Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

O’LIMDAN KEYINGI HAYOT
 
 
Ellis va Jasper mehmonxonada o'tirishardi. Ularning yuzlari g'amgin edi. Ular 
uchun, barchamizda bo'lgani kabi, bu kecha juda qiyin o'tdi. Esmesiz o'tgan tun... Bir 
tomchi  umidsiz  tun...  Zinadan  pastga  tushayotganimda, darhol,  Jasperning  aurasini 
his  qildim.  U  iloji  boricha  bizni  tinchlantirishga  urinardi.  Ammo  bu  vaziyatda  u, 
baribir, kuchsiz edi. U faqat og'riqni yengil yumshatib, uni mustahkamroq qulflashga 
muvaffaq bo'ldi, xolos. 
Men  Ellisning  yonidagi  o’rindiqqa  o'tirdim,  uni  yengilgina  quchoqladim  va 
boshimni  uning  yelkasiga  qo'ydim.  Ellis  qimirlamadi.  U  meni  payqamagandek, 
menga qaramadi ham. 
-  Men  kelajakni  ko'rmayapman,  Bella.  Mening  tasavvurlarimda  bo'shliq  va 
zulmat bor, xolos. Go'yo umuman kelajak yo'qdek. 
-  Ellis,  hammasi  o'tib  ketadi,  barchasi  yaxshi  bo'ladi.  Ko'rasan!  Shunchaki, 
Esmesiz dunyo qandaydir tarzda so'ndi. Undagi barcha ranglar go’yo yo'qolgandek. 
Biz uchun qadrli insonni yo'qotdik, ammo to’xtab qolmasligimiz kerak. Esme uchun! 
O'ylaymanki,  u  bizni  baxtli  ko'rishni  xohlardi.  –  Men  Ellisni  ko'nglini  ko'tarishga 
harakat qildim, garchi, aslida, mening qalbim parcha-parcha bo'lib ketayotgan bo'lsa 
ham… Men baqirib g’uborimdan chiqishini xohlar edim. Ammo aql ustunlik qildi – 
o’zingni tutishing lozim! 
-  Ammo  qanday  qilib  bilmayman,  Bella!  Usiz  qanday  qilib  yashashimizni 
tasavvur ham qilolmayaрman! 
-  Biz  buni  uddalay  olamiz.  Biz  kuchlimiz.  Biz  o’zimizni  qo’lga  olamiz  va 
Karlaylga  bu  qayg'udan  qutulishga  yordam  beramiz.  Axir  endi  unga  bizdan  ko'ra 
ancha qiyinroq. Bagirra esa bizga yordam beradi. Ehtimol, u qanday qilib... 
Ammo  Ellis  gapimni  tugatishga  imkon  bermadi.  U  menga  og'riq  va  azob-
uqubat-la  to'lgan  nigohi  bilan  pichoq  urdi.  –  Bas  qil,  Bella!  Bagirra  bizga  yordam 
bermaydi.  Sen  unga  juda  ko'p  umid  bog'lab  yuboryaрsan.  U  Esmeni  biznikiga 
qaytarib  olib  kelmaydi.  U  haqida,  umuman,  hech  narsa  bilmaymiz  hm!  U  bilan 
o’zimizning kelajagimizni ko'rmayapman. U biz uchun begona! Ehtimol, u o'zining 
qobiliyatlari  bilan  bizning  ongimizga,  shunchaki,  chang  solmoqda.  Ehtimol,  Rouz 
haqdir va Esmening o'limida Bagirra aybdordir... Bella, menda unga qarshi hech narsa 
yo'q, lekin sen unga juda ishonasan... 
- Ellis, Bagirraning fikrlari samimiy. Men bunga aminman! – Qarama-qarshi 
stulda o'tirgan Edvard unga tanbeh bilan qaradi. – Bagirra bizning do'stimiz. – U bu 
gapni  Bagirrani  himoya  qilish  yoki  meni  qo'llab-quvvatlash  uchun  aytganmi, 
bilmayman, lekin xayolimda unga minnatdorchilik bildirdim. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
- Ellis, Bagirra bizga yordam berdi. U bizni qutqardi. – Men uning ko’zlariga 
qaramoqchi bo'ldim. 
Ellis menga g'azabli nigohlarini qadadi. – Ha, uni har qancha qahramon o’rniga 
qo’yishimiz mumkin! Usiz qanday qilib biz  eрlay olardik?! U o’zi kim? Xudomi? 
Bas! Men uchun yetarli! Men endi buni eshitishni xohlamayman. – Ellis qo’limdan 
sirg’alib chiqib, uydan yugurgancha chiqib ketdi. 
Men undan xafa bo'lmadim. Chunki uning juda xavotirda ekanligini bilardim. 
Har  kimning  o’z  xususiyati  bor.  Ellisning  portlovchi  qiziqqon  xarakteri  bor  edi.  U 
o'zini  yaxshi  his  qilganda  xushchaqchaq  bo’lar,  yomon  his  qilganda  esa  portlardi. 
Ayriliq  azobi  uni  qiynayotgandi.  Unga  esa  faqat  vaqt  yordam  berishi  mumkin  edi, 
xolos. Axir, u ruhni tinchlantiradi. 
Kunlar, haftalar, oylar o'tdi... Hayot yana o'z holiga qaytdi. Ammo unda rang 
yo'q edi… Go'yo bizning hayotimizga oqshom kirib kelgandi. 
Bagirra hali ham biz bilan yashardi. U doimo Karlayl bilan birga edi. U faqat 
vaqti-vaqti bilan Karlaylni yolg’iz qoldirib, uydan uzoq bo'lmagan  yuz yillik archa 
ustida soatlab ko'zlarini yumib o'tirardi. 
Bagirra  bilan  men  o'zimni  xotirjam  his  qilardim.  Ellis  tinchlanib,  uni  qabul 
qildi. Faqat Rozali hamon undan hafsalasi рir edi. Ammo men uni vaqt o'tishi bilan 
tashlab qo'yishini, unga e’tibor bermay qo’yishini bilardim. 
Edvard  doim  yonimda  edi.  Biz  bir-birimizga  telbalarcha  oshiq  edik. 
Renesmining  o'sishi  biroz  sekinlashdi  va,  deyarli,  oddiy  bolalar  singari  rivojlana 
boshladi. Hayot asta-sekin yaxshilanib bordi, lekin unda nimadir g’alati edi. 
Nihoyat,  Forksga  bahor  keldi.  Uyning  kirish  qismida  turib,  uzoq  kutilgan 
quyosh  nurlaridan  zavq  oldim.  Men  boshimni  ko'tarib,  ko'zlarimni  yumib  turdim. 
Mening tanam quyosh nuri va iliqlikka chanqoq edi. 
To'satdan  belimga  qo’llarning  asra  tegishiti  his  qildim.  Men  Edvardning 
qo'llarini tanib olish uchun ko'zlarimni ochishim shart emas edi. 
U qo'llarini belimga o'rab, lablarini bo'ynimga tekkizdi. Uning issiq nafasi va 
qaynoq lablarini his qildim. Butun vujudim darhol qizarib, titrab ketdi. Men o'zimni 
boshqara olmay qoldim. 
-  Quyosh  bizni  uzoq  vaqtdan  beri  entiktirgandi.  –  Edvard  yana  bo'ynimdan 
o'pib, quchog'iga mahkam bosdi. 
- Ammo bu uzoq davom etmaydi, to’g’rimi Ellis? – Bu Bagirraning ovozi edi. 
U Ellisga murojaat qildi. Men ko'zlarimni ochdim va hayron bo'lib atrofga qaradim. 
Butun oila quyosh taftini his qilish uchun uyga yig'ilgandi. Hatto, Karlayl ham zavq 
bilan osmonga qaradi. 
-  Ha,  Bagirra,  sen  haqsiz.  Kechqurun  kuchli  momaqaldiroq  bo'ladi.  –  Ellis 
mamnun jilmayib qo'ydi va makkorona Bagirraga ko'z qisdi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish