlarga ega boʻlgan. R.larga togʻ-kon, oʻrmonchilik, tamaki, vinochilik, baliq ovlash, ov va boshqalar qarashli boʻlgan. Shaxsiy R.lar alohida shaxslarga tegishli boʻlib, ular kam uchragan. XIX asrda R.lar soliqlar va davlat monopo-liyalari bilan almashtirilgan; 2) Ayrim paytlarda R. monarxlarning tashqi belgilarini (ramzlarini) bildirgan. Ularga toj, skipert (saltanat hassasi), porfira (tantanalarda kiyiladigan kiyim), unvon va boshqalar berilgan.
Reformatsiya (lot. qayta oʻzgartirish, islohot) – XVI asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida dehqonlarning va paydo boʻlayotgan burjuaziya vakillarining feodal tuzumga qarshi kurashi negizida paydo boʻlgan va diniy koʻrinishni kasb etgan ijtimoiy-siyosiy harakatlarining umumiy nomi boʻlib, Rim–katolik cherkoviga qarshi kurash hamda burjuaziya manfaati yoʻlida din va cherkovni isloh qilishga urinish mazmunini kasb etgan. R. natijasida Germaniya va ayrim davlatlarda protestant cherkovi vujudga keldi.
Regent (lot. regens – idora qiluvchi) – yosh taxt vorisi nomidan davlatni vaqtincha idora etuvchi. Shuningdek, hukmdorning uzoq vaqt boʻlmasligi yoki kasalligi paytida vaqtincha hukmronlik qiluvchilarga nisbatan ham qoʻllanilgan.
Rekonkista (isp. reconguistar – jang qilib qaytarib olmoq) – Pireney yarim oroli aholisining VIII-XV asrlarda arablar (mavr) ning 711-714-yillarda yarim orolning bir qismini egallab olgan hududlarini ozod qilish uchun boshlagan kurashi. Harakat 718-yilda Kavadong yaqinidagi jangdan keyin boshlangan. Asosiy kurash harakatlari Las Navas de Talosda 1212-yilda Kastiliya, Aragoniya, Portugaliya va Navarraning birlashgan kuchlari tomonidan musulmonlarning yirik magʻlubiyatga uchrashi natijasida boshlangan. XIII asrning oʻrtalarida Granada amirligidan tashqari yarim orolning katta qismi R. harakati natijasida ozod qilingan. Harakat 1492-yilda ispanlarning Granada amirligini egallashi va mavrlarning yarim oroldan quvib chiqarilishi bilan oʻz nihoyasiga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |