A. Z. Umarov Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi


 Mineralogiya taraqqiyotining hozirgi zamon davri



Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/149
Sana29.05.2022
Hajmi6,77 Mb.
#618663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
Bog'liq
Mineralogiya va geokimyo. Umarov A.Z. (1)

1.2. Mineralogiya taraqqiyotining hozirgi zamon davri
17


Mineralogiya 
taraqqiyotida, 
D.I.Mendeleyev 
tomonidan 
kimyoviy elementlar davriy sistemasining yaratilishi va davriylik 
qonunining kashf etilishi juda katta rol o‘ynadi.
Minerallar 
yer 
qobig‘ida 
sodir 
bo4adigan 
kimyoviy 
reaksiyalaming mahsulotlaridan iboratdir, degan fikr buyuk rus 
tabiatshunosi, 
Moskva 
universitetining 
professori, 
akademik 
V.l.Vemadskiyning (1863-1945) ko‘pgina asarlarida yaqqol aks 
ettirilgan 
D.I.Mendeleyev, 
M.A.Menshutkin, 
V.V.Dokuchayev, 
A.P.Karpinskiy kabi rus ilm-fani otalari qo‘lida ta’lim oladi va haqli 
ravishda vatanimiz mineralogiyasi reformatori deb hisoblanadi. 
V.I.Vemadskiy mineralogiyani “yer qobiq kimyosi” deb qarab, 
mineralogik tekshirishlar sohasida yangi yo‘nalish yaratdi. U dunyo 
fanlari erishgan yangidan-yangi yutuqlami hisobga olib minerallaming 
kimyoviy konstitutsiyasi minerallariga, minerallaming paragenezisi 
masalalariga va minerallaming tabiatda tarixiy jihatdan mavjud boyish 
sharoitlarini tekshirishga ko‘p e’tibor berdi. Vemadskiy 1891-yilda 
alyumosilikatlardagi to4 it valentli kremniy bilan kislota funksiyasi 
rolini bajaruvchi uch valentli alyuminiyning almashinishi mumkin, 
degan holni o‘z tajribalarida isbot etdi. Shundan 30 yil keyin bu hoi 
dala 
shpatlarini 
rentgenometrik 
tekshirishlar 
natijasida 
to4 la 
tasdiqlanibgina qolmay balki boshqa alyumosilikatlar strukturasini 
o‘rganishga ham yordam berdi.
V.I.Vemadskiy mineralogiyasi bu sohada chet mamlakatlami 
orqada 
qoldirib, 
mamlakatimizda mineralogiya bilimlarining 
taraqqiy etishida yangi davr bo‘lib qo4shildi. 1908-1914-yillar 
davomida ter to‘kib qilingan mehnat natijasida uning Rossiya 
mineralogiyasiga oid klassik mineralogiyasi “Ta’rifiy mineralogiya 
tajribasining” sof tug‘ma elementlar kiassiga bag‘ishlangan birinchi 
tomi maydonga keldi. Afsuski, bu asar ham “ Er qobig'idagi 
minerallaming tarixi” kabi olimning hayotligida tugallanmay qoldi.
Katta eruditsiya egasi, adabiy merosni yaxshi bilgan 
Vemadskiy Shunday muhim xulosalar berdiki, bular o‘zi yaratgan 
yangi fan - geokimyo uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Yer qobig‘i 
kimyoviy protsesslariga qarab xulosala chiqarishga o‘tgan yuz 
yillikning o‘rtalarida K.Bishof (1972-1870) va Eli de-Bemon 
(1798-1874) birinchi bo4lib urinib ko‘rgan edilar. Geokimyoning
18


hozirgi 
vaqtdagi 
taraqqiyoti 
V.I.Vernadskiydan 
boshqa 
V.M.Goldshmidt 
(1888-1947) 
va 
ayniqsa, 
sovet 
olimi 
akad.A.E.Fersman nomlari bilan bogMiqdir.
1895-yili V.Rentgen (1845-1923) katod nurlami tekshira turib, 
mineral moddalaming yangi tekshirish usuli taraqqiyoti uchun asos 
boMgan X nurini (hozirgi rentgen nurlari deb ataladi) kashf etdi. 1912- 
yilda ftzik M.Lauze tomonidan kristall orqali o‘tayotgan rentgen nuri 
difraksiyalanishi hodisasining kashf etilishi va shu yo‘nalishda rus 
olimi G.V.Vulf, angliyalik olimlar U.G.Breg va U.L.Breg (ota-bola), 
L.PauIing va boshqa olimlar olib borgan tadqiqotlar, minerallaming 
ichki kristall tuzilishini, ularning kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari 
bilan bogMiq ekanligini ko‘rish uchun imkon yaratdi. 0 ‘tkazilgan bu 
tekshirishlar kristall tuzilishi haqidagi Lomonosovning taxminlari va 
birinchi marta E.S.Fedorov (1890) tomonidan ishlab chiqilgan, ya’ni 
kristallar ichida atomlar joylanishi 230 qonunining nazariy isboti to'g'ri 
ekanligini ko‘rsatdi. Uning simmetriya haqidagi tushunchalar 
butunligicha 
kristallaming 
hozirgi 
zamon 
rentgenostruktur 
tekshirishlari uchun asos boMib qoldi. QoMga kiritilgan yutuqlar 
natijasida ilm-fanning yangi sohasi - kristallokimyo - atomlar yoki 
ionlaming kristallarda fazoviy joylanishi qonunlari bilan shulaming 
o‘zaro ta’sirini va minerallaming kristall strukturalari bilan fizik va 
kimyoviy xususiyatlari orasidagi bogManish qonuniyatlari haqidagi fan 
maydonga keldi.
1896-yilda fransuz fizigi A.Bekkerel (1852-1908) uran 
tuzlarining radioaktiv yo‘na!ishini aniqlab buyuk kashfiyot yaratdi. 
Shundan keyin ko‘p oMmay (1899) kimyogarlardan M.Kyuri- 
Skladovskaya bilan P.Kyuri kuchli radioaktivlik xususiyatiga ega 
boMgan, ya’ni o‘z-o‘zicha maxsus nurlar (a, P va y) sifatida energiya 
chiqaradigan yangi 
kimyoviy element — radiyni ochdilar. 
Radioaktivlik hodisasi atom yadrolarining tarkibi bilan tuzilishi 
haqidagi hozirgi zamon nazariyalarini, kimyoviy elementlarining 
almashinishi va izotoplar haqidagi bilimlami ishlab chiqishda 
muhim rol o‘ynadi.
Hozirgi zamon mineralogiyasi taraqqiyoti uchun kolloid 
kimyo bilan fizik-kimyo sohasida erishilgan yutuqlar juda muhim 
ahamiyatga egadir.
19


Tabiiy kolloid sistemalar sohasidagi tadqiqotlami birinchi 
boMib rus olimi P.P.Veymam bilan bevaqt vafot etgan avstriyalik 
olim F.Komyu umumlashtirdi va rivojlantirdi. Shundan keyin eng 
muhim yer qobig‘i kolloidlarining xususiyatlarini o ‘rganish sohasida 
Van-Bemmelen tomonidan, Shuningdek tabiiy kolloidlardagi ritmik 
reaksiyalar bilan diffuziya hodisalarining roli haqida R.Lizegang 
tomonidan olib borilgan ishlami e ’tirof etish lozim.
Fizik-kimyo sohasidagi, jumladan fazalar (so‘zning fizik- 
kimyoviy ma’nosida) va sistemalaming fizik-kimyoviy muvozanati 
haqidagi tushunchalar bo‘yicha erishilgan yutuqlar ham juda 
muhimdir. Ilmiy tadqiqotlarning bu sohasida, fazalar qonuni 
yaratgan Gibbsdan boshqa, qotishmalar va boshqa murakkab 
jismlaming, tekshirilayotgan moddalarning tarkibi bilan xususyatlari 
orasidagi munosabatlarni geometrik tasvirlash usullarni qo‘llab, 
fizik-kimyoviy analiz qilishni yaratgan buyuk olimimiz akademik 
N.S.Kurnakovning (1860-1941) ko‘p jihatdan butun dunyo fani 
oldidagi hizmatlari juda kattadir. Minerallar termik analizining 
yaratilishi ham N.S.Kumakov nomi bilan bog‘liqdir.
Tabiiy obyektlami tekshirish bilan bir qatorda tabiatda 
uchraydigan birikmalami sintez qilish sohasida ham eksperimental 
tadqiqot ishlari olib borildi. XVIII asrdayoq minerallar sun’iy y o i 
bilan olina boshlangan edi, lekin minerallar sintezi sohasida 
sistematik tajribalar faqat XIX asming o‘rtalarida o4kazila boshladi 
(G.Dobre, F.Fuke va boshqalar). Rus olimi X.D.Xrushchov esa bu 
sohada katta yutuqlarga erishdi.
Shunday qilib XIX asr ohirlari va XX asr boshlari asosan 
kristallografiya, fizika ham fizik-kimyo fanlari sohasida erishilgan 
bir qancha katta yutuqlar bilan nishonlandi. D.I.Mendeleyevning 
davriylik qonuniga asoslangan shu kashfiyotlar hozirgi zamon fani 
erishgan buyuk kashfiyotlarga olib keldi.
U rasmiy fan sifatida XIX asrda rivojlana boshlagan. Fanning 
rivojida uning asoschisi M.Y.Lomonosov, bundan tashqari Sharq 
mamlakatlari bir qancha olimlari ham katta hissa qo‘shishgan. 
Jumladan Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida Yer 
sayyorasi haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. 
Geologiya -
yer
20


haqidagi kompleks ilm bo‘lib, uning tuzilishi, rivojlanishi, turli xil 
geologik protsesslarini o‘rganadi.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish