Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

13-BOB 
ISTAK
 
 
Men  harakat  qilmasdan  divanda  yotardim.  Vujudimning  har  bir  zarrasi 
og’riyotgandek  tuyulardi.  Chidab  bo'lmas  darajada  alangalanayotgan,  yondirib 
yuborayotgandek og'riq meni ichimdan kechimardi. Edvard yonimga yotib, qo'llarini 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
uzatdi-da, meni bag’riga bosdi va yuzimdan muloyimlik bilan o'pdi. U jim edi. Uning 
ham men kabi gapirgisi kelmasdi. Men uning dardini his qilardim, unga ham mendek 
juda  qiyin  edi.  Barchamiz  azob  chekib,  sog’inch  botqog’iga  botib  qoldik.  Dafn 
marosimi  tugagach,  biz  Esme  bilan  abadiy  xayrlashdik,  nihoyat,  bu  sodir  bo’ldi. 
Biroq, bu og'riqni boshdan kechirish, uni ichga yutib yengish kerak edi. Buning uchun 
vaqt  talab  etilardi.  Endi  esa  faqat  o’zim  azob  chekishni  xohladim.  Dardingda  azob 
chek va dardingni sev... 
Esme bilan o'tkazgan har bir lahzamni yotgancha hayoldan o’tkazdim, uning 
mehrli,  g'amxo'r  tabassumi,  quvnoq  kulgisi,  haqiqiy  onalik  g'amxo'rligi, 
yelkalarimdan  qanday  mehr  bilan  quchoqlaganini  esladim…  Uning  onalik 
g'amxo'rligiga  to'la  iliq  ko'zlarini  xotirladim...  Bu  intiqo  deb  o'ylashni  ham 
xohlamasdim.  Bularning  barchasi  endi  bo'lmaydi.  Esme  meni  hech  qachon 
quchoqlamaydi,  o'zining  samimiy  tabassumi  bilan  jilmaymaydi.  Ishonolmadim... 
Mening  qat’iyatli  qalbim  og'rib,  parcha-parcha  bo'lib  ketdi,  men  bu  yonayotgan 
og'riqni tinchlantirish uchun uni ko’ksimdan sug’irib tashlashga ham tayyor edim. 
Xayolimda dahshatli tasavvurlar paydo bo'ldi. Men xonada o'tirgan Karlaylni 
his qildim. Esme xonasida. Men uning dardini tasavvur qildim. U endi chidab bo'lmas 
darajada azob chekayotgandi, hammamizning azoblarimizdan ham ortiq edi, go’yo. 
Agar men ham Edvardni yo'qotganimda... Yo'q!!! Men chidayolmagan bo’lardim... 
Men  Edvardga  –  uning  yotgan  to’shagiga  o'girildim,  bo'ynidan  quchoqlab,  unga 
yanada yaqinlashdim. Yomon fikrlarni iloji boricha tezroq haydab chiqarishga qaror 
qildim. 
- Edvard, senga bir iltimosim bor. – Men uning qahvarang ko'zlariga tikildim. 
- Nima gap, Bella? Sen uchun hamma narsani qilaman, nimani xohlaysan? 
- Edvard, biz Bagirra bilan gaplashishimiz kerak, uni qolishga ko'ndirishimiz 
lozim. Bu men uchun muhim. 
- Bella, men sen istagan narsani bajaraman, lekin u mendan ko’ra ko’рroq senga 
quloq soladi. – Edvard menga ma’noli nigoh bilan qaradi. 
- Yo'q, agar men undan so'rasam-u, u rad etsa, sening qo'llab-quvvatlashingizga 
muhtojman bo’laman. – Men Edvardga iltijoli ko'zlar bilan qaradim. 
- Yaxshi, Bella. Menimcha, kech bo'lmasdan shoshilishimiz lozim. 
Biz tezda divandan turib zinapoyadan рastga tushdik. Mehmonxona bo'sh edi. 
Butun  oila  a’zolari  o'z  xonalariga  tarqalib  ketishgandi.  Jeykob  ham  uyiga  ketibdi. 
Bagirrani qidirib uy atrofida aylandik, ammo u hech qayerda ko’rinish bermadi. Men 
uning  borligini  his  qildim,  shu  yerda  ekanligini  bilardim.  Bagirra  xayrlashmasdan 
ketolmasdi. Bu uning uchun oqilona yo’l emas, albatta. Edvard ham uning borligini 
sezdi, lekin qandaydir to’siq bordek, uning fikrlarini o’qiy olmadi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Biz  Karlaylning  xonasiga  kirdik.  Ichkari  qorong'i  edi.  Uni  xiragina  oy  nuri 
biroz yoritib turardi, xolos. 
Ushbu  oy  nurida  men  ikkita  tanani  ko'rdim.  Karlayl  katta  charm  stulda 
harakatsiz derazaga qarab o'tirardi. Uning nigohi ko’rinmas va bu xonadan yiroqlarda 
edi  –  hozir  Esmening  ruhi  kezayotgan  joyda.  Bagirra  esa  uning  yonida  harakatsiz 
turardi.  Uning  o'ng  qo'li  Karlaylning  yelkasiga  qo’yilgandi.  Xonada  iliqlik  va 
osoyishtalik aurasi (muhiti) hukm surardi. Men unga cho’mib, bir lahza hammasini 
unutishni xohladim. Tabiiyki, bu Bagirraning aurasi edi. U Karlaylning yarador ruhini 
davolar,  qo'lidan  kelganicha  yordam  berardi.  Bu  muhitda  men  ham  o'zimni  iliq  va 
xotirjam his qildim. 
- Girra, biz sen bilan gaplashib olmoqchimiz. – Men uning yuziga qaradim. U 
xotirjam  edi,  uning  qiyofasi  qalbida  hukm  surayotgan  azob  va  og'riqdan  dalolat 
bermasdi. 
-  Ha,  Bella.  Men  sizlarni  bajonidil  tinglayman.  –  U  xushmuomalalik  bilan 
Edvardga, keyin menga qaradi. 
-  Girra,  hozir  hammamizga  juda  qiyin.  Biz  qadrli  odamimizni  yo'qotdik.  Bu 
juda  og'riqli.  Ammo  sodir  bo'lgan  voqeada  seni  ayblamaymiz.  Sendan,  aksincha, 
qolishingizni  so'raymiz.  Hammamiz  hali  sening  yordamingga  muhtojmiz.  –  Men 
Edvardni bilagini yengilgina silab, madad ilinjida qarab qo'ydim. 
U  darhol  mening  tashabbusimga  xayrixoh  tarzda  so'zimni  davom  ettirdi.  – 
Bizga keraksan, Bagirra! Nessiga keraksan! Hozir unga ham juda qiyin. 
Ushbu  suhbat  jarayonida  Karlaylning  qatnashayotganidan  xursand  edim, 
chunki u uyning egasi va oila boshlig'i edi.  Uning bu holat bo'yicha fikri biznikiga 
qaraganda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, albatta. Men hech qachon Karlaylning 
halovatini buzish, yarasini qayta ochish va Bagirra bilan gaplashishni iltimos qilishga 
jur'at  etolmagan  bo'lar  edim,  ammo  u  allaqachon  bizning  suhbatimizda 
qatnashayotganligi sababli, men sinab ko'rishga qaror qildim. – Karlayl, Bagirra biz 
bilan qolishiga qarshi emasmisiz? 
Uning ismini eshitishi bilan Karlayl go'yo tushdan uyg'ongandek bo'ldi. Uning 
ko'zlarini  yana  chidab  bo'lmas  iztirob  egalladi.  Men  darhol  qilmishimdan  uyalib 
ketdim. Ammo u o'zini tutishga hamda xotirjam va do'stona javob berishga kuch topa 
oldi. – Albatta, men qarshi emasman. Bagirra, sen bu yerda xohlagancha yashashing 
mumkin.  Sen  biz  uchun  ko'p  yordam  qilding,  biz  sendan  qarzdormiz.  Bundan 
tashqari,  biz  senga  bog'langanmiz.  Sen  bizning  oilamiz  a'zosiga  aylanib  ulgurding. 
Sen uchun ushbu uyning eshigi har doim ochiq va biz seni ko'rishdan doimo xursand 
bo'lamiz.  –  Uning  ovozi  sovuq  edi,  uning  ruhi  o'lishni,  ozod  bo'lishni  va  sevgilisi 
oldiga  ketishni  xohlardi,  shunday  bo'lsa-da,  uning  ichida  iliqlik  bor  edi.  Karlayl, 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
haqiqatan  ham,  Bagirraga  chin  dildan  bog'lanib  qolgandi  va  uni  qo'yib  yuborishni 
istamasdi. 
-  Afsuski,  men  sizlar  uchun  qilishim  kerak  bo'lgan  hamma  narsani  amalga 
oshirolmadim. – Bagirra aybdorlik hissi bilan nigohini pastga tushirdi. Uning ovozi 
titrab,  hissiyotlarga  berildi.  –  Ammo,  shunga  qaramay,  men  qolmoqchiman.  Bu 
ehtiyojni  his  qilgan  ekanman,  sizga  qancha  vaqt  kerak  bo'lsam,  shuncha  muddat 
qolaman.  –  U  porlab  turgan  yashil  ko'zlarini  ko'tarib,  menga  iliq,  deyarli 
sezilmaydigan tabassum qildi.  
Ruhim darhol iliqlikni his qildi. Bagirra qoladi – bu endi asosiy narsa. Negadir 
menga Bagirra bizning baxtimiz kaliti bo'lib tuyuldi. Go'yo uni yo'qotish baxtli hayot 
yo'lidan mahrum bo'lishni anglatardi. Bu tuyg'u meni doimo bezovta qilardi. Bagirra 
mening  ham  ruhimni  davoladi.  U  bizning  hayotimizni  yanada  baxtli  qiladigandek 
tuyuldi. U bizni hozir juda zarur bo'lgan yaxshilik va quvonch bilan to'ldira olardi. 
Men  uni  qanday  qilishini  bilmasdim,  lekin  bunga  qattiq  ishonardim.  Ehtimol,  men 
yanglishayotganman. Balki, bu yashash uchun mazmun topishga urinishdir. Ehtimol, 
Bagirra shunchaki umid nuridir. Ammo men unga chin dildan ishonardim. U kuchli 
edi.  Uning  kuchi  hammamizga  yetardi.  U  qayg'u  bilan  kurashishda  bizga  yordam 
beradi. Ehtimol... hech narsa unutilmas... Bagirraning o'sha orolda tongni ottirganidan 
bir  kun  o'tib  uning  ko'zlarida  porlagan  umid  nurini  men  hech  unutolmadim.  Men 
uning ko'zlarida Esmega najot topish umidini ko'rdim. Ammo agar bu haqiqatan ham 
shunday bo'lgan bo'lsa, nega Bagirra jim, nima uchun u Esme jasadini dafn etishga 
ruxsat  berdi?  Menda  yuzlab  savollar  bor  edi.  Men  bilardim  -  vaqt  hamma  narsaga 
javob topadi. Biz faqat kutishimiz kerak. 
Edvard  bilan  men  xonamizdan  chiqib,  eshikni  mahkam  yopdik,  mazkur 
xotirjamlik  aurasi  so'nishiga  yo'l  qo'ymaslik  uchun  ovqat  pishirdik.  Keyin  biz 
mehmonxonaga  tushdik.  Oynali  devor  ortida  tong  otayotgan  edi.  Yangi  kun 
boshlandi. Ehtimol, bu bizga yangi hayot olib kelayotgandir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14-BOB 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish