– 58 –
5-savol
Ifloslangan suvni ichish quyida keltirilgan ka-
salliklarni keltirib chiqarishi mumkinmi?
Har bir qatorda “Ha” yoki “Yoq”ni aylanaga oling.
Ifloslangan suvni ichish quyida keltirilgan
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinmi?
Ha yoki Yo‘q?
Diabet
Ha / Yo‘q
Diareya
Ha / Yo‘q
OIV yoki OITS
Ha / Yo‘q
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun biologiya fanidan yuqumli kasalliklar va ularning
yuqish yo‘llari haqidagi bilimlarni yodga olish kerak:
diabet kasalligi yuqumli emas, u or-
ganizmda moddalar almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladi; diareya – yuqumli
kasallik, ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqsa, OIV/OITS
ifloslangan suvni
ichish orqali yuqmaydi.
Agar o‘quvchilar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javobni belgilashsa, javob to‘liq
qabul qilinadi (1 ball): Yo‘q, Ha, Yo‘q.
Boshqa javoblar belgilansa yoki javob umuman yo‘q bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball)
.
Mazkur topshiriq orqali o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasi baholanadi.
6-savol
Quyidagi ma’lumotlarga qanchalik darajada qiziqasiz?
Har bir qatorda faqat bitta katakni belgilang.
Juda qiziq
Qiziq
Unchalik
qiziq emas Qiziq emas
a)
Suv bakteriyalar bilan
ifloslanganligini
qanday
tekshirilishini bilish
1
2
3
4
b)
Suv zaxiralarini kimyoviy
usulda qayta ishlash haqida
ko‘proq bilib olish
1
2
3
4
c)
Ichimlik
suvi orqali qaysi
kasalliklar yuqishini bilib
olish
1
2
3
4
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan munosabati, ya’ni fanga
qiziqishini aniqlashga qaratilgan.
– 59 –
Genetik modifikatsiyalangan (GM) makkajo‘xori
taqiqlanishi kerak
T
abiatni muhofaza qilish tashkiloti genetik modifikatsiyalangan
makka jo‘xorini taqiqlashni talab qilmoqda.
GM makkajo‘xori maxsus yaratilgan bo‘lib, kuchli gerbitsid
makkajo‘ xorining oddiy navlariga ta’sir etadi, ularni nobud qiladi, ammo
bunday navga ta’sir etmaydi. Yangi gerbitsid makkajo‘xori dalalarida o‘suvchi
ko‘pgina begona o‘tlarni yo‘qotishga mo‘ljallangan.
Tabiatni muhofaza qilish tashkiloti a’zolarining
aytishlaricha, begona
o‘tlar mayda hayvonlar, ayniqsa, hasharotlar uchun ozuqa bo‘lganiligi sababli makkajo‘xori
ekilgan maydonlarda yangi gerbitsidning qo‘llanilishi atrof-muhitga ziyon keltiradi.
GM makkajo‘xori tarafdorlarining aytishlaricha, ilmiy tadqiqotlar bunday holat sodir
bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Yuqoridagi maqolada tilga olingan ilmiy tadqiqot bo‘yicha batafsil ma’lumotlar
quyida
keltirilgan:
►
Butun mamlakat hududidagi 200 ta dala maydoniga makkajo‘xori ekilgan.
►
Har bir dala ikkita qismga ajratilgan. Dalaning bir qismiga kuchli yangi gerbitsid
bilan ishlov berilgan genetik modifikatsiyalangan makkajo‘xori, ikkinchi qismiga esa oddiy
gerbitsid ta’sir ettirilgan oddiy makkajo‘xori navi ekilgan.
►
Yangi gerbitsid bilan ishlov berilgan GM makkajo‘xorida aniqlangan hasharotlar soni
oddiy gerbitsid bilan ishlov berilgan oddiy makkajo‘xoridagi hasharotlar soniga deyarli teng
bo‘lgan.
2.9.
GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN OZUQA
– 60 –
1-savol
Makkajo‘xori butun mamlakat hududidagi 200 ta
dala maydoniga ekilgan.
Olimlar nima sababdan
bittadan ortiq daladan foydalanishgan?
А Bunda ko‘pchilik fermerlar yangi GM makkajo‘xorini sinab ko‘rishlari
mumkin
В Ular qancha GM makkajo‘xorini o‘stirishlari mumkinligini ko‘rish
uchun
С GM makkajo‘xorini imkon qadar ko‘proq dala maydonlarida o‘stirish
uchun
D Makkajo‘xori yetishtirishning har xil sharoitlarini tekshirish uchun
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biror-bir muammoni ilmiy tadqiq
etish uchun tajriba o‘tkazishni bilishlari kerak. Tadqiq etilayotgan obyektga turli omillar-
ning ta’sirini o‘rganish uchun tajriba keng miqyosda o‘tkaziladi. Makkajo‘xori yetishtirishda
turli omillarning ta’sirini aniqlash maqsadida ekin ko‘p sonli dalalarga ekilgan.
Agar o‘quvchilar to‘g‘ri javob sifatida «D Makkajo‘xori yetishtirishning
har xil sharoit-
larini tekshirish uchun”ni belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Boshqa javoblar
yoki javob yo‘q bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: