Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

10-BOB 
UYG’ONISH
 
 
Tun  bo’ldi.  Men  Renesmini  o’rniga  yotqizdim  hamda  tezda  Esme  va 
Bagirraning xonasiga kirdim. Karlayl va Jeykobdan tashqari butun oila ovga ketgan, 
men esa o'z fikrlarim bilan yolg'iz qolishim mumkin edi. Eshikni ehtiyotkorlik bilan 
ochib, faqat oy nuri bilan yoritilgan qorong'i xonaga kirdim. Albatta, u yerda Karlayl 
turardi. U keng karavotga egilib, harakatsiz o’tirardi. Meni ko'rgach, boshini ko'tarib 
qaradi. Uning nigohi menga elektr toki urganday ta’sir qildi. U juda ko'p og'riqni his 
qilayotgandi. Men hamon qadam bosishga jur'at etolmay eshik oldida qotib qoldim. 
- Kir, Bella. Seni ko'rganimdan xursandman. 
Men Karlaylning yoniga bordim va qo'limni uning yelkasiga qo'ydim.  – Ular 
qanday, Karlayl? O'zgarish bormi? 
- Yo'q. Hammasi avvalgiday – uning ovozi titrab ketdi. – Bella, menga ayt... 
ular bilan o'tkazgan so'nggi daqiqalaringni... U yerda o'zingizni qanday his qilding? 
Ular hozir nimani his qilmoqda? – Karlayl devorga qaradi. 
Men deyarli so'z topolmadim. Men Karlaylga ozor berishni xohlamasdim. – U 
yer qorong'i va sovuq... Men u yerda yolg'iz edim va qo'rqardim. Ammo ular hozir 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
birga!  Men  Karlaylga  dalda  berib  yelkasidan  siladim.  –  Karlayl,  hammasi  yaxshi 
bo'ladi,  menga  ishoning...  Bagirra  kuchli.  U  buni  uddalay  oladi  va  Esmeni  yolg’iz 
tashlab qo’ymaydi! 
- Men ham, albatta, shunga umid qilaman. Faqat kutish qiyinlashmoqda. – U 
yana  ko'zlarimga  qaradi,  keyin  men  ularning  rangini  payqadim.  Ular  qoraygandi. 
Uning ko'zlari ostida quyuq binafsharang shishlar paydo bo’lgandi. 
- Karlayl, ov qilishing kerak! O'sha voqeadan beri bu xonadan chiqmading... – 
Men so'z topolmay qotib qoldim – bo’lar ish bo’ldi... 
- Men ularni tashlab ketolmayman, to'satdan ular mening yordamimga muhtoj 
bo’lib qolishi mumkin. Men bu yerda bo'lib turishim kerak. 
- Karlayl, men ular bilan bo'laman va hech qayerga ketmayman, va'da beraman. 
Sen kuch to’plashing kerak. San hali uga muhtoj bo'lasiz. Esme hali tirik! Agar sen 
o'zingni och qo’ysang, bu unga yordam bermaydi. – Men unga shafqatsiz tarzdagi 
nigoh tashladim. 
- Ha, Bella. Ehtimol, sen haqdirsan. Men chindan ham ov qilishim kerak. Men 
juda charchadim... Men atrofda shu bo'laman va tez orada qaytib kelaman. Sen esa 
ularni yolg’iz qoldirmaysan, to’g’rimi? 
- Xavotir olma, Karlayl. Men ularga g’amxo’rlik qilaman. 
Karlayl yana bir necha soniya ikkilanib turdi va keyingina chiqish tomon qat'iy 
qadam tashladi. 
Eshik  yopilgach,  men  xonada  yolg'iz  qoldim.  Dahshatli  sukunat  cho'kdi. 
Xonada  boshqa  hech  kimdan  alomat  sezilmasdi.  Men  karavot  yonidagi  tebranma 
yog’och  stulga  o'tirdim  va  harakatsiz  jasadlarga  nazar  tashladim.  Men  Esmening 
yuziga  boqdim.  Hatto,  muzlagan  toshga  aylanganga  o'xshab,  u  yanada  oqarib 
ko'rinardi. Bu qarashdan umurtqa pog'onamga ozgina muzdek qaltirash tushdi va men 
titrab  ketdim.  Men  nigohimni  Bagirraga  qaratdim.  U  Esmening  tamomila  aksi  edi. 
Uning  qoramtir  yuzidagi  qizillik  yo’qolmagandi,  u  faqat  nafas  olmasdi  va  terisi 
jozibali nur taratmasdi, xolos. Uning sochlari tirik odamnikiday edi. U go’yo qattiq 
uxlab yotganday tuyulardi va "xayrli tong" deb uyqusiragan ovozda ko'zlarini ochib, 
cho'zilib,  kerishayotganday  edi...  Bagirraning  sehrli  go'zalligi  uning  ruhi  tanasidan 
uzoq bo'lgan paytda ham uni tark etmagandi. Hozir u va Esme o’sha yerda o'zlarini 
qanday  his  qilayotganliklarini  tasavvur  qilishim  mumkin  edi,  chunki  men  u  yerda 
bo'lgandim.  Sovuq  va  zulmat  darhol  xotiramda  qayta  jonlandi.  Qo’rqinchli,  o'ziga 
qaram  qiladigan  va  o'tib  bo'lmaydigan  zulmat...  Bu  xotiralarga  norozilik  bildirgan 
tanam beixtiyor titrab ketdi… 
Men  Bagirra  bilan  bog'lanishga  urinib,  ko'zlarimni  yumdim  va  diqqatimni 
jamladim. Bizni bog'lab turgan va meni o'sha qora cheksizlikka tortib ketgan o'sha 
ko'rinmas  ko’prikni  axtarardim.  Bagirrani  ham  his  qilishiga  umid  qildim,  uning 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish