Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Hech qachon hech birimizga ro’shnolik keltirmagansan. Sen faqat o'zing haqingda
o'ylaysan!
Rozalining nigohi yanada g'azab bilan burishdi, keyin esa birdan g’amginlikka
cho’mdi. Rozali oqsoqlanib, boshini pastga tushirdi. – Meni kechiringlar... Men o'z
xatoyimni angladim, lekin zudlik bilan sizlarga iqror bo'lishdan qo'rqdim, bu haqida
o'ylamaslikka harakat qildim... – U sochlarini silkitib, yuzlarini qo'llari bilan yopdi va
Ellisning sariq Porsche mashinasiga o'tirdi. – Men xohlamagandim... Bunday bo'ladi
deb o'ylamagan edim...
- Kichkintoy, tinchlan, biz seni tushunamiz. – Emmet uning yoniga bordi va
qo'llarini yelkasiga tashladi.
Rozali afsusga to'lgan ko'zlarini ko'tarib nola qilgandek so’zlardi - Meni
kechiringlar...
- Sen Bagirra va Karlayldan kechirim so'rashing kerak. – Edvard eshik tomon
yurarkan quruqqina qilib ta’kidlab qo’ydi. Men ham uning orqasidan ergashdim.
Ikkimiz nihoyat yolg’iz qolgach, asta рichirladim – Biz endi nima qilamiz,
Edvard?
U qo'lini yelkamga tashlab, meni o'ziga tortdi. – Bella, biz Bagirrani topishimiz
va qaytarishimiz kerak. Biz undan kechirim so’rashimiz, uyimizga qaytarishimiz va
shu bilan Karlaylga halovat baxsh etishimiz lozim.
- Edvard, eslaysanmi, u bu dunyodagi vazifamni bajarim bo’ldim, endi xotirjam
intiqoga intilsam bo’ladi, deb aytgan edi. To'satdan u o'ziga nimadir qilsa-chi?! Axir,
hozir unga juda qiyin. Uni haydab chiqarildi, keraksiz deb quvildi, haqoratlandi. – Bu
fikr yuragimni nimtalab tashladi.
- Esimda, Bella. Men uni juda yaxshi eslayman va kechagidek yodimda.
Shuning uchun, biz shoshilishimiz kerak. Umid qilishimiz mumkin bo'lgan yagona
narsa – u umrboqiy va o'zini o'ldirolmasligidir. Bu mening shaxsiy tajribamdan
o’tgan. - U meni bag’riga bosib taskin berdi.
- Ey Xudo, biz bunga qanday qilib yo'l qo'yib beramiz? – Men yuzimni
Edvardning ko'kragiga boshimni qo’ydim, u muloyimlik bilan рeshonamdan astagina
o'pdi.
Hozir Bagirra qanday azoblarni boshdan kechirayotganini tasavvur qilardim. U
26 yil oldingidek yana oilasini yo'qotdi. Bundan tashqari, uning oilasi unga xiyonat
qildi, uni uydan quvib chiqardi. Uni sevgan va oilasi deb bilganlar uni haydab
chiqarishdi…
Biz mehmonxonaga kirdik. Bir daqiqadan so'ng Ellis va Jasper ham paydo
bo'ldi.
- Edvard, sen Bagirrani qanday qilib qaytarib olishimiz mumkinligi haqida
o’ylab ko’rdingmi? – dedi Jasper qat'iyatli ohangda.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Edvard nigohini unga qaratdi: - Biz uni izlashga kirishamiz.
- Ammo qayerdan? Uni qanday topamiz? U o’zini qidirmasligimizni istagandi
va, shu jihatdan, mening barcha urinishlarimni ko’kka sovuradi! – Ellis menga
savolnamo tarzda nazar tashladi.
- Biz Hindistonga boramiz. Xatni eslanglar... U kelib chiqishi haqida bir narsa
aytgandi... Shubhasiz, mahalliy aholi "oq odamlar" haqidagi voqeani esdan
chiqarishmagan va qayerdan qidirishimiz kerakligini ko'rsatib berishadi. –
Kutilmagan g'oya menga kuch bag'ishladi. Bizda Bagirrani topish uchun haqiqiy
imkoniyat yug’ildi va men hozir uni izlash uchun borishga tayyor edim.
- Qachon yo’lga tushamiz? – Jasper ishtiyoq bilan yelkalarini to'g'rilab oldi.
- Bizning vaqtimiz juda oz. Quyosh botganda ketamiz.
- Men ham sizlar bilan boraman! – Rozali eshik oldida turib, bizga qat'iyatli
nigoh bilan qaradi. Emmet uning orqasida turardi.
- Yo'q, Rozali. Edvardning ohanglari sovuq va shafqatsiz yangradi. – Sen
qolasan! Men, Jasрer, Emmet va Bella birga boramiz, Ellis bilan sen Renesmi va
Karlaylning oldida qolasizlar. Bundan tashqari, sen, Rozali!, undan kechirim
so'rashing darkor!
- Bilaman, Edvard. – Rozalining aybdorona tovushi asta jonlandi. – Men
hoziroq bunga tayyorman. Axir men Bagirradan kechirim so'rashim kerak. Hammasi
men tufayli...
- Qaytib kelganda kechirim so'rayverasan! Hamma narsa hal qilindi, Rouz. Sen
qolasan. Tamom! Quyosh botishiga yo’lga tushamiz. Emmet, Jasper tayyor bo'linglar.
– Edvardga ularga bosh irg'adi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |