Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

11-BOB 
JUDOLIK
 
 
Men karavotga o'tirdim va Bagirraning titragan yelkalarini bag'rimga bosib, uni 
quchoqlab  oldim.  –  Girra,  sen  qaytding,  nihoyat  biz  bilansan.  Hammasi  tugadi.  – 
Quvonch  hissi  qo'rquv  bilan  chambarchas  bog'liq  edi.  Uni  nima  xafa  qilganini 
so'rashdan qo'rqardim. 
- Bagirra, nima bo'ldi? Bu qanday sodir bo’ldi? – Edvard mening yonimdagi 
o’rindiqqa  o'tirdi.  Uning  yuzi  g'amgin  edi.  U  meni  qiynagan  savollarga  javoblarni 
allaqachon aniq bilar edi. 
Shunda  Bagirra  o’ziga  kelib,  yig'lashni  to'xtatdi,  boshini  ko'tarib  xonani 
ko'zdan kechirdi. Uning nigohi eshik oldida turgan Karlaylga qadaldi. Bagirra uning 
ko'zlariga tikilib, so’ng ko’zlariga ortiq tikilolmadi va yana ko'zlaridan yosh oqdi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
-  Bagiraa,  iltimos,  Esmega  nima  bo'lganini  ayt…  U  o'ziga  keladimi?  – 
Karlaylning ovozi titrab ketdi. 
Bagirra ochiq deraza oldida turib, yuzidan ikki tomchi ko'z yoshlarini artdi va 
sust  gapira  boshladi  –  Men  qo'limdan  kelganicha  kurashdim,  Esme  hayoti  uchun 
harakat  qildim.  Men  Aidani  yengdim.  U  mahf  etildi.  Ammo  biz  Esmega  uchun 
qaytish  yo'lini  topa  olmadik.  O'tish  joyi  yopilgandi.  Biz  juda  kechikkandik.  Esme 
kurashni to'xtatdi va ketdi... – Bagirra aybdorlik bilan yangi oqayotgan ko'z yoshlarini 
yashirib, nigohini pastga tushirdi. 
Bagirra  boshini  chayqadi:  -  Men  qila  olmayman.  Uning  ovozi  og'riq  bilan 
to'lgan  edi.  –  Yutqazganimizni  anglab  yetgach,  Esme  bilan  ketishga  qaror  qildim. 
Men bo'shashib, ko'zlarimni yumib, o'lishga tayyorlandim. Ammo mening oilam yana 
oldimga  kEllishdi.  Ular  ruhlarini  ozod  qilganim  uchun  menga  minnatdorchilik 
bildirishdi.  Endi  ular  ozod  bo'lib,  bu  dunyoni  osongina  tark  etishlari  mumkin  edi. 
Meni o'zlari bilan olib ketishlarini iltimos qildim. Ammo otam mening  vaqtim hali 
kelmaganligini  aytdi.  U  hali  baxtimni  boshdan  kechirmaganimni  va  o'zim  uchun 
yashamaganimni ta’kidladi. U meni ortga qaytardi. U menga bu yerda ikkinchi oilam 
muhtojligini aytdi. – Bagirra boshini yanada pastga tushirdi. 
- Baxt? Oila? – Rozali tom ma'noda yonayotgan edi, u Bagirrani tilka-pora qilib 
tashlashga 
tayyor 
edi.  – 
Esmeni 
o'ldirganingdan  keyin 
baxtli 
hayot 
kechirmoqchimisan?  Onamizni  qanday  o'ldirding?  Seningcha,  oilamiz  seni  quchoq 
ochib  kutib  oladimi?  Nima  sababdan  sen  meni  ko’rishni  xohlashadi,  deb 
o’ylayapsan?! 
- Rozali! To'xta! – Karlayl unga tahdidomuz qarab qo'ydi – Bagirra ... 
-  Yo'q,  Karlayl.  Rozali  butunlay  haq.  Bilaman,  men  hech  qachon  sizlarning 
kechirishingizga  loyiq  emasman.  Shunchaki,  bu  mumkin  emas.  Men  o'zimni  hech 
qachon  kechira  olmayman.  Men,  ayniqsa,  senga  juda  ko'p  qayg’u  va  azob-uqubat 
keltirdim. Men sening ko'zlaringga hech qachon qaray olmayman. Ko'zlaringda aks 
etgan og'riq meni parchalab tashlamoqda. Bir narsada otam, haqiqatan ham, haq edi. 
Men oila a’zolarimning xunini oldim, ularning ruhini ozod qildim. Nihoyat, bu yara 
endi  meni  qiynamaydi. Ammo  bu  uqubatdan  keyin  yangi  og'riq  paydo bo'ldi. Men 
tufayli  yangi  oilamda  vujudga  kelgan  og’riq.  Men  yana  muvaffaqiyatsizlikka 
uchradim,  sevganlarimni  tashlab,  ularni  qiynab  qo'ydim.  Bunday  bo'lmasligi  kerak 
edi.  Esmening o'rnida  men  bo'lishim  kerak  edi.  – Bagirra  orqasiga o'girilib, deraza 
tokchasiga sakradi. 
- Bagirra, to’xta! Iltimos, meni tashlab ketma.  – Ovozim qaltirab ketdi. Men 
uni yana yo'qotishni xohlamasdim. Men uning ketishini istamadim. Uning qayg’usi 
menga ham o’tib, butun vujudimga tarqaldi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
-  Kuchga  to’lishim  bilan,  sizlarni  bu  Xudobexabar  oroldan  uzoqroqqa, 
uyingizga  jo'nataman.  Endi  esa  yolg'iz  qolishim  kerak.  –  Shu  so’zlardan  so’ng, 
Bagirra tun zulmatida g'oyib bo'ldi. 
Ertasi  kuni  ro’yo  kabi  o'tdi.  Esme  atrofida  jim  o'tirardik,  har  birimiz  o’z 
hayollarimizda adashib yurardik. Oila a’zolarining har biri nima bo'lganini mustaqil 
ravishda tushunishga harakat qilardi. Esme endi biz bilan emasligini, uning g'amxo'r 
ovozini boshqa hech qachon eshitmasligimizni tasavvur qilishning ham iloji yo'q edi, 
biz buni hali ham anglayolmagandik. U bizning oldimizda yotar edi va har birimiz u 
uyg'onib, bizni quchoqlashimizga umid qilar edi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish