9-BOB
TASHQARIDA
Men endi maydonni ko’rmas, boshqalarni his qilmasdim… Mening qarshimda
zulmat girdobi aylanardi. Men endi tanamning og'irligini sezmas, qo'llarim,
oyoqlarim, ko'zlarimni his qilmasdim... Men ulardan olisda go’yo suzib yurardim.
Mening ruhim ozod edi. Men o'lik go'sht zindonidan qutulgandim. Meni bir muncha
muddat zavq o’z bag’riga oldi. Ammo bir lahzadan so'ng uning o'rnini umidsizlik va
qo'rquv egallay boshladi. Men Renesmi va Edvardni, u dunyoda qoldirgan barcha
yaqinlarimni esladim. Hozir ular qanday azob chekayotganlarini tasavvur qildim.
Buni qanday qilganimni anglolmay qoldim. Qanday qilib tanamdan chiqdim? Barirra
va Esmening sharpalarini dahshatli bo'shliqda aniqlashga kirishdim, atrofga
alangladim, ammo harakatlarim natija bermadi – ular hech qayerda yo’q edi... Meni
umidsizlik va vahima bosdi, men bu qora tuynukda adashib qolishimdan va bu yerda
abadiy qolib ketishdan qo'rqardim. Men baqirishga urindim, lekin buni uddalay
olmadim, qochmoqchi edim, lekin qochishga hech qanday joy yo'q edi, o'tib bo'lmas
zulmat meni har tomondan o'rab olgandi. Mening najotim uchun yagona umid Bagirra
bilan aloqada edi, bu g’alati bo’lsa-da, men hali ham o'zimni his qilardim. Men
diqqatimni jamlab, unga ruhan bog’lanishga kirishdim va javobni eshitib yengil
tortdim.
- Bella? Bella, shu yerdamisan?! – uning ovozi yangray boshladi – ketishingizni
so'ragandim! Nega menga bo'ysunmading?
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Bagirra! – So'zlar xayolimda go’yo tomog'imga tiqilayotganday edi, men
ularni ayon etolmayotgandim – Bagirra, sen meni qattiq ushlab qolding, kuchim
yetmadi, kechir... – men jimgina yig'ladim. – Menga nima bo'lganini tushuntirib bera
olasanmi?
- Ey Xudo, men nima qildim! – ajablangancha Bagirra mening so'zlarimdan
g'azablanmadi, aksincha, uning ovozi biroz yumshadi. – Bella, shoshilinch bu yerdan
ketishing kerak! Sen meni eshitayapsanmi?
- Ha, Bagirra, seni eshityapman! Ammo bu yerda nima bo'layapti? Men
butunlay yo’qlikdaman! Biz qayerdamiz? Hamma qayerda? – Men so'zlarni iloji
boricha baland va aniq talaffuz qilishga urinardim, lekin ular zulmatda go’yo erib
ketardi.
- Bella! Menga quloq sol! Aida yo'q qilindi, lekin bundan oldin u Esmening
jonini olishga muvaffaq bo'ldi va endi uni do'zaxga sudrab ketmoqda. Men Esmeni
chiqarib olish uchun uning orqasidan bordim va tasodifan seni o'zim bilan birga tortib
ketibman, aniqrog'i, sen menga bog’lanib qolgan ekansan, seni to'xtata olishga
ulgurmadim. U xotirjam gapirishga urindi, ammo vahima uning so'zlarini buzib
tashlardi.
- Ammo bu qanday sodir bo'ldi? Men senga tegmadim, hatto, yaqinlashmadim-
ku? Qanday qilib men tanamdan chiqishga muvaffaq bo'ldim?
- Bella, sen oramizdagi ko'rinmas aloqani his qilyapsanmi? – U mening
javobimni kutmadi va tezda davom etdi. – Bu Dantey oilasi a'zolari o'rtasidagi
aloqadir! Bo'rilar o'rtasidagi aloqaga o'xshash narsa, faqat yuqori darajada. Bellani
eshityapsanmi! Men siz haqingizda noto'g'ri fikrda ekanman! Sen in’omingni
yo'qotmagansan, balki uni yaxshigina pinhon saqlagansan! Tahlikali vaziyatda sening
qobilyating ishlab ketdi va men uni darhol aniqladim. Bella, men senga bu kuchni
olib yurishing va o'zingni haqiqiy Dantey ekaningni bilishingni istayman. Agar men
bu yerdan qaytolmasam, men bilan oilam shajarasi yakun topmaydi, balki sen va
Renesmi uni davom ettirasizlar!
- Girra! – Ovozim titrab ketdi. - Sen nima demoqchisan, qaytib kelmaysanmi?
- Bella, men Aida bilan kurasha olamanmi yoki yo'qmi, bilmayman. Uning ruhi
uning tanasidek kabi kuchli. Men esa Esmeni tashlab ketolmayman. Buning uchun
jonimni fido qilishimga to’g’ri kelsa ham uni qutqarishga harakat qilaman.
- Yo'q! Bagirra, yo'q! – nihoyat, mening ovozim ko’tarildi. Men ingrardim.
- Bella, Volturiylar yo'q qilindi, demak men oilam uchun qasos olishga
muvaffaq bo’ldim. Sen va Nessini topdim – Dantey va Vergillarning buyuk oilasini
davom ettiradigan davomchilarni topdim. Bu esa mening vazifam to'liq
bajarilganligini anglatadi va bu dunyoda meni ushlab turadigan hech narsa qolmadi...
Men endi xotirjam ketishim mumkin. – Uning ovozi titrab ketdi. Men bu so'zlar uning
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |